DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI
MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR YO`NALISHI 5MM-22 GURUHI TALABASI
RAHMONQULOV FAZLIDDINNING
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN BOZOR TURLARI VA BOZOR INFRATUZILMASI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
REFERATI
Tayyorlovchi: F.Rahmonqulov
Qabul qiluvchi: B.Abduvohidov
Denov-2022
Reja:
Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari
Bozor va uning vazifalari
Bozorning turlari va tuzilishi
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun xos bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko‘plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Oldingi bobda ta’kidlanganidek, xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash
va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim shartlari bo‘lib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo‘lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi faoliyatining nisbatan samarali yo‘nalishlarini ko‘rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |