Sinxronizatsiya aniqligi. Shunday savol tug‘ilishi mumkinki, oqimlar o‘rtasidagi kechikishning qanday qiymatini e’tiborga olmasa ham bo‘ladi? Bu savolga javob juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘ladi, shu jumladan nima sinxronlayotganiga va qanday maqsadda sinxronalayotganiga bog‘liq. Masalan, tovushni va tasvirni sinxronlash yetarlicha qat’iy bo‘lmasligi va videoning sifati hamda freymlarning tezligiga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin, ayni paytda tovush oqimlarini sinxronlash juda ham aniq bo‘lishi kerak. Tovush va tasvirni sinxronizatsiyalashda bir necha o‘nlab milli sekund aniqlik yetarli hisoblanadi. Video konferensiyalarni o‘tkazish bilan bog‘liq tajribalar 80…100ms tartibdagi chegaraviy qiymatni beradi, uning bu qiymatdan oshishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Uzatilayotgan tasvirning sifati oshganda bu chegara kamayadi.
Nazorat savollari Telefon aloqada signalizatsiyaning vazifasi nimadan iborat?
Signalizatsiyaning qanday turlari bor?
Ajratilgan signalli kanal haqida tushuncha bering.