R. I. Nurimbetov, S. I. Ahmedov


 ISHLAB CHIQARISHDA MENEJMENTNING FUNKSIYASI



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/53
tarix18.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#84839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
1.4. ISHLAB CHIQARISHDA MENEJMENTNING FUNKSIYASI, 
TURLARI VA SAVIYALAR1
Boshqaruv tashkilotning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishi 
uchun yo‘naltirilgan jarayondir. Bu boshqaruv faoliyatini ketma-ket 
bajarish jarayoni bo‘lib, korxonaning bir qator ishlab chiqarish va 
ijtimoiy masalalarini yechish va ularni amalga oshirish uchun zarur. 
Bu harakat boshqaruv funksiyalariini bajarish deb ataladi.
Ishlab chiqarish jarayonida sexlararo ma’lum ishlab chiqarish 
munosabatlari va bevosita mahsulot ishlab chiqaruvchilar, boshqaruv 
xodimlari va ishlab chiqarishni tashkil etish faoliyati qatnashchilari 
orasida o‘zaro boshqaruv munosabatlari o‘matiladi.
Tayinlangan harakatlar bajarilishi uchun oqilona taqsimlangan, 
vaqt va fazoda o‘zaro bog‘liq funksiyalar, usullar va boshqaruvni 
tashkil etish tuzilmasidan foydalaniladi.
Ishlab chiqarishni boshqarish funksiyalari turlichadir. Ular har 
xil obyektlar, faoliyatlar va maqsadlarga tegishli bo‘ladi. Boshqaruv 
funksiyalarini quyidagi belgilar orqali tasniflash mumkin:
• boshqarilayotgan obyekt belgilari bo‘yicha: korxona, sex, 
uchastka, brigada, agregat (ishchi).
• faoliyat belgisi bo‘yicha: iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy.
• bir xillik belgisi bo‘yicha: umumiy maxsus.
• mehnat mazmuni bo‘yicha: ilmiy tadqiqot, ishlab chiqarishni 
tayyorlash, tezkor boshqaruv, ta’minot va sotish, texnik- 
iqtisodiy rejalash va tahlil, buxgalteriya hisobi, xodimlami 
boshqarish, mehnatga haq to‘lash va rejalash.
• masala xarakteri bo‘yicha: rejalashtirish, tashkil etish, tartibga 
solish, nazorat, tahlil va hisob, takomillashtirish.
• qarorlaming davriyligi bo‘yicha: bir marotaba, ma’lum vaqtda 
takrorlanuvchi.
Ishlab chiqarishning asosiy boshqarish funksiyalariga quyidagilar 
kiradi: tashkil etish, me’yorlashtirish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish, 
motivatsiya, nazorat va tartibga solish.
14



Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin