R valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev


B O Z O R M E X A N I Z M I N I N G A S O S I Y U N S U R L A R I



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/192
tarix27.09.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#149832
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   192
Menejment asoslari

B O Z O R M E X A N I Z M I N I N G A S O S I Y U N S U R L A R I
Bozor mexanizmining birinchi unsuli — talabdir
Bozor mexanizmining uchta asosiy elementi mavjud: talab, tovar taklifi, 
baho. Talab — ehtiyojning to ‘lov vositasi (pul) bilan ta ’minlangan qismi, ya’ni 
to ‘lov qobUiyatiga ega b o ig an ehtiyojdir. Ehtiyoj esa kishilar ongida aks etgan 
biror narsaga b o ig a n zaruriyat hisoblanadi.
Marketingning asosiy maqsadi, bozordagi talabni aniqlash, unga ta ’sir etish 
va uni qondirishdir. Marketing strategiyasini tuzish va tadbirlami amalga oshirish 
talabning turlari, holati, xususiyatlari, rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilishni 
taqozo etadi. Talab obyektiga qarab iste’mol tovarlar, xomashyo, ishlab chiqarish 
vositalari qimmatli qog‘ozlar, xizmatlar, ish kuchi va boshqa narsalarga b o ig a n
turlarga bo'linadi.
Bozordagi vaziyatni aniqlash uchun talabning turlari bilan birga uning 
holatini bilish ham muhimdir. M a’lum bozorda muayyan bir paytda, tovarga 
talab aniq bir holatda b o iad i. U mavjud b o ‘lmagan, salbiy, past, yuqori, 
tebranuvchan, o ‘sayotgan, tushayotgan, haddan ortiq qulay, nom a’qul holatlarda
128


bo ‘lishi mumkin. Talab ana shu holatlarining har biri uchun maxsus marketing 
turini (strategiyasi) ishlab chiqishni va qo ‘llashni taqozo qiladi.
Talab m uhim xususiyatlarga ega. U juda ko‘p omillar ta ’siri ostida shakllanadi 
va o ‘zgaradi. Uni istalgan yo‘lga solish uchun ana shu omillarga marketing 
vositalari bilan ta’sir etish mumkin. Talab juda harakatchan, o‘zgaruvchan, u 
hech qanday rejaga bo‘ysunmaydi, uning o ‘z rivojlanish qonuniyatlari mavjud. 
Talab hajmining o ‘sib, tarkibi yaxshilanib, iste’molchi shartlarining kuchayib 
borishi bilan birga aholi darom adining yuqori va quyi chegaralarining bir- 
biridan yanada uzoqlashishi hamda diapazonining kengayishi natijasida talabning 
tabaqalanishi ham kuchayib bormoqda.
Bozor mexanizmining ikkinchi unsuri — tovar taklifidir
U ayirboshlashning bosh obyekti va iste’molchilar talabini qondirishning 
moddiy asosini tashkil etadi. Tovar taklifi ikki qismdan iborat. Birinchi qismi 
hozir davlat ichkarisida mavjud b o ‘lgan va sotishga m o ‘ljallangan tovarlar 
to ‘plamidir. Ikkinchi qismi esa m a’lum davrda ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan 
tovarlardan iborat bo ‘ladi.
Tovar taklifi uch xil bo ‘lishi mumkin: zaruriy, haqiqiy, real tovar takliflari. 
Mavjud b o ‘lgan talabni to ‘la qondira oladigan tovarlar miqdori va to'plam i 
zaruriy tovar taklifi deyiladi. M a’lum joyda va paytda haqiqatan mavjud bo ‘lgan 
tovarlar miqdori va to ‘plami haqiqiy tovar taklifini tashkil qiladi. Mavjud tovarlar 
tarkibida eskirib ketgan yoki shu joydagi talabga to‘g‘ri kelmaydigan tovarlar 
bo‘Isa, ular chiqarib tashlangandan so‘ng real tovar taklifi b o ‘ladi.
Tovar taldifini shakllantirish uchun milliy sanoat, qishloq xo‘jaligi, shirkat, 
kichik, xususiy, qo‘shma, ijara va boshqa shakldagi ishlab chiqarish korxonalari, 
shaxsiy xo‘jaliklar, suv ombori, daryo va ko‘llardagi baliqclrilik xo‘jaliklari, 
im p o rt va b o sh q alar xizm at qiladi. Shuni t a ’kidlash lozim ki, bizn in g
respublikamizda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati yetarli 
rivojlanmaganligi sababli iste’m ol tovarlarining 60 foiziga yaqini boshqa 
davlatlardan import orqali olib kelinadi. Bu muam m oni m a’lum darajada hal 
qilish respublika mustaqilligini ta ’minlashda m uhim rol o ‘ynaydi.
Bozorning uchinchi unsuri — bahodir
Uning asosida tovar qiym ati yotadi. Lekin rivojlangan bozorda baho 
qiymatining bevosita ifodasi bo‘lmay qoladi. U endi tovarga to ‘lanadigan pul 
miqdorini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bahoning roli sezilarli darajada 
oshadi.
Bozor mexanizmi elem entlarining o ‘zaro m unosabatlari talab va taklif 
qonunida o ‘z ifodasini topadi. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki aniq
5 —
Menejment asoslari 
129


makon va zam onda talab bilan taklif miqdori, tarkibi qiymati, natural ko‘rinishi 
bir-biriga mos, mutanosib bo ‘lishi kerak. U lam i o ‘zaro bog‘lab turuvchi vosita 
baho hisoblanadi. Ammo mos bo ‘lishi teng degani emas. Mos bo ‘lishi uchun 
talab taklifdan normal tovar zaxiralari miqdorida katta b o ‘lishi kerak. Talab 
bilan taklif mutanosib bo‘lgandagina bozorda muvozanat holati tiklanadi, ya’ni 
bozor muvozanatda b o iad i. Lekin bu muvozanatni doimo saqlab turish qiyin. 
Chunki talabga ham, taklifga ham ko‘p omillar ta ’sir etib turadi va ulam ing har 
qanday o ‘zgarishi talab va taklif mutanosibligini o ‘zgarishiga olib keladi. Natijada 
bozor muvozanati buziladi, lekin tez orada unga mos ravishda baho o ‘zgarib, 
yana muvozanat tiklanadi. Bundan tashqari talab o ‘zining rivojlanishi jihatidan 
taklifdan o‘zib, undan oldinda yuradi. Ular o'zlarining rivojlanishi b o ‘yicha 
qanchalik bir-biriga yaqin bolsalar, shu darajada bozor muvozanatda b o iad i. 
Bu muvozanatni ta ’minlab turishning muhim vositasi bugungi talabni aniq 
bilish, uning ertangi holati va o'zgarishini prognoz qilish va o ‘z vaqtida shunga 
mos tovar taklifini shakllantirishdir. Shunday qilib, bozor o ‘zini-o‘zi tartibga 
solib, muvozanatini tiklab turuvchi m uhim iqtisodiy hodisa hisoblanadi.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin