Yahudiylik ta’limoti. Yahudiylik ta’limoti tо‘rt asosga tayanadi:
1.Olamlarni yaratuvchi yagona xudo – Yahvega imon keltirish. Yahve sо‘zi
«rabb, parvardigor» ma’nosini bildiradi. Tavrotning «Chiqish» kitobida Xudoning Musoga aytgan ushbu sо‘zi keltiriladi: «Yahve – ota-bobolaringiz Ibrohim, Ishoq,
YA’qublarning parvardigori, u meni sizga yubordi»(Chiqish: 3) .Mil.av. VI asroxirlarida yahudiy ruhoniylari oddiy xalq hurmatini pasaytirib qо‘ymasliklari uchun Yahve sо‘zini ishlatishni man etib, uning о‘rniga murojaat uchun «Adonay» («Rabb, Xoja») sо‘zini qо‘llashni buyurganlar. Shundan sо‘ng faqat ruhoniylargagina ibodat vaqtida Yahve nomini tilga olishlariga ijozat berilgan.
Yahudiylik ta’limotiga kо‘ra, Yahve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab,
juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam
olishni buyurdi. Shu sabab yahudiylik dinida shanba kuni ulug‘ kun hisoblanib,
hech bir ishga qо‘l urilmaydi.
2.Yahudiylar yer yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va u «dunyoda berilajak
in’omlarning eng haqlisi» ekanligi. Ular о‘zlarini Xudo tomonidan saylangan,
muqaddas xalq ekanini, yahudiyning ruhi Xudoning bir qismi hisoblanishini da’vo
qiladilar.
3.Messiya – xaloskorning kelishi haqida. Unga kо‘ra, oxirzamonda Yahve
yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) dunyoni isloh qilgan holda qaytadan quradi 2) butun yahudiylarni Sinion atrofida tо‘playdi; 3) ularning barcha dushmanlarini jazolaydi.
4.Oxirat kuniga ishonish. Yahudiylikda oxirat haqidagi tasavvurlar, asosan
Talmudda bayon etilgan. Unga kо‘ra, Yahvega chin e’tiqod qilganlar oxiratda
mukofotlanadilar. Aksincha, uning qonunlarini buzganlar shafqatsiz jazo oladilar.
Yahudiylik ta’limoti bо‘yicha Muso payg‘ambar Tur tog‘ida Yahve bilan
uchrashganda Yagona Xudo tomonidan 10 ta lavha tushirilgan. Ushbu lavhalarda
mazkur din asosini tashkil etgan 10 ta nasihat bor edi. Bu nasihatlar Tavrotning
«Ikkinchi qonun» kitobidan о‘rin olgan bо‘lib, yahudiylar ularga qat’iy rioya
qilishlari shart. Ular quyidagilardir:
1.Yahvedan boshqani iloh deb bilmaslik;
2.But, sanam va rasmlarga sig‘inmaslik;
3.Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik;
4.Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag‘ishlash;
5.Ota-onani hurmat qilish;
6.Nohaq odam о‘ldirmaslik;
7.Zino qilmaslik;
8.О‘g‘rilik qilmaslik;
9.Yolg‘on guvohlik bermaslik;
10.Yaqinlarning narsalariga kо‘z olaytirmaslik.
Yahudiylarning muqaddas diniy manbalaridan hisoblangan Talmudda
yahudiylik marosimlari tizimi ishlab chiqilgan. Unda yahudiylar amal qilishi va
bajarishi lozim bо‘lgan 248 ta buyruq, 365 ta taqiq mavjud. Ular yahudiyning
ovqatlanishi, kiyinishi, ozodaligi, kun tartibi, ibodatlari, marosimlar va
bayramlariga taalluqli masalalarni о‘z ichiga oladi.
Har bir yahudiy ushbu buyruq va taqiqlarga umri davomida rioya qilishi shart.
Masalan, har bir yahudiy farzandi tug‘ilganining sakkizinchi kuni xatna qilinadi.
Shuningdek, yahudiylar о‘zlarining maxsus qassoblari – shoyixet tomonidan diniy
qoidalariga muvofiq sо‘yilgan gо‘shtlarnigina (tо‘ng‘iz gо‘shti yahudiylikda
harom hisoblanadi) iste’mol qiladilar. Kiyinish masalasidagi qoidalar, asosan,
erkaklarga tegishli. Ularning kiyimlari bir rangdagi (sidirg‘a) matodan uzun qilib
tikilgan bо‘lishi, chо‘ntaklari beldan pastda joylashishi lozim. Boshlari esa, doimo,
hatto uyquda ham yopilgan bо‘lishi kerak. Ibodat paytida yahudiylar maxsus
ibodat choyshabi – «tales»ni yelkalariga tashlab oladilar. Uning qirg‘oqlarida olti
yuz о‘n uchta tugun tugilgan bо‘lib, bu narsa yahudiy tomonidan yuqorida aytib
о‘tilgan «248 ta buyruq va 365 ta taqiqqa amal qilishni yelkamga olaman, degan
ma’noni anglatadi».
Yahudiy dini boshqa dinlar kabi o‘zining muqaddas yozuvlariga ega. Uning asosan ikkita manbasi bo‘lib, biri er. av. XIII asrda yashagan va Isroil xalqini Misrdan olib chiqib ketishga boshchilik qilgan Muso payg‘ambarga Tur tog‘ida berilgan Tora (Tavrot). Bu manba xristianlar uchun ham muqaddas hisoblanganligi uchun u haqida xristianlik mavzusida kengroq to‘xtalamiz.