Raqamli va Axborot texnologiyalarining tushunchasi va tasnifi Reja


elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash



Yüklə 337,19 Kb.
səhifə25/34
tarix23.05.2022
ölçüsü337,19 Kb.
#59055
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
1 ma'ruza Raqamli va Axborot texnologiyalarining tushunchasi 030322113706

elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash – elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligi tekshirilgandagi ijobiy natija;
elektron hujjat – elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshka rekvizitlariga ega bo’lgan axborot.
4 – modda. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi.
5 – modda. Maxsus vakolatli organ
Maxsus vakolatli organ:
elektron raqamli imzodan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqadi;
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro’yxatga olish markazlarini (bundan buyon matnda ro’yxatga olish markazi deb yuritiladi) davlat ro’yxatidan o’tkazadi;
ro’yxatga olish markazlari vakolatli shaxslariga tegishli elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reestrini yuritadi hamda Yuridik va jismoniy shaxslarning undan erkin foydalana olishini ta’minlaydi;
ro’yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini beradi;
Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan ro’yxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tasdiqlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
6 – modda. Ro’yxatga olish markazi
Ro’yxatga olish markazi maxsus vakolatli organda davlat ro’yxatidan o’tgan va ushbu Qonunda nazarda tutilgan vazifalarni bajarayotgan Yuridik shaxsdir.
Ro’yxatga olish markazi:
elektron raqamli imzolarning yopiq va ochiq kalitlarini yaratadi;
elektron raqamli imzo yopiq kaliti muhofaza qilinishini ta’minlaydi;
elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reestrini yuritadi, uning o’z vaqtida Yangilanishini hamda undan Yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalana olish imkoniyatini ta’minlaydi;
Yuridik va jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini elektron hujjatlar shaklida va qog’oz hujjatlar shaklida beradi;
elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining amal qilishini to’xtatib turadi va qayta tiklaydi, Shuningdek ularni bekor qiladi;
Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining ko’chirma nusxalari berilishini, Shuningdek elektron raqamli imzolar kalitlarining to’xtatib turilgan va bekor qilingan sertifikatlari to’g’risidagi ma’lumotlardan erkin foydalanilishini ta’minlaydi;
Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan elektron hujjatlardagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlaydi;
elektron raqamli imzoli qog’ozdagi elektron hujjatlarning ko’chirma nusxalarini tasdiqlaydi;
elektron raqamli imzo kalitining sertifikatidan bundan buyon foydalanish imkoniyatiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan hollar haqida elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini xabardor qiladi;
elektron raqamli imzo yopiq kalitining egalarini elektron raqamli imzodan foydalanish qoidalariga o’qitish imkoniyatini ta’minlaydi.
Ro’yxatga olish markazi bilan Yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ro’yxatga olish markazining Yuridik va jismoniy shaxslar uchun yaratilgan elektron raqamli imzolarning yopiq kalitlarini saqlashi hamda elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish maqsadiga to’g’ri kelmaydigan ma’lumotlarni so’rab olishi taqiqlanadi.
Ro’yxatga olish markazlari faoliyatining tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Yüklə 337,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin