Loyiha xujjatlari quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi kerak:
telekommunikatsiya qurilmalari va liniya inshoatlarining hajmi;
xizmatlar, foydalanuvchilarning har bir toifasi uchun axborotni yetkazib berish sinflari, o‘tkazish oralig‘iga extiyoj;
qurilmaning ishlash rejimi;
qurilmani nomenklaturasi, yuzi va joylashtirish;
Telekommunikatsiya qurilmasi va liniya inshoatlarining hajmini hisoblash usuli quyida keltirilgan. Hisoblashning asosi yuklama, paketli texnologiyali tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifati va axborotlarni yetkazib berish, taqdim etilayotgan xizmatlar ro‘yxati hisoblanadi.
Kirish shlyuzlarining (AGW) miqdori va sig‘imi abonentlar tarkibini, talablar miqdori va taqdim etilayotgan xizmatlarni hisobga olgan holda hisoblanishi kerak.
Paketli tarmoqlarda multimedia li axborotlarni eltib berish sifatining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardir:
virtual ulanishni o‘rnatish vaqti;
multimedia li axborotlarni eltib berishning o‘rtacha kechikishi;
paketlarni yuqolish ehtimolligi.
Ulanishni o‘rnatish vaqti - bu raqamni tergandan keyingi kechikish (Call Set up Time):
mahalliy ulanish - 3 sekunddan kam;
shaharlararo ulanish - 5 sekunddan kam;
xalqaro ulanish - 8 sekunddan kam.
IP – paketlarni “uchidan - uchigacha” ko‘chirishning (bir yo‘nalishda) va yo‘qolgan IP-paketlar ulushining o‘rtacha kechikishlarqiymati Y.1541 tavsiyalardan olinishi mumkin.