R. Tilayev O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə13/95
tarix25.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#194920
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   95
«tasdiqlayman» Pedagogika fakulteti dekani E. R. Tilayev-fayllar.org

Iroda Abdukomilova,
Bekobod tumani
— Ayrim ota-ona farzandining qiziqishiga kam eʼtibor berishi bois muammoli holatlar yuzaga keladi, — deydi Yoshlar ishonch markazining psixolog-maslahatchisi ­Shohista QOʻChQOROVA. — Koʻp hollarda bola oʻzini yolgʻiz, keraksiz, deb his qiladi. Kattalarning daldasiga, suyanchiga muhtoj boʻladi. Sababi, bola tarbiyasida aksariyat ota-ona yaxshi xulq-atvorni inobatga olmaydi.
Farzandining maqtovga loyiq baʼzi ishlariga eʼtibor qilmay, koʻpincha yomon harakatlarini baholaydi. Dakki berib, jazolashni afzal koʻrishadi. Tarbiyada har kimning oʻz pozitsiyasi bor, albatta. Hamma ham bolasini yaxshi boʻlsin deydi, koyishi ham shu niyatda, aslida. Biroq bolaning fikri, xohish-istaklarini ham unutmaslik zarur.
Bola oʻzini yolgʻiz sezmasligi uchun tarbiya jarayonida bir nechta jihatlarga eʼtibor qaratish zarur. Avvalo, bola osoyishta muhitda voyaga yetishi kerak. Agar ota yoki onada stress, asabiylashish holatlari kuzatilsa, bu bolaga ham taʼsir oʻtkazadi.
Farzanddagi xulq-atvor ijobiy boʻlishi uchun, birinchi navbatda, unga nisbatan munosabatni oʻzgartirish, hadeb ayblayvermaslik kerak. Kamchiliklarini yuziga solish, «uni qila olmading, buni eplay olmaysan» qabilida gapirish yaxshi emas. Shunchaki, boladagi yomon xulqni yaxshiga almashtirishiga ozgina ruhiy dalda, ragʻbat berish kifoya. Undagi oʻrnak boʻlarli jihatlarni koʻrsating, toki oʻz aksini yaxshi fazilatlari orqali koʻrsin.
Shuni unutmaslik kerakki, jahl bolaga yomon taʼsir qiladi. Gʻazab bilan uni hech qachon tarbiyalab boʻlmaydi, bu unda, qaytaga, jazava uygʻotadi. Atrofdagilarga nisbatan salbiy munosabatda boʻlishga olib keladi. Bola xulqiga nisbatan ota-onada paydo boʻladigan stress va gʻazab, aslida ularni oʻziga nisbatan cheklovdan dalolat beradi. Oqibatda boladan alamlarini olishga urinadi. Har qanday holatda ham kattalar gʻazabini jilovlashi, bolaning ongi, begʻubor qalbini inobatga olib, muomalada boʻlishi lozim.
Kuzatuvchanlik bunday paytlarda qoʻl keladi. Bola nima ish bilan shugʻullanishi boshqa masala, biroq u oʻzini qay vaziyatda qanday tutishi, toʻgʻri qaror chiqara oladimi yo yoʻqligini ota-ona eʼtibordan chetda qoldirmasa bas. Farzanddagi xislatlarga baho berishda koʻpincha ota-ona oʻzlari yoqtirgan jihatlarni axtaradi. Bu esa ulardagi asl ijobiy va salbiy xulqni ajratishda kishini adashtiradi.
Shu bois boladagi mavjud xarakterga xolis qarash, ijobiy xulqini maqtab turish orqali unda ayni shu feʼl saqlanib qolishiga erishiladi. Iloji boricha farzand bilan koʻproq vaqt birga boʻlishga harakat qilish, oʻzaro yaqinlik sari muhim qadamdir. Ota-ona doim bola uchun oʻrnak boʻladi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin