Raqamli iqtisodiyot tushunchasi



Yüklə 217,57 Kb.
səhifə4/8
tarix18.09.2023
ölçüsü217,57 Kb.
#144903
1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu. Raqmli iqtisodiyot.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Raqamli
Raqamli iqtisodiyot tushunchasi

"Raqamli iqtisodiyot" tushunchasi nisbatan yangi va juda muhim hodisadir. Raqamli iqtisodiyotning ko‘plab ta’riflari mavjud. Quyida raqamli iqtisodiyotning turli xil nufuzli manbalari tomonidan taklif etilgan bir nechta ta’riflari mavjud.

  1. Raqamli iqtisodiyot raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlar tizimi.

  2. Raqamli iqtisodiyot – internet orqali, elektron tijorat orqali tovarlar va xizmatlar savdosiga imkon beradi va uni amalga oshi- radi. Raqamli iqtisodiyot uchta tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: infratuzilma (qurilmalar, dasturiy ta’minot, telekommunikatsiya va boshqalar), elektron biznes (raqamli jarayonlar, tashkilotlarda) va elektron tijorat (tovarlarni onlayn sotish ) .

  3. Raqamli iqtisodiyot – bu xo‘jalik faoliyati, bunda ishlab chiqarishning asosiy omili raqamli ma’lumotlarni ishlab chiqarish, katta hajmlarni qayta ishlash va tahlil natijalaridan foydalanish bo‘lib, ular an’anaviy boshqaruv shakllariga nisbatan har xil tur- dagi mahsulotlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, saqlash, sotish, etkazib berish samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. 4.Raqamli iqtisodiyot bu raqamli texnologiyalarga asos- langan iqtisodiyotdir, ammo ko‘p jihatdan raqamli iqtisodiyot Internet va Butunjahon internet tarmoqlariga asoslangan bozor-

larda biznes operatsiyalarini amalga oshirishini tushunamiz .
Raqamli iqtisodiyot ko‘plab afzalliklarga ega. Bu to‘lov- larning narxini pasaytiradi va yangi daromad manbalarini ocha- di. Onlayn bozorda, an’anaviy iqtisodiyotga nisbatan xizmatlar narxi pastroq (birinchi navbatda reklama xarajatlari kamayishi bilan bog‘liq). Bundan tashqari, raqamli dunyoda tovarlar va
xizmatlar tezda global bozorga chiqishi va dunyoning istalgan burchagidagi odamlar uchun ochiq bo‘lishi mumkin. Taklif qilina- yotgan mahsulot iste’molchilarning yangi umidlar yoki ehtiyojla- rini qondirish uchun deyarli darhol o‘zgartirilishi mum- kin. Raqamli iqtisodiyot yanada xilma-xil axborot, ta’lim, ilmiy, ko‘ngilochar tarkibni ta’minlaydi - tezroq, sifatliroq va qulayroq.


      1. Yüklə 217,57 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin