2. Kontrmadaniyat - qarama-qarshilik asosida rivojlanadigan va unga javob
tariqasida yuzaga keladigan madaniyat qadriyatlaridir.
8.MA`RUZA
8-mavzu: Tarbiya darslarida o`quvchini o`z ustida ishlash jarayoni (1-4sinf tarbiya darsi).
Reja
O`quvchilarda ijtimoiy faollik ko`nikmalarini shakllantirish.
O`quvchilarda jismoniy va intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish.
O`quvchilarda ijtimoiy faollik ko`nikmalarini shakllantirish
Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o‘z-o‘zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo‘lgan eng muhim va umumiy xususiyat - bu uning faolligidir.
Faollik (lotincha ―actus‖ - harakat, ―activus‖ - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha xatti - harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Bu - o‘sha oddiy qo‘limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog‘liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg‘onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo‘lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o‘z-o‘zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi. Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashqi - muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy - motor harakatlar mujassam bo‘ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz? Agar o‘ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi etakchi faoliyat aqliy bo‘lgani bilan uning peshonalari, ko‘zlari, xattoki, tana va qo‘l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to‘xtamga kelolmayotganidan, yoki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat his qilayotganligidan darak beradi. Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga oshirayotgan - misol uchun, uzum ko‘chatini ortiqcha barglardan xalos etayotgan bog‘bon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u qaysi bargning va nima uchun ortiqcha ekanligidan anglab, bilib turib olib tashlaydi.
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:
A. Tashqi faollik - bu tashqaridan va o‘z ichki istak-xoxishlarimiz ta‘sirida bevosita ko‘rish, qayd qilish mumkin bo‘lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo‘ladigan faollik.
B. Ichki faollik - bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim o‘zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya‘ni aslida ko‘rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘z ichiga oladi.
Misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilaylik: uzoq ayriliqdan so‘ng ona o‘z farzandi visoliga etdi. Tashqi faollikni biz onaning bolasiga intilishi, uni quchoqlashi, yuzlarini siylashi, ko‘zlaridan oqqan sevinch yoshlarida ko‘rsak, ichki faollik - o‘sha ko‘z yoshlarini keltirib chiqargan fiziologik jarayonlar, ichki sog‘inchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta‘siri), ko‘rib idrok qilgandagi o‘zaro bir-birlariga intilishni ta‘minlovchi ichki, bir qarashda ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydigan emotsional holatlarda namoyon bo‘ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvohi bo‘lsak ham, uni ifodalagan rasmni qursak ham, 10 taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin. Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda har bir konkret shaxsga va uning ehtiyojlariga bog‘liq bo‘lib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, shaxsning jamiyat bilan bo‘ladigan murakkab va o‘zaro munosabatlarining oqibati hisoblanadi.
Inson faolligi ―harakat‖, ―faoliyat‖, ―xulq‖ tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o‘zligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bo‘lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya‘ni, faoliyat - inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli- tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o‘z-o‘zini o‘zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o‘ziga xos faollik shaklidir. Bu - yosh bolaning real predmetlar mohiyatini o‘z tasavvurlari doirasida bilishga qaratilgan o‘yin faoliyati, bu - moddiy ne‘matlar yaratishga qaratilgan mehnat faoliyati, bu - yangi kashfiyotlar ochishga qaratilgan ilmiy - tadqiqotchilik faoliyati, bu - rekordlarni ko‘paytirishga qaratilgan sportchining mahorati va shunga o‘xshash. Shunisi xarakterliki, inson har daqiqada qandaydir faoliyat turi bilan mashg‘ul bo‘lib turadi. Ijtimoiy faollik kishilarning ijtimoiy voqelikning biror bir sohasidagi fikrlari, his-tuyg‘ulari va hatti-harakatlarini jamlashga jamiyat hayotiga baho berishga va shu asosda ijtimoiy voqelikning tegishli tomonlarini o‘zgartirishga ta‘sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda «ijtimoiy faollik»-shaxsning har sohadan xabardorlik, komillik darajasini ko‘rsatuvchi mezon, deyish mumkin. Ijtimoiy faolikka intilib yashashning o‘zi g‘oya hisoblanadi. Uning mazmunini esa jamiyat ma‘naviy yuksalishini ta‘minlaydigan bilim, odob axloq, iste‘dod, qobiliyat, ijobiy ko‘nikma va malakalar, bular asosida shakllangan dunyoqarashlar majmui tashkil etadi. Yoki aniqroq aytsak, ijtimoiy faollik shaxs ma‘naviyatini kamolot sari etaklovchi, barcha ijobiy mazmunga ega sifatlarni o‘zida mujassam etgan, ijtimoiy taraqqiyotni ta‘minlashga xizmat qiladigan g‘oyalar majmuidan iborat. Bo‘lajak o‘qituvchi talabaning ijtimoiy faolligi shaxs sifati bo‘lib, jamiyat ravnaqi yo‘lidagi g‘oyaviy, siyosiy, kasbiy-madaniy va fuqarolik mas‘uliyatining qonuniy ifodasidir. har bir bo‘lajak o‘qituvchi o‘z faniga oid ilmiy bilimlarni egallash bilan bir qatorda jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini, mamlakatda yuz berayotgan o‘zgarishlarni anglab etishi, g‘oyaviy jihatdan qurollangan bo‘lishi ham talab etiladi.
Talaba-yoshlarni I.A.Karimov asarlarida bayon qilingan ijtimoiy faol va raqobatbardosh, kadrlar tayyorlashga oid nazariy g‘oyalar, sharq mutafakkirlarining barkamol inson tarbiyasiga oid qarashlari, shuningdek, «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonun «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ma‘naviy jihatdan shakllantirish ularga kasbiy bilimlar berish o‘qituvchi kasbiga tegishli malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish jarayoni bilan uzviylikda olib boriladi. Bu uzviylik pedagogika fanlari hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi mazmunidagi o‘zaro aloqador xususiyatlarga bog‘liq. Demak, talaba-yoshlarni tarbiyalashda pedagogika oliy o‘quv yurtlari oldida turgan muhim vazifa hozirgi davr talabiga javob bera oladigan, erkin fikrlaydigan, o‘z fanini chuqur biladigan, kasbiy mahorati kuchli, tashabbuskor, dunyoqarashi keng, ijtimoiy faol, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat. Buning uchun Kadrlar tayyorlash milliy modeli asosida ijtimoiy faol o‘qituvchi shaxsini shakllantirish mexanizmini quyidagi jadval ko‘rinishida belgilashni maqsadga muvofiq deb topdik.
Ijtimoiy faollik sifatlarining asosiy elementlarini o‘ziga singdirib olgan har bir talaba yosh, bo‘lajak mutaxassis sifatida xayot qonuniga mas‘uliyat bilan yondashib, ijtimoiy-iqtisodiy voqelikni aniq idrok etishga, o‘zi va kasbdoshlarining sha‘ni va qadr-qimmatini himoya qilishga, ezgu maqsad yo‘lidagi to‘siqlarning hech biridan cho‘chimay engib o‘tishga tayyor bo‘ladi. Ya‘ni, demokratik xuquqiy davlatning shakllangan ijtimoiy faol fuqarosiga aylanadi. tula bilimlarga tomon xarakat kilish sifatida soodir bo‘ladi. Bilish tevarak-atrofdagi odamning narsa va xodisalarni xissiy idrok kilishdan boshlanadi. Tashki olamning sezgi, idrok va tasavvurning xosil bulishiga olib keladi, bular real borlikdagi narsalarni inson ongida aks ettiradi. Tevarak-atrofdagi olamga muvaffakiyatli ta‘sir etish uchun bu olam rivojlanishining ob‘ektiv konuniyatlarini bilish kerak. Fakat xissiy bilish yordamidagina bu konunlarning moxiyatini tushunish mumkin emas. Abstrakt tafakkur tabiat va jamiyat xayoti rivojlanishining ob‘ektiv konunlarini bilishga xizmat kiladi. Abstrakt tafakkur xissiy bilish axborotlarini umumlashtirib, narsa va xodisalardagi hamma muxim bulmagan tasodifiy tomonlardan uzoklashadi hamda narsa va xodisalarning moxiyatiga kirib borib, ularning rivojlanishidagi umumiy konuniyatlarni ochib beradi. Umumlashtirish natijalari fan tushunchalari va konuniyatida ifodalanadi. Ularning xakikiyligi amaliyotda tikshiriladi, amaliyot bilimlarning xakikiyligini kursatuvchi oliy mezondir. Birok olimning xali noma‘lum bulgan sirlarini bilishi bilan, yoshning fanlar soxasida bayon kilingan bilimlarni bilishi urtasida katta fark bor, ya‘ni olim yangilikni kashf kiladi, yosh esa tayyor sinalgan bor bilimlarni o‘zlashtiradi. Yoshlarning bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni uziga xos xususiyatlarga ham egadir. Avvalo bu o‘zlashtirish bu o‘zlashtirib olish o‘qituvchi raxbarligida bo‘ladi va shuning uchun tugri yul bilan amalga oshiriladi. Bu o‘zlashtirish insonning borlikni bilib olish jarayonida uchraydigan egri-bugri yullar va yanglishuvlarni chetlab utib, ancha kiska yul va muddatda ruy beradi.
