Qadimgi Termiz 2500 yoshda Qadimgi Sharq madaniyati tizimida Baqtriya ham alohida o’rin egallaydi. Chunonchi Baqtriya eng qadimgi madaniyat o’choqlaridan hisoblanib u Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da Baxdi nomi bilan qayd qilingan. Baxti Axura Mazda topilgan to’rtinchi bo’lib yaratilgan hisoblanib, u bag’oyat go’zal tu’glari baland ko’tarilgan o’lka sifatida tariflangan. Qadimgi yunon va Rim tarixchilari Baqtriyani Oriylar “yurtning ko’rki”, “Mingshaharli o’lka” deb qayd qilganlar. Bu ta’riflar O’zbekistonning janubiy hududlariga ham taaluqlidir. Zero, bu hudud qadimgi Baqtriyaning eng rivojlangan yerlaridan hisoblangan vba qadimgi Termiz shahri antic manbaalarda qayd qilingan mingta shaharning shubhasiz biri bo’lgan.
Qadimgi Teriz shahri hozirgi shahardan 7 km shimoliy-g’arbda Amudaryo bo’yda joylashgan. Shaharning strategic ahamiyatiga molik bo’lgan yerda joylashuvi , ya’ni daryoni kechib o’tish uchun qukay bo’lgan terda , shimoliyni janub bilan, sharqni g’ab bilan bog’lovchi savdo chorrahasida joylashuvi uni tez suratlar bilan rivijlanishiga, ravnaqiga zamin bo’lib xizmat qiladi, bu omillar shaharni qadimgi va o’rta asrO’rta Osiyo davlarlari tarkibidagi o’rinini ham belgilab berdi. Shaharning transcontinental “Buyuk ipak yo’li” tarmog’ida joylashuvi unung ravnaia ravnaq qo’shdi.
Qadimiy yodgorliklar o‘zbek xalqi ma’naviyati, qadriyatlari tarixidan darak beruvchi ashyoviy dalillar hisoblanadi. Shu o‘rinda ajdodlarimizning tarixini arxeologik yodgorliklar misolida targ‘ib etish va uning tarbiyaviy ahamiyatini ko‘rsatish juda muhimdir. Shu bilan birga, mamlakatimiz xududida joylashgan arxeologik yodgorliklar va ulardagi topilmalar yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda, ularning qalbida ko‘hna tarix va madaniyatga hurmat– ehtirom ruhini uyg‘otishda katta ahamiyatga egadir. Arxeologik yodgorliklar O‘zbekiston madaniy hayotini o‘zida aks ettiruvchi juda muxim omil hisoblanadi. Arxeologiya fani bilan shug‘ullanuvchi olimlar arxeolog (qadimshunos)lar deb ataladi. Tarixda hech narsa izsiz yo‘qolib ketmaydi. Ana shu izni topish arxeologiyaning vazifasidir.
Arxeologlar ish jarayonida Arxeologlar o‘tmishga oid turli topilmalar (mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-yarog‘lar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxonalar, sug‘orish inshootlari va boshqalar)ning qoldiqlarini o‘rganadilar. Shu asosda o‘tmish haqida ma’lumotlar to‘playdilar. Barcha topilmalar arxeologiya yodgorliklari deb ataladi. Arxeologiya yodgorliklari kishilik jamiyatining yozma tarixigacha bo‘lgan davrini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Arxeologlar dastlab qazilma ishlari o‘tkaziladigan joylarni belgilab oladilar. So‘ng qazish ishlarini o‘tkazadilar. Topilgan yodgorlikning yaratilgan davri va yoshi aniqlanadi. O‘zbekiston olimlari arxeologik qazishmalar natijasida topilgan yodgorliklarni o‘rganish orqali samarqand shahrining 2750, qarshi va shahrisabz shaharlarining 2700, buxoro va xiva shaharlarining 2500 va toshkent shahrining 2200 yoshdaligini aniqladilar.
O‘zbekistonda arxeologiyaning fan sifatida shakllanishi uzoq tarixiy jarayonni o‘zida qamraydi. O‘zbek millati qadimiy tarixga ega bo‘lsada, uning eng qadimgi davr tarixini o‘rganish XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan va bugungi kungacha bu sohada ilmiy izlanishlar davom qilib kelmoqda. O‘zbekistonning o‘rta asrlar tarixi esa, yozma manbalarda saqlanib qolgan bo‘lsada, uzoq davrlargacha mavjud qadimiy qal’alar tarixi faqat odamlar orasidagi rivoyatlarda saqlanib qolgan edi. Ularni saqlash va ilmiy jihatdan o‘rganish esa XIX asr oxirlarigacha odamlarning e’tiborida emas edi. Sovetlar humronligi davrida o‘tmish tarixiga e’tibor kuchayib, ularni ilmiy jihatdan o‘rganish boshlangan bo‘lsada, O‘zbekiston miqyosida tarixiy yodgorliklarning nihoyatda ko‘pligi olimlarga chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borishga imkon bermagan. Ular yodgorliklar to‘g‘risida deyarli umumiy bo‘lgan ma’mumotlarningina to‘plashgan. Misol tariqasida Selungir, Teshiktosh, Ko‘lbuloq makonlarida olib borilgan tadqiqotlarni keltirish mumkin. Shuningdek, yodgorlik o‘rganilgach, u qarovsiz qoldirilgan. Bu esa, ko‘pgina yodgorliklarning yo‘qolib ketishiga olib kelgan. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, o‘tmish tarixiga yangicha nazar bilan qarala boshladi. Har bir yodgorlikni o‘rganishda chuqur ilmiy jihatdan yondoshilib, uning mahalliy xususiyatlarini e’tiborga olib, olamshumul yangiliklar ochildi va ochilmoqda.
O‘zbekistonda arxeologiyaning o‘rganilish bosqichlari M.Jo‘raqulovning “Ibtidoyi arxeologiya” kitobida to‘liq ochib berilgan. Arxeolog O‘zbekistonning arxeologik jixatdan o‘rganilishini 3 davrga bo‘ladi:
1.Rossiya mustamlakasi davri.
2.Sovetlar xukmronligi davri.
3. O‘zbekiston mustaqilligi davri va har bir davrga to‘liq ta’rif berib o‘tadi. Mustaqillikning dastlabki davrlarida arxeologik tadqiqot ishlari birmuncha to‘xtaganday bo‘ldi. Lekin Vazirlar Mahkamasining 1998 yilda Tarix instituti faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ishlari natijasida va Buyuk ipak yo‘li tarixining keng tadqiq qilinishi yuzasidan olib borilgan ishlar natijasida yana arxeologik tadqiqot ishlari jonlanib ketdi. Ayniqsa xorijiy davlatlar bilan olib borilayotgan hamkorlik yanada samarali bo‘lmoqda. Ular arxeologik ekspeditsiyalarni nafaqat moddiy, balki texnikaning keyingi davr yutuqlari bilan ham qurollantirib, mashaqqatli arxeologik tadqiqot ishlarini engillashtirib, qadimiy moddiy buyumlarning analiz jarayonlariga ham yanada aniqliq kiritishiga ko‘p imkoniyatlar yaratishda yaqindan yordam ko‘rsatib kelishmoqda.
Jumladan, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Avstraliya, Rossiyadan kelgan olimlarning xizmatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Sopollitepa va Jarqo‘ton yodgorligida keyingi davrlarda O‘zbek–Olmon Baqtriya ekspeditsiyasi tadqiqot ishlarini olib bordi. Ular Jarqo‘ton yodgorligining yoshini aniqlashda 23 radiokarbon analizi o‘tkazdilar. Radiokarbon analizlar Germaniya arxeologiya instituti Evroosiyo bo‘limi qoshidagi laboratoriyada amalga oshirildi. Mazkur otryad a’zolaridan Mayk Toyfer va Kay Kanyutlar Sopollitepa madaniyatining yoshini kadimiylashtirish bo‘yicha yangi fikrlarni bildirganlar.
XULOSA Hozirda O‘zbekiston arxeologiyasini o‘rganish ancha yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu ish bilan maxsus institutlar, universitetlar, pedagogika institutlari va turli bo‘limlar shu g‘ullanmoqdalar. Ular qoshida ko‘plab arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etilgan So'nggi o'n yillikda madaniyat va tarixiy yodgorliklarni qayta tiklanadigan zaxira ishlari amalga oshirilmoqda. Bu esa yodgorliklarni yaratish ishlariga ancha samarali ta'sir qiladi. XX asrning 90-yil oxirlarida yodgorliklarning 7216tasi olingan bo‘lsa, shulardan 1595tasi me’moriy yodgorliklar, 7106tasi mahobatli san’at asarlari, 2115tasini arxeologik yodgorliklar tashkil qildi. Ulardan 1831tasi respublika miqyosidagi davlat tasarrufiga olingan boʻlib, 513tasi meʼmoriy obidalari 98 tasi mahobatli sanʼat asarlari, 1213 tasi arxeologik va 27 tasi tarixiy yodgorliklardir. Bunday yodgorliklar ayniqsa, Samarqand (997), Buxoro (804) Qashqadaryo (592), Toshkent (562), Farg‘ona (512) viloyatlarida ko‘p. Bu butun hududi qadimiy madaniyat va sivilizatsiya o‘chog‘i bo‘lganligidan dalolat beradi.