Alisher Mo’ydinov 0-1a-17-guruh talabasi
4
Raqamli iqtisodiyotga oid davlat siyosati va tartibga solish dastaklari
Reja:
Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat
O’zbekistonda raqamli iqtisodiyot va unga oid davlat siyosati
Raqamlashtirish uchun asosiy muammo va kamchiliklar
“Raqamli iqtisodiyot” atamasi birinchi bo’lib 1995-yilda Don Tepkott muallifligida chop etilgan “Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va’da va xavf-xatar” (The Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida alohida tushuncha sifatida istiloh etilgan. Ushbu nashrda raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlariga fundamental innovatsiyalar (yarimo’tkazgichlar, protsessorlar), asosiy texnologiyalar (kompyuterlar) va bog’lovchi infratuzilmalar (internet va telekommunikatsiya tarmoqlari) ajratib ko’rsatiladi. Raqamli iqtisodiyot ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi.
Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o’rni bilan tavsiflanadi.
Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu o’ziga xos tushuncha bo’lib, uning o’rganish obyekti axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o’z rivojlanishining boshlang’ich davrida bo’lib, zamonamizning raqamli axborot bosqichiga o’tishi atiga bir necha o’n yilni tashkil etadi
Umuman olganda, raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili hisoblangan faoliyatdir. Zamonaviy taraqqiyotning keyingi istiqbolida katta hajmli ma’lumotlar bilan ishlash texnologiyalari (Big Data), sun’iy intellekt, neyrotexnologiyalar, kvant texnologiyalari, buyumlar interneti, robototexnika va sensorika, raqamli electron platformalar, bulutli va mobil texnologiyalar, virtual va qo’shimcha reallik texnologiyalari, kraudsorsing, blokcheyn texnologiyalari, kriptovalyutalar va ICO, 3D-texnologiyalari singari raqamli texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud sohalarning yarmidan ko’prog’ida beqiyos o’zgarishlar keltirib chiqarishi ta’kidlanmoqda. Jumladan, Jahon banki ekspertlari fikricha, tezkor internetdan foydalanuvchilar sonining 10 foizga ko’payishi milliy iqtisodiyotlar yalpi hajmini har yili o’rtacha 0,4-1,4 foizga oshirish imkonini beradi. Dunyoda raqamli iqtisodiyot o’sishining sur’atlari yiliga deyarli 20 foizni tashkil etmoqda. Taraqqiy etgan davlatlarda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 7 foizga yetgan. Ular hozirning o’zida raqamli iqtisodiyotning joriy qilinishidan juda katta naf ko’rishmoqda. Xususan, Amerika Qo’shma Shtatlari yiliga 400 milliard AQSh dollaridan ko’proq raqamli xizmatlarni eksport qilmoqda. Mazkur davlat yalpi ichki mahsulotining 5 foizidan ko’prog’i bevosita internet va axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari bilan bog’liq sohalarga to’g’ri keladi. 2025 yilgacha AQSh sanoatni raqamlashtirishdan qo’shimcha 20 trln. Dollar daromad olishi kutilmoqda. Bunday iqtisodiy samaradorlik, ayniqsa iste’mol tovarlari ishlab chiqarish (10,3 trln. dollar), avtomobil sanoati (3,8 trln. dollar) va logistikada (3,9 trln. dollar) yuqori bo’lishi ta’kidlanmoqda. Turli tadqiqotlar natijalari bo’yicha raqamli iqtisodiyotning dunyo iqtisodiyotidagi salmog’i 4,5 foizdan 15,5 foizgachani tashkil etadi. Jahon axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorida yaratilayotgan qo’shilgan qiymatning deyarli 40 foizi va blokcheyn texnologiyalari bilan bog’liq patentlarning 75 foizi Amerika Qo’shma Shtatlari va Xitoy Xalq Respublikasi xissasiga to’g’ri keladi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020- yil 13-fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirishga bag’ishlangan tadbirda keltirgan statistic ma’lumotlariga muvofiq AQShda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. O’zbekistonda u ko’rsatkich 2 foizdan ham oshmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018 yil 3 iyuldagi PQ- 3832-sonli qarori qabul qilinishi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim qadam bo’lib, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo’yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi eng muhim vazifalar belgilab berildi:
• investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mayning, smart-kontrakt, konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash, kraud-fanding (jamoaviy moliyalashtirish) texnologiyalarini joriy etish;
• blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi tushunadigan, amaliy ish ko’nikmalariga ega malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, yuqori malakali xorijlik mutaxassislarni jalb qilish;
• kripto-aktivlar bo’yicha faoliyat va “blokcheyn” texnologiyalari sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, shuningdek, ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda zarur huquqiy bazani yaratish;
• raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash. Chunonchi, mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy maqsadi ma’muriy tartib va taomillardan o’tishni soddalashtirish, aholi turmush sifatini oshirish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan. Belgilab olingan asosiy vazifalar ijrosini amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimizda raqamli jamiyat rivojlanishi, aholi va tadbirkorlar uchun qulay imkoniyatlar yaratish, byurokratik to’siqlar va korrupsiyaviy omillarlardan holi samarali va ochiq davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish borasida ko’zlangan maqsadga erishish uchun bugungi kunda iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan “raqamli iqtisodiyot” milliy konsepsiyasini ishlab chiqilayotgan bo’lib, aynan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali yalpi ichki mahsulot hajmini qo’shimcha 30 foizga o’stirish imkoni yaratilishi kutilmoqda. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik rivojlanish sharoitida O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini raqamli iqtisodiyotsiz tasavvur qilish qiyin. Tadqiqotlar natijalariga ko’ra, 2022-yilga kelib global YaIMning chorak qismi raqamli sohada bo’lishini taxmin qilinmoqda. Lekin, xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlantirish indeksi bo’yicha O’zbekiston 170 dan ortiq davlat ichida 103-o’rinni egallab turishining o’zi mamlakatimizda bu sohadah ali o’z yechimini kutayotgan masalalar va qilinishi lozim bo’lgan ishlar ko’pligidan dalolat beradi. Davlatimiz rahbarining ta’kidlashicha, “…yurtimiz xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo’yicha 2019-yilda 8 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsa-da, hali juda ham orqada. Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko’p mablag’ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo’lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo’ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o’tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo’ladi. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og’ir illat – korrupsiya balosini yo’qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so’z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin”. O’z o’rnida qayd etib etish lozimki, mamlakatimiz hayotida raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o’tkazilishini hisobga olib, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga o’tkazilmoqda.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning ta’biri bilan aytganda, “raqamli iqtisodiyot yangi xavf-xatarlarni vujudga keltirishi mumkin, shu jumladan, kiberxavfsizlikka tahdidlar, noqonuniy iqtisodiy faoliyatning yengillashuvi, shaxsiy hayot daxlsizligini buzilishi bilan bog’liq sabablarni keltirish mumkin. Yangi qarorlar qabul qilish hukumatlar, fuqarolik jamiyati, akademik guruhlar, ilmiy hamjamiyat va texnologik sektorlarning hamkorlikdagi harakatini talab etadi”. Quyida biz yangi Soliq kodeksi tomonidan kiritilgan ba’zi muhim o’zgarishlarni sarhisob qilamiz:
1. Raqamli xizmatlar 2020-yil 1yanvardan boshlab, O’zbekistonning norezidentlari O’zbekistonda istiqomat qiluvchi (yoki sotib olish narxini to’lash uchun mahalliy bank hisobvarag’idan foydalanadigan) mijozlarga taqdim etiladigan bir qator raqamli xizmatlar uchun mahalliy QQSni (12%) to’lashlari shart.; Raqamli xizmatlarning xorijiy etkazib beruvchilar xizmat taqdim etilgandan keyin 30 kun ichida O’zbekiston soliq organlarida QQS to’lovchisi sifatida ro’yxatdan o’tishlari shart. Davlat soliq qo’mitasi rezident bo’lmagan elektron xizmatlarni etkazib beruvchilar soliq organlarida ro’yxatdan o’tishi va hisobotlarni topshirishlari mumkin bo’lgan veb-saytini (http://tax.uz/en) ishga tushirdi.
2. Transfer narxlari Yangi Soliq kodeksi 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan transfertlar narxini batafsil tartibga solishni o’z ichiga oladi. Ilgari bunday tartibga solish bo’lmagan. Yangi qoidalarning ba’zi asosiy jihatlari quyida keltirilgan:
Soliq maqsadlarida nazorat qilinadigan bitim bozor talablariga muvofiq bo’lishi kerak. Boshqariladigan bitimlarning ikki turi mavjud:
a. o’zaro aloqador shaxslar o’rtasida 5 mlrd. so’mdan (hozirgi kurs bo’yicha
taxminan 524,000 AQSh dollari) ortiq bo’lgan bitim (muayyan holatlarda - 500 mln. so’m); va
b. neft, neft mahsulotlari, qimmatbaho va rangli metallar va boshqa turdagi mahsulotlar bilan bog’liq transchegaraviy bitimlar (ularning to’liq ro’yxati Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan tasdiqlanishi kerak) yoki tomonlardan biri belgilangan tartibda tuzilgan bitimlar. offshor yurisdiktsiyasi. Ushbu bitimlar o’zaro bog’liq va bog’liq bo’lmagan tomonlar o’rtasida bo’lishi mumkin. Nazorat ostidagi operatsiyalar to’g’risidagi ma’lumotlar har yili soliq organlariga taqdim etilishi kerak. Yangi Soliq kodeksida bozor narxini aniqlash uchun foydalanilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar manbalari (tovar birjalari kotirovkalari va boshqalar) berilgan. Agar soliq idoralari bitim narxi va bozor bahosi o’rtasida tafovut borligini
aniqlasalar, ular bitim narxini moslashtirishlari, to’lanmagan soliqlarni hisoblab chiqarishlari va jarimalar va jarimalar solishlari mumkin. Transfer narxlarni belgilash qoidalari bozor narxini aniqlashning quyidagi usullarini nazarda tutadi: taqqoslanadigan bozor bahosi usuli; qayta sotish narxlari usuli; xarajatlarni qo’shish usuli; taqqoslanadigan rentabellik usuli; va foydani taqsimlash usuli.
Davlat soliq qo’mitasining iltimosiga binoan soliq to’lovchi ma’lum bir bitim bo’yicha (masalan, foydalanilgan narxlarni aniqlash usulini asoslash) o’tkaziladigan narxlar bo’yicha hujjatlarni taqdim etishi shart. Bunday so’rov bitim amalga oshirilgan yildan keyingi yilning 1 iyunigacha amalga oshirilmaydi.
Transfer narxlarining tekshiruvi faqat Davlat soliq qo’mitasi tomonidan o’tkazilishi mumkin va odatda tegishli bitim xabar qilingan sanadan boshlab 4 yildan kechiktirmay boshlanishi mumkin.
Davlat soliq qo’mitasi bilan oldindan belgilangan narxlarni belgilash to’g’risida shartnomani imzolash mumkin, bu qatorda ma’lum mahsulotlarga nisbatan narxni aniqlash metodologiyasini o’z ichiga oladi.
3. Nazorat ostidagi xorijiy kompaniyalar 2022 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan yangi Soliq kodeksi boshqariladigan xorijiy kompaniya ("CFC") tushunchasini kiritadi. CFC qoidalariga ko’ra, mahalliy soliq rezidenti (kompaniya yoki jismoniy shaxs), agar u xorijiy kompaniyada 50 foiz ulushiga ega bo’lsa (2023-yil 1-yanvardan – 25 foizdan ko’proq), CFC egasi hisoblanadi. agar bunday kompaniya bo’lmasa (boshqa narsalar qatorida):
faol xorijiy xolding kompaniyasi hisoblanadi (Yangi Soliq kodeksida belgilangan sinovlarga muvofiq) va ro’yxati Davlat soliq qo’mitasi tomonidan birgalikda tasdiqlanadigan offshor yurisdiktsiyasiga kiritilmagan. Bank va Davlat bojxona qo’mitasi; yoki
Amaldagi korporativ daromad solig’i stavkasi 15% dan kam bo’lmasligi shart va O’zbekiston ikki tomonlama soliq shartnomasiga ega bo’lgan mamlakatda joylashgan. Darhaqiqat, raqamli iqtisodiyot miqyosining kengayib borishida xalqaro hamkorlikni imkon qadar kuchaytirish zarur. Shu o’rinda mamnuniyat bilan qayd etish joizki, O’zbekistonda axborot xavfsizligi sohasida olib borilayotgan ta’sirchan chora-tadbirlar natijasida 2019 yilda Kiberxavfsizlik global indeksida 41 pog’onaga ko’tarilib, 52 o’rinni egalladik. Yoshlar duch keladigan onlayn xavf-xatarlarni bartaraf etish bo’yicha olib borilayotgan izchil ishlar doirasida O’zbekiston Axborot xavfsizligi markazi (TsOIB) mart oyida kollejlar va akademik litseylarda kompyuter texnologiyalari
bo’yicha qator o’quv seminarlarini o’tkazdi. 5G mamlakatlarning iqtisodiy ko’rsatkichlari va yalpi ichki mahsulotiga katta ta’sir ko’rsatishi belgilangan. 2016-yilda mobil texnologiyalar va xizmatlar dunyo miqyosida yalpi ichki mahsulotning 4,4 foizini tashkil qildi, bu iqtisodiy qiymatga ega 3,3 trln. 2020-yilga kelib bu ko’rsatkich 4,2 trln. AQSh dollaridan oshadi yoki dunyo yalpi ichki mahsulotining 4,9 foizini tashkil etadi, chunki tezkor mobil aloqaning samaradorligi va samaradorligi oshib boraveradi. Shunga o’xshab, GSMA mobil texnologiyalar va xizmatlar 2017-yilda Yevropada yalpi ichki mahsulotning 3,3 foizini tashkil qilganligini, qit’aning mobil ekotizimi esa 2,5 million ish uchun javobgardir. Yevropa dunyodagi eng yuqori darajada rivojlangan mintaqaviy mobil bozor bo’lib, 2017 yil oxiriga kelib 465 million noyob uyali abonentga ega bo’lib, bu aholining 85 foizini tashkil qiladi. YaIMning ulushi 2022 yilga kelib 4,1 foizgacha o’sishi kutilmoqda va Yevropada 2020 yilga kelib birinchi 5G ishga tushirilishi bilan, mamlakatlar yangi uyali tarmoqdan o’zfoydalariga foydalanishga intilishadi. 5G potentsial iqtisodiy ta’sirining ahamiyatini chindan ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak: AQSh 4G yetakchisi sifatida o’z o’rnini yaratish uchun ko’p ishladi, 4G mobil keng polosali ulanishi mamlakatning yalpi ichki mahsulotiga 100 milliard dollar qo’shdi. GSMA prognoziga ko’ra, 4G ulanishlar 2020 yilga kelib Shimoliy Amerikadagi beshta uyali ulanishning to’rttasini o’z ichiga oladi, bu boshqa global mintaqalarga qaraganda yuqori. Agar AQSh simsiz aloqa bo’yicha dunyoda etakchilik mavqeini yo’qotsa, bu ish o’rinlarining yo’qolishi va chet elga texnologiya innovatsiyalari ta’sirini sezishi mumkin. AQShning 4G yetakchiligidagi iqtisodiy foydasi yo’q bo’lib ketadi. O’zbekistonda UCELL mobil aloqa operatori ham 5G ni ishga tushirish uchun 2019-yilda ruxsat olgan. Raqamli iqtisodiyotning o’sishi uchun mamlakatning barcha imkoniyatlarini ochib berishga to’sqinlik qilayotgan O’zbekistonning telekommunikatsiya bozorida muammolar mavjud. Bozorni cheklovchi asosiy omil investitsiyalarni kuchaytiradigan va narxlarni ko’taradigan raqobatbardosh raqobatdir. MDITC UzTelecom orqali ishlaydigan mamlakatning xalqaro shlyuzi ustidan monopoliyaga ega. Natijada IP tranziti narxi dunyodagi eng qimmat bo’lib qolmoqda va aholi jon boshiga nisbatan mamlakatning o’tkazish qobiliyati juda past. UzTelecom shuningdek, mamlakatda uzoq masofalarga xizmat ko’rsatuvchi eng keng tarmoqqa ega, garchi 2018-yil iyun holatiga ko’ra mamlakat uchun qariyb 24,500 ta ichki tolali kilometr xizmat ko’rsatadigan bo’lsa, bu mamlakat uchun bu ko’rsatkich past. Garchi bozorga kiradigan boshqa operatorlar, shu jumladan xorijiy kompaniyalarga nisbatan hech qanday qonuniy cheklovlar qo’llanmasa ham, UzTelecom ISP ulanish uchun imtiyozli foydalanish va narxlarni olishiga oid aniq dalillar mavjud. Uyali aloqa operatorlari (MNO) uchun litsenziyalashning murakkab, noan’anaviy jarayonlari o’tmishda ba’zi xorijiy kompaniyalarni bozorni butunlay tark etishga majbur qildi va mavjud soliq tuzilmalari xususiy MNO o’sishiga to’sqinlik qilmoqda. Raqamlilashtirish katta va misli ko’rilmagan imkoniyatlarni taqdim etadi. Shu bilan birga, bunday transformatsion texnologiyalarning rivojlanishida jiddiy noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Hukumatlar jamiyat uchun yuzaga kelishi mumkin bo’lgan oqibatlar va ushbu paydo bo’layotgan texnologiyalar ularning boshqaruv faoliyatida yuzaga keladigan tanqidiy muammolarni chuqurroq tushunishga intilishlari kerak. Qiyinchiliklarni to’rtta katta toifaga bo’lish mumkin:
i) oldinga qo’yilgan muammo;
ii) "maqsadga muvofiq" normativ-huquqiy hujjatlarni loyihalash; iii) tartibga solishni amalga oshirish muammolari;
iv) institutsional va transchegaraviy muammolar.
