- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saklash imkoniyatining yo’qligi; - mehnat qilish bilan bog’liq kafolatlarning mavjud emasligi;
- fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko’maklashuvning yo’qligi;
- rivojlanishning beqarorligi hamda ishlab chiqarishning ‘asayishi va inflyastiya jarayonlarining mavjudligi.
O’tish davri va O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish xususiyatlari
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri – ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o’zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha yo’llari umumlashtirilib, quyidagi to’rtta asosiy turga bo’linadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yo’li;
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li;
3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li;
4) sotsializm g’oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga kеltirish mеxanizmi bilan qo’shib olib borish yo’li.
Bu yo’llar turli tuman va har xil bo’lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, bu yo’llarning hammasi bozor iqtisodiyotiga o’tishni maqsad qilib qo’yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mеxanizmi ko’p jihatdan umumiy bo’ladi. Shu bilan birga har bir yo’lning o’ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo’lishidan kеlib chiqadi.Masalan, bozor munosabatlariga o’tishning rivojlangan mamlakatlar yo’lida oddiy tovar xo’jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tiladi.
O’tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish.
2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish.
3. Institutsional o’zgarishlar.
4. Tarkibiy o’zgarishlar.
5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish.
6.Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo’jaligiga mos bo’lgan tizimini shakllantirish.