Radio (lotincha radio-nur tarqataman) — radioaloqa liniyasidagi texnik qurilma hisoblanadi. Radiotexnika


I bosqich (1895—1920)—radiotexnika rivojlanishining boshlanishi, bu davrda uzun to‘lqinli radiotelegraf aloqa mavjud edi: II bosqich



Yüklə 461,71 Kb.
səhifə2/5
tarix16.12.2022
ölçüsü461,71 Kb.
#75551
1   2   3   4   5
Azimxoja Sulaymonov EAICHT MUSTAQIL ISH 1

I bosqich (1895—1920)—radiotexnika rivojlanishining boshlanishi, bu davrda uzun to‘lqinli radiotelegraf aloqa mavjud edi:
II bosqich (1920—1955) radiotexnik qurilmalarda elektrovakuum asboblardan foydalanib generatorlar, kuchaytirgichlar, yuqori sezgir radiopriyomniklarda qisqa to‘lqinli va yuqori chastota chegaralarida ishlatiladigan elektromagnit to‘lqinlar orqali aloqalar mavjud edi;
III bosqich (1955 yildan boshlab) radiotexnik qurilmalarda elektrovakuum lampalar o‘rnini yarim o’tkazgichli asboblar IMClar egallagan davrga to‘g‘ri kela, Mikrosxemalarning yaratilishi radiotexnika va elektronika rivojlanishining yangi bosqichini ochib berdi. Zamonaviy radioelektron qurilmalar radioaloqa, televideniye, radiolokatsiya, radionavigatsiya, radioboshqaruv, radioo‘lchov va radiotelemetriya sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Radioelektronika o‘zining rivojlanish jarayonida REAning qiyofasiga katta ta'sir qilib, zamonaviy sanoat va qishloq xo‘jalik, ilmiy tekshirish va tibbiyotda, maishiy xizmat va transportda, o‘qitish usullarini takomillashtirish va aloqa vositasi hamda inson faoliyatining hamma sohalarida yangi qurilmalar yaratish imkonini berdi. Quyida elektronikaning ayrim zamonaviy yo‘nalishlarining rivojlanishini keltiramiz.
Mikroelektronika. Qurilmalarning iste'mol energiyasini kamaytirish, ularning ishonchliligini orttirish va o‘lchamlarini kichraytirish — hozirgi zamon mikroelektronikasining rivojlanishidagi asosiy yo‘nalishdir. Katta (BIS) va o‘ta katta (CBIC) integral mikrosxemalarning yaratiligii electron tuguni va diskret radiodetallar blokini almashtirish imkonini beradi. Sxemalarni keyingi vaqtda o‘lchamlarini kichrayib borishi radiotexnik va hisoblash qurilmasiga, magnit yozuvi asbobini takomillashtirishga berilgan funktsiyali yangi
asboblar yaratish imkoniyatlariga ta'sir etdi. Shuni aytish yetarliki, hozirgi zamon texnologiyasi bitta yarim o‘tkazgichli kristallda milliontagacha tranzistorli BIS lar yaratish imkoniga ega.
Optoelektronika. Hozirgi paytda optoelektronikada katta sigimga ega bo‘lgan, tez ishlovchi, yuqori xalaqitlardan muhofaza qilingan tolalar optikasi liniyalarini yaratishda izlanishlar qilinmoqda. Bunday liniya bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 10000 gacha telefon aloqalar, 10 kanalgacha bo‘lgan yuqori aniqlikda rangli televideniye signallarini jo‘natish mumkin. Optoelektronikada yorug‘lik nurlarini fazoviy modulyatsiyalash qo‘llanilgan. Bu asosda vakuumsiz elektron qurilmalar, optoelektron kuchaytirgichlar, mantiqiy elementlar, yassi ekranli rangli televideniye, juda katta axborotlarni beradigan tablo va h. k. yaratiladi. Optoelektron xotiralovchi (optik xotiralovchi) disklar yaratish ustida ham ishlar olib borilmoqda. Kriogen elektronika — past (kriogen) temperaturadagi hodisalardan foydalaniladi — metall va qotishmalarning o‘ta o‘tkazuvchanligi, izolyatorlarning dielektrik kirituvchanligining elektr maydonga va boshqalarga bog‘liqligi.Bunday hodisalardan kriogen triggerlar, o‘ta keng polosali kvant kuchaytirgichlari, elektr signallarini liniya tutqichlari va h. k. asboblar yaratishda foydalaniladi. Kriogen asosida mantiqiy va xotiralovchi funktsiyani bajaruvchi BISlarni yaratishda
ham foydalanish mumkin. «Roton-600» radioteleskopda kriogen elektron asbob o‘rnatilgan bo‘lib, u milliard yorug‘lik yili masofasi uzoqligidagi kosmik fazoni o‘rganish imkonini beradi.

Yüklə 461,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin