Rahbarning ish uslubi – bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondashishdir



Yüklə 132,5 Kb.
səhifə7/17
tarix14.12.2023
ölçüsü132,5 Kb.
#180048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
-3kadastr

Bino devorlariga
texnik xizmat ko’rsatish.

Binoning konstruksiyaviy yechimiga bog’liq holda devorlar turli funksiyalarni bajaradi. Asosiy funksional belgilaridan biri bino xonalarini iqlimiy ta’sirlardan himoya qilish hamda vaqtinchalik va doimiy yuklarni poydevorga uzatishdan iborat.


Bino devorlaridan texnik foydalanishning asosiy vazifasi butun xizmat qilish jarayonida o’zining yuk ko’tarish qobiliyatini va ximoya qamrab turuvchi xossalarini saqlab turishdan iborat. Atrof – muhit yoki ta’sir etadigan yuklarning loyihada ko’rsatilgan miqdoridan oshib ketishi natijasida devor materiallarining fizik – mexanik xossalari o’zgaradi va yuk ko’tarish qobiliyatini yo’qotishi mumkin.
Devor tez yemirilishining keng tarqalgan asosiy sabablaridan biri doimiy ravishda namlik bilan o’zgaruvchan haroratning birgalikdagi ta’siridir.
Yoriqbardoshlik materiallarning yoriq hosil bo’lishiga qarshilik ko’rsatish xossasidir. Devor materiallarining yoriqbardoshligini oshirish uchun ularning boshlang’ich namligi uncha katta bo’lmasligi kerak.
Foydalanish jarayonida esa namlikning o’zaro o’zgarib turishi 2.5% dan oshib ketmasligi ta’minlash lozim (namlik gradienti). Keltirilgan miqdorni saqlash uchun devor sirtini gidrofobizatsiya qilish, tashqi sirt fakturasi beton zichligini oshirish yoki ablitsovka qilish ishlari bajariladi.
Hozirgi paytda ko’ndalang yuk ko’taruvchi devorga ega bo’lgan binolar keng ko’lamda qurilmoqda. Shuning uchun ko’ndalang devorlar uchun mustahkamligi katta bo’lgan materiallar, bo’ylama materiallar qo’llaniladi.
Bir yoki kam qavatli binolarda bo’ylama va ko’ndalang devorlar tutashgan joylarida vujudga keladigan deformatsiyalar unchalik katta emas va yig’ma chegaraviy qiymatlardan oshib ketmaydi.
Bino fasadiga
texnik xizmat ko’rsatish.

Me’moriy – estetik jihatdan bino fasadi texnologik nuqtai nazardan belgilanishiga mos kelishi lozim. Fasaddagi me’moriy konstruksiyaviy detallarning birikishi ularning muhit iqlimiy tehnologik omillar ta’siridagi uzoq muddatli statik va dinamik ustuvorligini ta’minlash lozim.


Bino tsokili muhim funksional ahamiyatga ega. Ma’lumki, bino tsokiliga doimiy ravishda namlik bilan birgalikda mexanik ta’sirlar ta’sir etib turadi. Shuning uchun tsokl konstruksiyasi o’ta mustahkam va sovuqqa chidamli materiallardan tiklanadi. Tsokl yuqori qatlamini namlikdan saqlash uchun namga chidamli materialdan foydalaniladi yoki ayrim hollarda u metall nav bilan jihozlanadi. Parament to’siqlarini bino yuk ko’taruvchi elementlariga birlashish tugunlari muhim ahamiyat kasb etadi. Tom konstruksiyalarini parapet to’siqlari bilan tutash tugunlar germetik va kuzatish uchun qulay bo’lishi lozim.
Bino fasadining holati bahor va kuzda hamda navbatdagi rejaviy va tanlov asosidagi ta’mirlashlar belgilanishidan oldin kuzatish natijasida nazorat qilinadi.
Balkon, erker va lodjilarni kuzatganda ularning yuk ko’taruvchi konstruksiyalarida yoriqlar bor – yo’qligi, oqma zanglar paydo bo’lgan bo’lsa, beton himoya qatlamining mustahkamligi Kashgarov Fizdel bolg’alari bilan urib tekshiriladi. Ayrim holatlarda labaratoriya tekshiruvi uchun namunalar olinadi, yuk qo’yib sinab ko’riladi, bu konstruksiyalar foydalanish uchun noloyiq deb topilsa, ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Eng muhimi fasad elementlariga muhit harorat va iqlimiy ta’sirlarni bartaraf etish chora – tadbirlarini ko’rish, devorlarga birikish joylarining mustahkamligi va ishonchliligini ta’minlash lozim.

Yüklə 132,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin