Tadqiqot metodologiyasi Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar, ro‘y berishi lozim bo‘lgan o‘zgarishlar muqarrarligini to’la tushunib, iqtisodiyotni raqamlashtirish tomon jadal harakatni ongli ravishda boshlamoqdalar. Bu yo‘nalishni birinchilardan bo‘lib ma’lum qilgan AQSH, Yaponiya, Koreya va Xitoy bugungi kunda raqamli poygada norasmiy yetakchilar sanaladi. Ularning keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya,Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Avstraliya, Belorussiyava boshqalar turadi. Bu dalillarni birlashtirgan holda qayd etishga majburmizki, bironta, jumladan, yetakchi mamlakatlarda ham raqamli iqtisodiyot o’zi nima ekanligi va u kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida to‘laqonli falsafiy tushunish yo‘q. Ko‘rinib turibdiki, raqamli iqtisodiyot deganda, ko‘plab mamlakatlar iqtisodiy munosabatlar va boshqaruvning yangi shakllarni emas, balki, iste’molchilar bilan kommunikatsiya qilish va to‘lovlarning yangi elektron raqamli shakllarini tushunadi, holos. Aftidan, ko‘pchilik mamlakatlar raqamli iqtisodiyotni ongli ravishda tashkil etmaydi, balki mavjud iqtisodiy munosabatlarni raqamlashtirish jarayoni bilan shug‘ullanadi, xolos. Bu faoliyat, eskirganlik darajasi yaqqol ko‘zga tashlanib turganiga qaramay, raqamli iqtisodiyot tuzishning maqsadli yo‘naltirilgan jarayoni hisoblanmaydi.Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonining ba’zi yetakchi mamlakatlari esa qarama-qarshi yondashuvlar tanlab olgan [5]. Masalan, AQSH bozor yo‘nalishini, Xitoy esa rejali iqtisodiyotni tanlab olgan. Qolgan mamlakatlar ma’lum bir oraliq variantlarga rioya qilishadi. Shuni alohida aytib o‘tishni kerakki, xuddi Xitoy kabi, AQSH dasturi nuqtai-nazaridan ham iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonida biz globallashuvning yangi bosqichini ko‘ramiz. Dunyodagi eng kuchli ikkita iqtisodiyot sifatida AQSH va Xitoy uchun globallashuv foydali, chunki iqtisodiy jihatdan kuchliroq bo‘lgan o‘yinchi doimo o‘z ustunligini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar bu sohadagi AQSH ning strategiyasini batafsilroq ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, raqamli iqtisodiyotni tashkil qilish jarayonini to’rt asosiy blokka ajratish mumkinligi ma’lum bo‘lib qoladi:
1.Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish (ya’ni, tegishlinormativ-huquqiybaza tashkil qilish);
2.Bu sohaga transformatsiya qilinishga eng tayyor iqtisodiyot sub’ektlarida raqamli iqtisodiyot platformalarining vujudga kelishi va global miqyosda ishga tushushi;
3.Raqamli iqtisodiyot platformalarning o’zaroraqobat kurashi va ularning asta-sekinlik bilanintegratsiyalashuvi amalga oshishi;
4.Raqamli iqtisodiyot sohasidagi eng perspektiv yechimlarni butun iqtisodiyotga joriy qilish.
Biz ham mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning AQSH va Xitoy mamlakatlarida sinovdan o’tgan huddi shunday strategiyasini tanlaganimiz maqsadga muvofiq bo’lar edi.