tormozlaydigan markaz, shu shartli refleksning markazidan tashqarida
bo‘lganligi
uchun ham, tormozlanishning bu xili tashqi tormozlanish
deyiladi. Masalan, itda so‘lak ajratish shartli refleksi hosil qilmagan bo‘lsa,
shu itdan so‘lak ajratayotgan paytda unga mushukni ko‘rsatsak, so‘lak
ajralishi to ‘xtaydi: shartli refleks tormozlanadi.
Bu vaqtda mushukni
ko‘rish tegishli markazning qo‘zg‘alishiga sabab b o iad i va bu so‘lak
ajratish markazini tormozlaydi. Shuningdek,
sigirlar sogilayotganida
odatdagi sharoitning o‘zgarishi - shovqin-suron ko‘tarilishi, begona
odamlar paydo bo‘lishi sut berish refleksining
tormozlanishiga sabab
bo‘ladi. Ichki organlardan kelayotgan ta’sirotlar ham shartli refleksni
tormozlab qo‘yadi. Masalan, qovuqning haddan tashqari to‘lib ketishi,
qusish va boshqalar shartli reflekslarni tormozlay oladi.
Tormozlanish
jarayonining kuchi asab markazlarining holatiga bog‘liq. Juda ochiqqan,
ya’ni ovqatlanish markazi kuchli qo‘zg‘algan
hayvonda bu markazni
nihoyatda kuchli qo‘zg‘algan boshqa markazgina tormozlay oladi, xalos.
Dostları ilə paylaş: