Rahbar fazilatlari va uslublari 2.2.1. Rahbarga qo’yiladigan talablar Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. “Rahbarlik qilish” degan so’zga izohli lug’atlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo’naltirish, ko’rsatma berish degan turli ma’lumotlar berilgan.
Rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlarni bartaraf etish degani- bu boshqarishning barcha unsurlariga e’tiborni kuchaytirish demakdir. Eng avvalo rahbar yuqoridagi nuqsonlardan xoli bo’lishi va ish uslubini quyidagi ijobiy fazilatlar zamirida tashkil qilishi lozim:
Rahbar o’z huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa va xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan uyg’un olib borishda mohirona foydalanish zarur. Ammo davlat manfaatlariga putur etkazmasdan, shaxsiy manfaatlar umum manfaatlarga bo’ysinishi lozim.
Ishlab chiqarishni faqat jamoada obro’-e’tiborga ega bo’lgan rahbargina yaxshi boshqaraoladi. Ayni paytda shuni unutmaslik kerakki, obro’ faqat xizmat mavqei bilan emas, balki, avvalo, bilim, tajriba, ishga va xodimlarga munosabat bilan orttiriladi.
Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda hamo’zini tutabiladigan, odobli va xushmuomala bo’lishi zurur. O’z xatti- harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgilarini tiya biladigan, yurish turishida bo’ysinuvchilarga o’rnak ko’rsatadigan bo’lishga majburdir.
Buyruq hammaga ham yoqavermaydi. Shu sababli bo’yinuvchi xodimlarga beriladigan farmoyish faqat bevosita buyruq shaklida bo’lmasdan, balki topshiriq va vazifa, maslahat tarzida ham bo’lishi kerak. Bu o’rinda quyidagi ibratli ish uslubini bilish foydadan xoli emas.