Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


TA’SIRLANUYCHANLIK VA TA’SIROTCHILAR



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   318
2 5213200508969289537

TA’SIRLANUYCHANLIK VA TA’SIROTCHILAR
Organizmning, uning organ va to‘qimalarining ta’sirotchilar ta’siriga 
moddalar almanishuvini o‘zgartirib javob berishi 
ta’sirlanuvchanlik 
deyiladi.
Ta’sirlanuvchanlik 
oqsilli 
tanachalaming 
qayishqoqligi 
bilan 
aniqlanadi. Ta’sirlanuvchanlikni oddiy shakli bevosita hujayralar bilan 
oziq-ovqatlar orasidagi o‘zaro munosabat, ya’ni oziqani hazm qilib uni 
assimilyasiya qilinishi bilan namoyon bo‘ladi. Tashqi muhitning ma’lum 
ta’siri moddalar almashinuvining tezlashishi yoki susayishini, uning 
miqdoriy va 
sifatiy jihatdan 
o‘zgarishini 
belgilaydi. 
Moddalar 
almashinuvining bunday o‘zgarishlari energiya ajralib chiqishi bilan 
amalga oshadi va u butun organizmning yoki uning a’zolarining harakati 
shaklida namoyon qiladi. 0 ‘z navbatida bu harakatlar oqsilli tanalami 
harakatianishi, qisqarishi va cho‘zilishini paydo qiluvchi energiya ajralishi 
ritmik biokimyobiy jarayonlar natijasida yuzaga keladi. Bu esa o‘z 
navbatida organizmni tashqi muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan holda 
bo‘shliqda harakatlanishiga olib keladi.
Ta’sirlanish - organizmga, yoki uning a’zolari, to‘qimalari va 
hujayralariga materiyaning turli shakldagi 
harakatlarining ta’siridir. 
Ta’sirlanishni keltirib chiqara oladigan materiyaning har qanaqa shakldagi 
harakati ta’sirotchilar deb ataladi.
Organizmga quyidagi uch guruh ta’sirotchilar ta’sir ko‘rsatadi:
22


1. Fizikaviy ta’sirotchilar - mexanik, harorat, elektrik, yorug‘lik -
turli uzunlikdagi elektromagnit to‘lqinlar, ko‘zga ko‘rinadigan va 
ko‘rimnaydigan infraqizil va ultrabinafsha nurlar, radioaktiv nurlar 
(radioaktivli, «nishonlangan atomlar», alfa- , beta- va gamma nurlari, 
Rentgen nuri).
2. Kimyoviy ta’sirotchilar - kislotalar, ishqorlar, tuzlar, zaharlar va 
boshqalar.
3. Biologik ta’sirotchilar - hayvonlar, o‘simliklar, oliy darajada 
rivojlangan hayvonlar, tana yuzasiga ta’sir ko‘rsatuvchi mikroblar va 
viruslar, ya’ni organizmni ichki muhitiga kiruvchi mikroblar va viruslar.
Bulardan tashqari ta’siri bir vaqtda yuzaga keluvchi fizikaviy va 
kimyoviy ta’sirlar beruvchi fiziko-kimyoviy ta’sirotchilar ham mavjud 
bo‘lib, ularga ionlovchi radioaktiv nurlar, osh tuzi kiradi.
Ta’sirotchilar faqatgina o‘zlarining sifati bilan bir-biridan farq 
qilmay, balki ta’sir kuchi bo‘yicha ham farq qiladi. Bitta ta’sirotchining 
o ‘zi kuchi bo‘yicha kuchsiz, o‘rtacha va kuchli bo'lishi mumkin, bu uning 
dozasiga bog'liq bo‘ladi. Ta’sirotchilar tashqaridan organizmni tashqi 
yuzasiga yoki ichki a’zolar, to‘qimalar va hujayralarga ta’sir ko‘rsatadi.
Organizmni o‘rab turgan tashqi materiyaning turli shakldagi 
harakatlari (elektr, mexanik va boshqalar) tashqi ta’sirotchilar hisoblanadi.
Ichki ta’sirotchilar - ichki muhitning kimyoviy tarkibining o‘zgarishi 
(qon, limfa, to‘qimalararo va orqa miya suyuqliklari-likvor), hamda 
organizmni turli ichki organ va to‘qimalar retseptorlariga ta’sir etuvchi 
hamda a’zolar funksiyasini o‘zgarishini keltirib chiqaruvchi mexanik 
ta’sirlar va bosimni o‘zgarishi hisoblanadi.
Ta’sirotchilar organizm faoliyat ko‘rsatayotgan odatiy tabiiy 
sharoitda aynan bir to‘qimaga ta’sir ko‘rsatuvchi «tabiiy» bo‘lishi ham 
mumkin. Bu ta’sirotlarga o‘sha to‘qima yoki organ filo- va ontogenez 
jarayonlarida moslashadi va bularga adekvat ta’sirotchilar deyiladi. 
Masalan, skelet mushaklari uchun uning qo‘zg‘alish to‘lqini harakat 
nervlari orqali oqib keluvchi ta’sirotlar adekvat hisoblanadi. Adekvat 
ta’sirotchilar sifatiga mos holda retseptorlar yorug‘lik, tovush, ximik, issiq, 
sovuq va boshqa qo‘zg‘atuvchilar ta’sirini qabul qiluvchilar farqlanadi.
Barcha retseptorlar yoki aynan bitta retseptor tashqi yoki ichki 

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin