Boshqarish tamoyillari klassifikatsiyasiga bir necha yondashuvlar mavjud, lekin ular orasidagi uzviy bog‘liqlik hisoblansa, ulaming umumiy tamoyillari asosan quyidagilardan iborat: 1. Menejmentning asosiy tamoyili boshqarishda markazlashgan va markazlashmagan tamoyilni optimal qo'shib olib borish bo‘lib u qaror qabul qilishda vakolatlami optimal taqsimotiga asoslanadi. 2. Yakkaboshlik va kollegiallik tamoyili. Uning mohiyati konkret darajadagi rahbar va huquq doirasiga kiradigan masalalami yolg'iz hal qilishida ifodalanadi. Kollegiallik aniq qarorlami ijrochilar hamda turli darajadagi rahbarlar fikri asosida kollektiv qarorlar qabul qilishni ifodalaydi. 3. Ilmiy asoslanganlik tamoyili. U tashkilotni ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurishda vaqt bo‘yicha rejalashtirish, voqealami oldindan ilmiy ko‘ra bilishni ifodalaydi. Uning asosiy mazmuni shundan iboratki, barcha boshqarish harakatlari ilmiy uslublar va yondashuvlami qo'llash orqaU amalga oshiriladi. 4. Rejalilik tamoyili. Istiqbolda tashkilotni rivojlantirish ko‘lamlari va asosiy yo‘nalishlarini rejalashda ifodalanadi. 5. Erkinlik va qisman avtonomlik tamoyili. Bunda barcha tashabbuslar harakatdagi qonunshunoslik doirasida o‘z xohishi bilan boshqarish funksiyasini bajarayotgan, erkin harakat qilayotgan iqtisodiy subyektlardan chiqishini taqozo qiladi. Masalan: kasbiy erkinlik, raqobat erkinligi, shartnomalar erkinligi. 6. Iyerarxiya va qayta aloqalar tamoyili. U o‘z organining boshlang‘ich zvenosi keyingi darajadagi rahbarlik organ nazoratida bo‘luvchi ko‘p bosqichli stmkturani yaratishda ifodalanadi. Barcha zvenolar faoliyati ustidan doimiy nazorat qayta aloqalar orqali amalga oshiriladi. 7. Huquq, majburiyat va mas’uliyatni birga qo‘shib olib borish tamoyili.