RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi rivojlanishning asosini tashkil qiladi. Iqtisodiy o‘sish
- aholining moddiy faravonligini oshirish
vositasi hisoblanadi. Shu sababli u davlat iqtisodiy siyosatining
negizi bo‘lib qoladi. Iqtisodiy o‘sish
nafaqat ishlab chiqarish, balki taqsimot munosabatlarini takomillashtirish, mehnat resurslarining
bandligini ta’minlash, investitsion faollikni oshirish va pirovard natijada davlat budjeti
daromadlarining ko‘payib borishini ta’minlash manbai hisoblanadi. U ko‘pgina ichki va xalqaro
darajadagi ijtimoiy-
iqtisodiy muammolami muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradi. Iqtisodiy o‘sish
mamlakat aholisining turmush darajasini oshirishga, ekologiya, mudofaa muammolarini hal etishga
imkoniyat tug‘diradi. “Global inqiroz sharoitida iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlash,
joylardagi mavjud muammolami manzilli hal etish, ko‘makka muhtoj yurtdoshlarimizni qo‘llab
-
quwatlash, yoshlarimizning orzu-
umidlarini ro‘yobga chiqarish
- Prezidentdan boshlab barcha
darajadagi rahbarlaming bosh vazifasi bo‘lmog‘i darkor”.
Joriy yilning 17-mart kuni mamlakatimizda «Mamlakatlar tanazzuli sabablari» kitobi
muallifi Jeyms Robinson iqtisodiy o`sishida inklyuziv va ekstraktiv institutlarini o`rni bo`yicha o`z
fikrlarini aytib o`tishdi.
Ya`ni dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi tengsizlikni namoyon qiluvchi ulkan tafovutlar
barchaga, hatto qashshoq mamlakatlarning televideniye va internetdan mahrum aholisiga ham
yaxshi ma’lum. Ana o‘sha
tafovutlardan boxabarlik insonlarni yaxshi turmush sharoitlari va
imkoniyatlarga ega bo‘lish ilinjida Rio
-
Grande yoki O‘rtayer dengizini noqonuniy kesib o‘tishga
majbur qiladi. Bu tengsizlik nafaqat kambag‘al mamlakatlardagi aholining turmushiga ta’sir qil
adi,
balki u AQSh va boshqa mamlakatlarda ulkan siyosiy oqibatlarga olib keladigan norozilik va
qarshiliklarga ham sabab bo‘ladi. Bu kitobning maqsadi nega bunday tafovutlar mavjudligi va unga
nima sabab bo‘lganini aniqlashdan iborat. Tengsizlikning mohiya
tini anglash yakuniy maqsad emas,
balki u hamon qashshoqlikda umr kechirayotgan milliardlab insonlar hayotini yaxshilash bo‘yicha
durustroq g‘oyalar o‘ylab topish sari qo‘yilgan ilk qadamdir deya takidlashdi.
Shuningdek, institutlar kishilarning xatti-har
akatlari va intilishlariga ta’sir ko‘rsatar ekan,
ular mamlakatlarni taraqqiyot yoki tanazzul sari yetaklaydi. Shaxsiy iqtidor jamiyatning har qanday
jabhasida muhim, ammo uni ijobiy shaklda yuzaga chiqarish uchun sharoit bo‘lishi kerak. Bill Geyts
axborot texnologiyalari sanoatidagi boshqa afsonaviy kishilar: Pol Allen, Stiv Balmer, Stiv Jobs,
Sergey Brin, Larri Peyj va Jeff Bezos kabi beqiyos iqtidor va ishtiyoq sohibi edi. Lekin u oxir-oqibat
stimullarga (rag‘batlarga) labbay deb javob berdi. Amerika ta’
lim tizimi Bill Geyts va unga
o‘xshaganlarga o‘z iqtidorlarini takomillashtirish uchun mislsiz ko‘nikmalarni egallash imkonini
taqdim etdi. AQShdagi iqtisodiy institutlar ularga o‘z bizneslarini osonlik bilan, yengib o‘tish
mushkul bo‘lgan to‘siqlarsiz boshlashga zamin yaratdi. Aynan o‘sha institutlar ularning loyihalarini
amalga oshirish uchun sarmoya bilan ham ta’minladi. Amerika mehnat bozori ularga tajribali
xodimlarni yollash imkonini bergan bo‘lsa, raqobat muhiti ularga kompaniyalarini kengaytirish va
mahsulotlarini sotishga yo‘l ochdi.