Protsessorlar soni. Kompyuter samaradorligini faqat katta takt chastotali protsessor tanlash bilan emas, balki tizimga ikkinchi protsessor o‘rnatish orqali keskin oshirish mumkin. To‘g‘ri, bu xolda xam, 64-bitli protsessorlar kabi, bu rejimni ( SMP ) amalga oshirish uchun maxsus dastur ta’minoti kerak. Xozirgi kunda Windows ning «professional» versiyalari (masalan, Windows XP Professional ) va shuningdek grafika va videoni qayta ishlovchi qator dasturlar ( Adobe Premier , 3D Max va boshqalar) ko‘pprotsessorli rejimdan foydalanishi mumkin . Bundan tashqari ikkita protsessorni o‘rnatish uchun, oddiy tizimli plataga qaraganda bir necha bor qimmatroq turuvchi, maxsus plata zarur .