amaldagi iyerarxiya pozitsiyasiga erishishdan emas, balki dasturda ko‘zda tutilgan maqsadga erishish pozitsiyasidan qaraladi. Bunda asosiy e ’tibor alohida boiinm alar ishini takomillashtirish bilan birgalikda, maqsadli dastumi samarali bajarilishini bajarish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida faoliyatning barcha 58
turlari integratsiyasiga qaratiladi. Shuning bilan birgalikda dastur rahbarlari dastumi amalga oshirish va ularni sozlash, boshqarish funksiyalarini sifatli bajarishga m as’uliyatlidirlar. Chiziqli boshqarishga mos holda (vertikal b o‘yicha) tashkilot faoliyatining alohida doiralari bo‘yicha boshqarish tashkil etiladi: ITTKI (N IO K R ), ishlab chiqarish, sotish, ta’minot va boshqalar. Dasturli boshqarish dastur maqsadlariga o ‘z vaqtida erishish va uning barcha aloqalarini moslash uchun javobgar bo'lgan maxsus tayinlangan rahbar orqali amalga oshiriladi. Shuning bilan birgalikda oliy darajadagi rahbar joriy masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishdan ozod etiladi. Uning natijasida o ‘rta va quyi darajalarda operativ boshqarish va aniq operatsiya va tartibni bajarish sifatiga javobgarlik kuchaytiriladi, ya’ni aniq belgilangan dastur bo'yicha ishlami tashkil qilish bo'yicha maxsus bo'linmalar rahbarlarining mas’uliyati oshiriladi. Matritsali strukturada dastur rahbari unga bevosita bo‘ysunuvchi mutaxassislar bilangina ishlamaydi, balki aniq dastur b o‘yicha bajariladigan asosiy ishlami belgilaydi. Chiziqli rahbarlar u yoki bu ishni kim bajarishini belgilaydi. Boshqarishni matritsali tashkiliy tuzilishi asosan bir qator yangi murakkab buyumlar yaratishni qisqa muddatlarda, texnologik yangiliklarni tatbiq qilishda va bozorning