Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Chuqur o‘rganishga (deep learning) asoslangan yondashuvlar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə43/58
tarix25.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#195740
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58
Malumot tiklash metodichka

Chuqur o‘rganishga (deep learning) asoslangan yondashuvlar: Tasvirlarning katta ma’lumotlar to‘plamidan o‘rganish uchun sun’iy neyron tarmoqlardan foydalanadi va tasvirni tiklash, xiralashtirish, o‘ta aniqlik, bo‘yash va rang berish kabi turli xil tasvirlarni tiklash vazifalarini bajarishi mumkin.

Hozircha ma’lumotlar boshqa muhitlar (ichki yoki tashqi disk, USB xotira va boshqalar) orqali tiklanishi mumkin. Malumotlarni tiklash modullari :
1. Recuva
Bu Windows va Mac OT lari uchun mos keladi. Chiqindi qutisi (Корзина) dan o‘chirilgan fayllarni hamda formatlash yoki bo‘linishdan so‘ng xatolar va viruslar bilan o‘chirilgan fayllarni tiklashga imkon beradi. Shuningdek u tashqi disklarda, raqamli kameralardan yoki MP3 pleerlardan olingan xotira kartalaridagi ma’lumotlarni tiklash uchun ham ishlaydi.
2.PhotoRec
PhotoRec dasturi DOS, Windows, Linux, BSD, Solaris va Mac operatsion tizimlari uchun mos keladi. Fayl tizimining xaritalash joyi (FAT, MFT) butunlay o‘chib ketgan bo‘lsa ham, u fayllarni qayta tiklay oladi va ma’lumotlarni tiklash uchun fayl tuzilmasida ishlaydi.
3.Partition Find & Mount
Asosan Windows ning yengil (eski) versiyalari uchun mos keladigan Partition Find & Mount dasturi ham ma’lumotlarni tiklashda yordamchi sifatida xizmat qiladi. Shaxsiy ma’lumotlarni boshqa vositaga ko‘chirish uchun tizimda o‘chirilgan yoki yo‘qolgan ma’lumotlarni topishga hamda ularni faqat o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishga yordam beradi. Bepul versiyada tezlik 512 KBayt/s bilan cheklangan. U uchta rejimda qidirish imkoniyatiga ega: tezkor, normal, chuqur va FAT va NTF fayl tizimlarini boshqaradi.
4. Raqamli tasvirni tiklovchi dasturlar
U qattiq disklar uchun maxsus ishlab chiqilgan tashqi xotira qurilmalaridagi ma’lumotlarni tiklash uchun xizmat qiladi. Windows operatsion tizimida ishlovchi ushbu dastur quyidagi media-dagi tasvirlar, audio, video kabi o‘chirilgan ma’lumotlarni qayta tiklaydi. Ularga misol qilib Flash Card, SmartMedia, SONY Memory Stick, IBM Micro Drive, Multimedia Card, Secure Digital Card va Disk dasturiy ta’minotlarini misol qilib keltirish mumkin.
5. Soft Perfect File Recovery
Asosan Windows operatsion tizimga mos keladigan SoftPerfect File Recovery dasturi FAT 12/16/32, NTFS va NTFS5 fayl tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Dasturning afzalliklaridan biri uni o‘rnatishning hojati yo‘q chunku u USB xotiradan ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyatiga ega. Shuningdek u flesh-disklarda, xotira kartalarida, tashqi qattiq disklarda va hokazolarda ishlaydi. Dastur tahlil qilish uchun faqat ma’lum turdagi fayllarni yoki sektorlarni qidiradi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin