O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAХSUS TA„LIM
VAZIRLIGI
ABU
RAYHON BERUNIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEХNIKA UNIVERSITETI
RADIOSIGNALLARNI QABUL QILUVCHI QURILMALAR
fanidan virtual laboratoriya ishlarini bajarish bo
„
yicha
uslubiy qo
„
llanma
ТOSHKENT – 2016
2
Tuzuvchilar: Nazarov A.M.,Ibragimova B.B.,Pak S.S.
“Radiosignallarni qabul qiluvchi qurilmalar”fanidan virtual laboratoriya
ishini bajarish uchun uslubiy qo„llanma. –Toshkent: ToshDTU 2016. -34b
Uslubiy qo„llanma 5350700-Radioelektron
qurilmalar va tizimlar
(radiosanoat) 5111000-Kasb ta„limi (Radioelektron qurilmalar va tizimlar)
yo„nalishlari talabalari uchun mo„ljallangan bo„lib, unda “Radiosignallarni
qabul qiluvchi qurilmalar” faniga tegishli 10 ta virtual laboratoriya ishini
bajarish uchun mo„ljallangan individual topshiriqlarning tafsiflari
keltirilgan.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
ilmiy-uslubiy kengashi qarori bilan chop etildi.
Taqrizchilar: A.A.Tojiyev, ToshDTU, “Radioteхnik
qurilmalar va
tizimlar” kafedrasi f-m.f.n.,dot
D.A.Davronbekov TATU, “Mobil aloqa texnologiyalari”
kafedrasi mudiri, t.f.n.
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2016
3
KIRISH
Radiosignallarni qabul qiluvchi qurilmalar fanidan laboratoriya
ishlari virtual kompyuterlarda bajariladi.Har bir
laboratoriya ishi alohida
dasturga ega boʻlib:virtual laboratoriya ishi maket modeli, “boshqaruv
organlari”, oʻlchov asboblari va generatorlari virtual modellaridan tashkil
topgan.
Virtual laboratoriya ishlarini bajarishda virtual oʻlchov asboblari,
ossillograflarni boshqarishga tegishli bloklar
oldidagi doirasimon va
toʻrtburchaksimon darchalardagi yozuvli tugmalardan foydalaniladi.
Rostlagichlarni boshqarish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Harakatda surgich oldidagi oq maydoncha oldiga yoki ketiga sichqoncha
koʻrsatkichi keltiriladi va sichqoncha chap tugmasi bosiladi. Bunda
rostlagich harakatdagi elementi chapga yoki oʻngga bir qadamga suriladi.
- boshqaruv harakatdagi elementiga sichqoncha koʻrsatkichi keltiriladi va
sichqoncha
tugmasi bosiladi, tugmani qoʻyib yubormasdan turib
boshqaruvchi harakatdagi elementi chapga yoki oʻngga surilib kerakli
qiymatlar oʻrnatiladi va sichqoncha tugmasini bosib turish toʻxtatiladi.
Toʻrtburchak shaklidagi boshqariluvchi
darchalar elementlari
quyidagicha boshqariladi:
- boshqarish elementini ishga tushirish uchun sichqincha koʻrsatgichi
darcha oʻrtasiga keltiriladi va sichqoncha chap tugmasi bosiladi natijada
darchada quyidagi koʻrinishda "V" belgi paydo boʻladi;
- boshqaruv elementini passiv holatga qaytarish uchun sichqoncha
kʻorsatgichi "V" belgili darchaga keltiriladi va chap tugmasi bosiladi.
Bunda darchadagi "V" belgisi yoʻqoladi.
Doirasimon shakldagi uncha katta boʻlmagan
boshqarish darchalari
bir-biri bilan funksional bogʻliq boʻlib quyidagicha boshqariladi:
sichqoncha koʻrsatkichi doirachalardan biri oʻrtasiga keltiriladi va
sichqoncha chap tugmasi bosiladi. Doirasimon darchada “nuqta” paydo
boʻladi. Bu darchani passiv holatga oʻtkazib, ikkinchisini
ishga tushirish
uchun sichqoncha koʻrsatkichini ikkinchi doirasimon darchaga toʻgʻrilab,
sichqoncha chap tugmasi bosiladi, bunda birinchi darcha passiv holatga
oʻtadi.
Tugmalar orqali boshqarish uchun sichqoncha koʻrsatkichi
tugma
ustiga keltiriladi va sichqoncha chap tugmasi bosiladi. Boshqarishda ikkala
funksional bogʻliq tugmalardan foydalaniladi. Tugmalardan birini aktiv
holga keltirish, ikkinchisini passiv holatga oʻtkazish, sichqoncha tugmasini
bosish orqali amalga oshiriladi.