Muammoni yechish. Raqamli innovatsiyalar mohiyatidan tashqari, texnologik o’zgarishlarning tez sur’ati zamonaviy tartibga solishni tubdan talab qiladi. Raqamli
texnologiyalar ularni boshqaradigan yoki ijtimoiy tuzilmalarga qaraganda tezroq
rivojlanishga moyildir. Texnologik sur’atlar va tartibga solish o’rtasidagi uzilishlar
doimo tashvish uyg’otsa-da, raqamli texnologiyalar yangi "yurish" asoslarini
sindirib tashlamoqda.
"Maqsadga muvofiq" normativ-huquqiy hujjatlarni loyihalash.
Raqamlilashtirish bozor va sektorlarning odatiy chegaralarini buzadi, buni
telekommunikatsiya, media bozorlari va raqamli platformalarda "yangi"
yaqinlashuv misolida ko’rish mumkin. Shuningdek, iste’molchilar va ishlab
chiqaruvchilar o’rtasidagi an’anaviy tafovutni chalkashtirib yuboradi, shuningdek
elektr energiyasini iste’mol qiladigan va tarmoqqa etkazib beradigan individual
"iste’molchilar" soni ko’paymoqda. Chegaralarning noaniqligi, xususan, tartibga
soluvchining vakolatlari va faoliyat doirasiga ta’sir qiladi. Raqamli biznesning
iqtisodiy xususiyatlari, shuningdek, narx-navoga asoslangan tartibga soluvchi
modellarni talab qiladi, chunki raqamli iqtisodiyotda narxlarni shakllantirish turli
qoidalarga rioya qiladi. Raqamli aralashuvning yangi shakllari ba’zi raqamli
bozorlarda (masalan, "bepul" raqamli mahsulotlar yoki xizmatlar evaziga shaxsiy
ma’lumotlarning tranzaksiyalari) axborot assimetriyalaridan kelib chiqadigan
bozorda yuzaga keladigan nosozliklarni bartaraf etish uchun kerak bo’lishi mumkin.
Tartibga solish choralari. Raqamlilashtirish an’anaviy majburiyat tushunchasini
shubha ostiga qo’yib, tartibga solishni qo’llashga qarshi kurashadi. Xususan, oxirgi
foydalanuvchilarga texnologiyadan foydalanish natijasida etkazilgan zarar yoki
zarar uchun javobgarlikni taqsimlashni qiyinlashtiradi. Muayyan misol Internet
orqali mualliflik huquqi / mulk huquqini amalga oshirishda tarkibni tarqatishning
yangi usullarini taklif qilish qiyinligi bilan izohlanadi. Yana bir misol, AI ishtirok
etganida javobgarlikni belgilashning qiyinligi (sotuvchiga, distribyutorga yoki
uskunaning asl ishlab chiqaruvchisiga?).
