munosabatlar qay tarzda yuz berishiga bog‘liq b o‘ladi. Boshqaruv rahbarlari boshqarishni qulay tashkil qilishda ma’lum darajada hokimiyat (vlast)ga ega bo‘lishi kerak. Boshqaruv tizimida rahbarning faoliyatiga alohida o ‘rin berilib, ularga o ‘z faoliyatlarini amalga oshirish uchun huquqlar berilib, bunda ularning funksiyalari va m as’uliyati uchta toifaga um umiy taqsimlangan. Menedjmentda rahbarlar 3 ta iyerarxiya darajasiga ega b o‘lib, ular quyi, o ‘rta, oliy bo‘g ‘inlaridir. U lam ing hokimiyatlari shtat jadvali orqali belgilangan bo‘lib, u tashkilot kadrlari tizimining rasmiy asosini tashkil etadi. Rahbarlikda hokimiyatni amalga oshirish quyidagicha turlarda b o‘lishi mumkin: — rahbar-ma’muriyatchi (administrator); — rahbar-qayta quruvchi; — rahbar-yaratuvchi. Ilgari foydalanilgan rahbarlikdagi hokimiyat turlari hozirgi firmalar tushib qolgan sharoitga to ‘g ‘ri kelmay qoldi. Natijada rahbarlikdagi hokimiyatga o ‘zgartirish kiritish davr talabiga aylanib qoldi. U o ‘zgartirishga, yangUiklar kiritishga, tadbirkorlikka va tavakkalchilikka ko‘nikmaslikka asoslangan bo‘hb, ma’lum vakolatlarga ega b o‘lishni taqozo etadi. Namunali kompaniyalar, bir dengiz ofitseri tomonidan aytilgan: «Bizning flotda kapitan unvonidan past har qanday kishi yetilmagan deb hisoblanadi», — degan aqidani inkor etadi. Ular tasdiqlaydilarki: Ishda, insonlarga tayanishda muvaffaqiyatga faqat bitta kalit bor — u ishonchdir. Kishilarga hurmat bilan qarash, ulaming qadr-qimmatini e ’zozlash, qadriyatlarini hisobga ohsh, kompaniyaning boshqalardan afzalligiga, unumdorligiga, iqtisodiy o ‘sish va foydaga hamda tashkil topgan kompaniya an’analariga ishonch yo‘li bilan b o‘ysunuvchilarga ta’sir ko‘rsatiladi. Ular kundalik