Yoshlar o‘qib, o‘quv fanlarining mazmunini o‘zlashtira borib, ob‘ektiv olamni bilib boradilar. Ular ilmiy bilimlarning hammasini emas, balki ularning «fan asoslari» deb ataladigan bir kisminigina o‘zlashtirib oladilar. Ma‘lumki, odam muayyan bilim, kunikma, malaka xosil kilish uchun xulk-atvor shakllarini ham urganib olishi uchun, ijtimoiy tajribalardan tashkil topgan malakalarning asosiy xajmini egallab olish uchun u o‘quv-tarbiya tizimining turli soxalari bilan mashgul bulmogi va bu ishlarga jalb etilmogi kerak. Bunday xodisalarda tegishli bir mazmunni o‘zlashtirib olish bir-biri bilan alokador bulgan ikki jarayon: ta‘lim olish va o‘qitish jarayonining natijasi sifatida zikr etiladi. Fan-texnika tarakkiyoti hamda uzluksiz ta‘lim olish goyasi amalga oshirilayotgan bir sharoitda ta‘lim inson sotsial faolligining predmetli faoliyatning sub‘ekti hamda ijtimoiy tarakkiyotning faol ishtirokchisi sifatida uzini doimiy ravishda kamolga etkazishga karatilgan faol sotsial faoliyatning mustakil shakli sifatidan kuprok ahamiyat kasb eta boradi.
Ta‘limda ko‘prok so‘zlar-tushunchalar shaklida ifodalangan umumlashtirilgan bilimlar o‘qituvchi tomonidan bayon etiladi, yoshlar tomonidan esa bu bilimlar idrok qilinadi, o‘zlashtiriladi, real narsalarni idrok qilish esa bunda yordamchi rol o‘ynaydi. Yoshlar ta‘lim jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab oladilar. Bilimlarda ob‘ektiv olam umumlashtirilgan xolda aks ettiriladi. Bilimlarni o‘zlashtirish faktlar, tushunchalar va qonuniyatlarni o‘rganishni nazarda tutadi. Yoshning bilimlari to‘la bo‘ulishi, uning bilimlar tizimini egallab olishi juda muximdir, bu bilimlar tizimida faktik materialni bilish uning mantiqiy jixatdan to‘g‘ri deb topilgan tuzilishi va umumlashtirilishi bilan qo‘shilib ketadi. Xar kanday ta‘lim, ayniksa ishlab chiqarish ta‘limi, faqat tasavvur va tushunchalar tizimining xosil bo‘lishi bilan cheklanishi mumkin emas. Ishning qanday bajarilishi ham etarli emas. Uni bajara bilish kerak. Ko‘nikma va malakalar istalgan mexnat turida bilimlarni egallash va ulardan foydalanishga xizmat kiladi.
Ko‘nikma – kishining ma‘lum bir xarakatlarni ongli ravishda bajarish kobiliyatidir, bu kobiliyat bilimlar va eng oddiy tajriba asosida xosil kilinadi. Bilimlar bajarilayotgan xarakatning nazariy asosi xisoblanadi. Bilimlar tufayli xarakatlarning ayrim boskichlari va ularning ketma-ketligi tushunarli bo‘ladi. Ko‘nikmalar – bu amaldagi bilimlardir. Ko‘nikmalarning turlari juda xilma- xildir.
Malaka – mashk kilish yuli bilan xosil bo‘ladigan ish-xarakatdir. Mashq qilish natijasida yurish, o‘qish, yozish, og‘zaki hisoblash, xilma-xil mexnat operatsiyalarini bajarish malakalari hosil qilinadi. Yosh xarakatni bajarishning muayyan usullarini egallab oladi va bu ishni guyo ongning nazoratisiz, avtomatik tarzda bajaradi. Masalan, mexanizmni yigish uchun operatsiyalar ketma- ketligini tasavvur qilish, keraqli asbobni tanlash lozim. Agar xarakat odatdagi bir xarakatga aylansa, u ongning zoxiriy ishtirokisiz bajariladi. Masalan, detalni kiskichga kisish yuzasidan kilinadigan xarakatlarni kup marta takrorlash ishchini xar doim bu xarakatning ketma-ketligini uylab kurishdan ozod kiladi. Ishning mazmuni, shakli uzgargandagina odatdagi sharoitlari uzgargandagina ishchining ongi ishga kirishadi.
Individda jamiyat tomonidan usha predmetlardan foydalanish yuzasidan kabul kilangan usullarning psixik mexanizmlari shakllantirilgan bulmogi lozim. Agar o‘quv faoliyati ma‘naviy madaniyat mazmunini egallab olishga karatilgan bulsa, unday xollarda individning shaxs ongida tegishli mazmunni kayta tiklash uchun zarur bulgan mukammal xarakat va operatsiyalarni egallab olmogi muximdir. Chunki, tadkikotlarning ko‘rsatishicha, tevarak atorfdagi vok‘elikning in‘ikosi inson bilan uning faoliyati jarayonida ob‘ektiv reallik obrazini kishi ongida faol shakllantirishdan iborat bo‘ladi. O‘quv faoliyati o‘z navbatida bir kancha komponentdlardan tashkil topadi. Ularni shartli ravishda kuzgovchi, programma-maksadli, xarakat-operatsion hamda nazorat kiluvchi- muvofiklashtiruvchi komponent deb atalishi mumkin bulgan strukturali komponentlarga ajratish mumkin. Qo‘zgovchi komponent bilishga bo‘lgan ehtiyojlarni ana shu boisda shakllantirilgan o‘quv motivlarini o‘z ichiga oladi. Yangi bilimlar olish extiyoji motiv sifatida kizikish kurinishida bulishi mumkin. Xar kanday faoliyatning, shu jumladan, o‘quv faoliyatining asosida ham kuzgatuvchi komponent yotadiki, u barcha komponentlarga, ularning kechish dinamikasi va xosil qilinadigan pirovard natijaga ham bevosita ta‘sir kursatadi.
O‘quv faoliyati programmali-maksadli komponentning asosiy elementi sifatida maydonga chikadi, anikrog‘i, o‘sha faoliyatning ideal tarzdagi pirovard natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quv maksadining mazmuni hamda uning shakllanish jarayoni, avvalo, bir kator vaziyatlarni yoshlar tomonidan to‘la anglab etilishi bilan belgilanadi. Yoshning o‘quv faoliyati asosida yotgan motivlarni, konkret sharoitda o‘quv vaziyati konkret bilim olish sharoitida hamda o‘z faoliyatini muvaffakiyatli tarzda amalga oshirish uchun zarur kunikma va malakalarga konkret o‘quv sharoitida kuyiladigan talablarni aloxida ajratib kursatish lozim. O‘z oldiga aniq maqsad qo‘yish – o‘quv faoliyatini kengaytira borishdagi muxim bosqichdir. Pirovard natijada mo‘ljallangan aniq maqsadga erishish uchun xarakat dasturini ishlab chiqish, bunday maqsadning asosini tashkil qiladi.
Xarakatli-operatsion komponenti o‘quv faoliyatidagi xatti-xarakat va operatsiyalarni uzida mujassamlashtiradi. Bunday xatti-xarakat davomida ilgari tuzib chikilgan dastur amalga oshiriladi. O‘quv faoliyati strukturasida pertseptiv, mnemonik, predmetli, nutkli va aqliy faoliyat xarakatlarini ajratib kursatish mumkin. O‘quv faoliyatining tarkibi, avvalo, o‘quv materialining mazmuni, o‘quv faoliyatining maksadi, yoshlar tomonidan o‘quv ishlari usullarining egallab olish darajasi muayyan pedagogik vaziyatda yoshning munosabati bilan belgilanadi. Operatsiyalar o‘quv faoliyatini amalga oshirish usuli xisoblanadi. N. F. Talizina ta‘kidlab utganidek, operatsiyalarni izchil bajara borish faoliyat jarayonini tashkil etadi. O‘quv faoliyatini amalga oshirish usullari karab chikilar ekan, bu erda E. N. Kabanova – Meller fanga kiritgan o‘quv ishining usuli degan tushuncha bilan tanishib chikish maksadga muvofikdir. O‘quv ishining usuli – bu bir kator o‘quv xarakatlarining yigindisi bulib, ular muayyan bir tizimga birlashadi. Mazkur tizimning ishga solinishi qo‘yilgan o‘quv maksadiga erishishni ta‘min etadi.
A.G.Kovalevning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham ob‘ekti, ham sub‘ektidir.
A.N.Leontev ushbu masalaga boshqacharoq yondashib, unga shunday ta‘rif beradi: shaxs - bu faoliyat sub‘ektidir.
K.K.Platonovning talqiniga binoan: jamiyatda o‘z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a‘zosi shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan
S.L.Rubinshteyn ta‘rificha, shaxs - bu tashqi ta‘sirlar yo‘nalishini o‘zgartiruvchi ichki shart- sharoitlar majmuasidir.
Dostları ilə paylaş: |