Institutsional va transchegaraviy muammolar. Sektorlashtirish yoki faoliyatga
yo’naltirilgan vazirlik va idoralar atrofida an’anaviy institutsional doiralar,
shuningdek, raqamlashtirish orqali yuzaga kelgan transversal muammolarni hal
qilishda o’z chegaralarini ko’rsatmoqda. Raqamli texnologiyalar chindan ham
chalkashliklar va xatarlarni keltirib chiqaradigan bir nechta tartibga solish
rejimlarini qamrab olishi mumkin. Bundan tashqari, raqamlashtirish milliy yoki
yurisdiktsiya chegaralariga ahamiyat bermaydi va transchegaraviy oqimlar va
tranzaktsiyalarning intensivligini keskin oshiradi. Bu dunyoning turli
mamlakatlaridagi ishlab chiqarish jarayonlarini yoki xizmat ko’rsatish markazlarini
topish imkoniyatiga ega bo’lgan holda korxonalarga global miqyosda erishish
imkonini beradi. Bu xususiyat kompaniyalarga "forum do’koni" ni ochish yoki
ularning mavjudligi, ichki soliq siyosati va ma’lumotlarni himoya qilish siyosati
yoki boshqa tartibga solinadigan sohalarga tegishli bo’lganda oldini olish imkonini
beradi. Raqamlilashtirishning transchegaraviy tabiati va yurisdiktsiyalarda tartibga
soluvchi tuzilmalarning bo’linishi o’rtasidagi tafovut harakatlar samaradorligini
pasaytirishi mumkin va shuning uchun odamlarning hukumatga bo’lgan ishonch
pasayishi mumkin. Shuningdek, bu foydali raqamli innovatsiyalarning tarqalishiga
to’sqinlik qilishi mumkin.
Xulosa o’rnida aytish joizki, insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin
istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat
jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog’liq
bo’lib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot
rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Bunga
erishish uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi asosiy shartlari va
ustuvor yo’nalishlarini sanab o’tish maqsadga muvofiq:
• raqamli texnologiyalar barqaror faoliyat ko’rsatishi uchun institutsional muhit
va raqamli infratuzilmani yaratish, davlat xizmatlarini ko’rsatish,
iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, sog’liqni saqlash, davlat kadastri va
boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek,
O’zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida
internet global tarmog’iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to’liq
qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash;
• kadrlar tayyorlash ko’lamini kengaytirish va bu yo’nalishlar bo’yicha chuqur
bilimga ega malakali dasturchilar va injener-texnik xodimlarni yetishtirish,
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to’liq javob
beradigan zamonaviy axborot texnologiyalarini o’qitish,
• shu jumladan, xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda “1 million dasturchi”
loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirish;
• raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy-nazariy bazani mustahkamlash va bu
sohada “Raqamli ishonch” jamg’armasi mablag’laridan maqsadli
foydalangan holda ilmiy faoliyatni qo’llab-quvvatlash;
• aholining keng qatlamlari o’rtasida “raqamli savodxonlik”ni targ’ib kilish va
kengaytirish, ularni axborot texnologiyalarini o’zlashtirishga jalb qilish
maqsadida o’quv yurtlarida seminar, kurslar va boshqa tadbirlarni o’tkazish;
• raqamli iqtisodiyot sohasida me’yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash va
qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, “startap” tushunchasi,
faoliyati, venchur fondlari orqali ularni moliyalashtirishning huquqiy
asoslarini yaratish
• raqamli iqtisodiyot talablariga javob beradigan mehnat bozorini tashkil etish
va uning mobilligini oshirish, yangi texnologiyalarni tezkorlik bilan
o’zlashtirish uchun mutaxassislar malakasini oshirib borish;
• raqamli iqtisodiyot sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yetakchi
xalqaro texnologik kompaniyalar bilan o’zaro hamkorlikdagi loyihalarni
amalga oshirish, shu jumladan, innovatsion ishlanmalar bo’yicha zamonaviy
ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalarini tashkil etish.
Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar
asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun
davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalar va IT-kompaniyalarni qo’llab
quvvatlagan holda qulay ekotizimni yaratishi lozim.
Shuningdek, davlat innovatsion va raqamli ekotizimni qo’llab-quvvatlash sohasida
raqamli ta’limning zamonaviy metodlarini qo’llab-quvvatlashi, innovatsion
xizmatlarni samarali tartibga solish normalarini ishlab chiqishi, yangi bozorlarni
o’zlashtirishda ko’maklashishi hamda texnologik jarayonlarning chuqurlashuvida
yuzaga chiqadigan risklarni pasaytirish choralarini ko’rishi maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Alisher Mo’ydinov 0-1a-17-guruh talabasi
15
Dostları ilə paylaş: |