yurituvchi subyektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan, tashab- buskorlik va tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar vujudga keldi. Ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari tizimida boshqarishni izchil, bosqichma-bosqich tashkil etish modeli qabul qilindi. Boshqaruv tizimini isloh qilish jarayoni bir qancha bosqichlardan o‘tib taraqqiy qildi va hozir ham takomillashtirilmoqda. Boshqaruv sohasidagi islohotlar natijasida ko‘plab boshqaruv bo‘g‘inlarining vazifasi o‘zgardi, yangi idoralar tuzildi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimining qoldiqlari, nazorat qiluvchi tizim va uning ijroiya idoralari tugatildi. Oldingi taqsimot ishlari hamda ulami amalga oshiruvchi mexanizmlarga barham berildi. Jumladan, ma’muriy buyruqbozlik, to‘rachilik tizimining o‘zagini tashkil etgan, markazdan turib rejalashtirish tizimi mustahkamligi va buzilmasligining ifodasi boigan davlat reja qo‘mitasi, davlat ta’minot qo‘mitasi, davlat narxlar qo‘mitasi va bir qator vazirliklar hamda juda katta ma’muriy apparatlar tugatildi. Ulaming o‘miga yangi boshqarish bo‘g‘inlari tuzildi. Bular bozorga asoslangan yangi iqtisodiy munosabatlarning tashabbuskorlari va ularni ro‘yobga chiqaruvchilar bo‘lmog‘i kerak. Masalan, o‘zini oqlamagan Davlat reja qo‘mitasi o‘miga Davlat Statistika Departamenti tuzildi. Bu qo‘mita iqtisodiyotni isloh qilish qoidalari va ustivorliklar, ulami amalga oshirish mexanizmlari asosida iqtisodiy islohotlarning borishiga baho berish hamda ularni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan takliflar tayyorlash; balans hisob-kitoblari asosida makroiqtisodiy nisbatlarni, tarmoqlar va hududlardagi tarkibiy o‘zgarishlar tamoyillarini tahlil qilish; respublika iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini