R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95


UKS protokollar stekining mobil ilovalari



Yüklə 8,17 Mb.
səhifə51/118
tarix21.10.2023
ölçüsü8,17 Mb.
#159429
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   118
02 ИСАЕВ устоз МАТ китоби

UKS protokollar stekining mobil ilovalari

1988 yilda UKS stekiga mobil aloqani rivojlanish jarayonida yaratilgan MAP (Mobile Application Part) protokolining birinchi turi qo‘shilgan. Shuningdek boshqa protokol CAP (CAMEL Application Part) bilan ham UKS7 stekida shunday amal bajarilgan. Shuningdek MAP protokolini vazifasiga aynan o‘xshash bo‘lgan, Shimoliy Amerika uchun ishlab chiqilgan ANSI-41 protokoliga nisbatan haqqoniydir va 5.4-rasmda keltirilgan UKS7 protokollar stekini xuddi o‘sha sathida joylashadi. MAP va ANSI-41 axborotlari quyida joylashgan sathlarning MTP1, MTP2, MTP3, SCCP va TCAR protokollari bilan transportlanadi va inkapsulyatsiyalanadi.


MAP protokoli MSC, BTS, BSC, HLR, VLR, EIR, MS, shuningdek SGSN/GGSN ni GPRS (General Packet Radio Service)ga o‘xshagan harakatdagi aloqa tarmog‘ini (HAT) tarmoq komponentlari orasidagi amallarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. GSM ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, kommutatsiyalash nimtizimlari uchun MAP ni beshta ilovalari (MAP-MSC, MAP-VLR, MAP-HLR, MAP-EIR, MAP-AuS) va BSC bazaviy stansiyani nazorati uchun BSSAP (BSS Application Part) ilovasi aniqlangan.
MAP protokolining modeli. Bu ishlab chiqilma uchun asos harakatdagi aloqa tarmog‘ining modeli xizmat qiladi (5.4-rasm), ya’ni bir kommutatsiyalash markazidan boshqasiga chaqiriqqa (xendover) xizmat ko‘rsatish bilan boshqarishni o‘tkazish usulini va harakatdagi aloqani turli tarmoqlari orasida abonentlarni mobilligini ushlab turuvchi MAP protokoli tavsiflaydi.
Harakatdagi aloqa tarmoqlarida tarmoqning maxsus xabarisiz abonentni turgan o‘rni jiddiy ravishda o‘zgarishi mumkin, masalan, abonent aeroportda o‘zining mobil telefonini o‘chirishi mumkin va bir necha soatdan so‘ng uni boshqa davlatning HATda yoqishi mumkin. Mobil abonentlarga chaqiriqlarga kiruvchilar uchun abonentni turgan o‘rni va mobil telefoni raqami orasida bevosita aloqa mavjud emas.
Chaqirilayotgan abonentning mobil terminaliga chaqiriqni uzatishni tashkil etishdan oldin, haqiqiy vaqtda uni turgan o‘rni haqidagi axborotni va boshqa xizmat axborotni olish zarur. Shuning uchun bunday chaqiriqlar, chaqiriqqa va/yoki aloqa seansiga bevosita taalluqli bo‘lmagan, katta sonli xizmat signallarini almashishni talab qiladi.



5.4-rasm. Ikkita UFT va HAT abonentlari orasida chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatishni boshqarish modeli




    1. Yüklə 8,17 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin