Jahon amaliyotida kreditlarni yagona, umumlashgan tasnifi yo`q. Chunki kreditlarning turli xil shakllari har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, uning urf-odatlariga, axoli orasida kreditlarni berish va qaytarish buyicha tarixan shakllangan (tovar shaklida, pul shaklida, boshqa shakllar va shartlarda) usullariga bog`liq bo`ladi.
Umuman kreditning shakllari uning turi va usullariga ko`p jihatdan bog`liq. Kreditning asosiy turlari:
Bank krediti.
Davlat krediti.
Iste`mol krediti.
Tijorat krediti.
Lizing krediti.
Xalqaro kredit.
Iqtisodiyotda keng tarqalgan kredit munosabatlarining biri bank kreditidir. Bank kreditini beruvchi kredit muassasalari kreditlash jarayonini amalga oshirish uchun Markaziy bankdan maxsus litsenziya olgan bo`lishi zarur. Bunda kredit munosabatlarining asosini kredit shartnomasi tashkil etadi.
Bank kreditlari quyidagi belgilari bo`yicha guruhlanadi:
Kreditlash obyektlarining iqtisodiy mohiyatiga ko`ra
tovar-moddiy boyliklar uchun beriladigan kredit.
ishlab chiqarish harajatlari (xom-ashyo va boshqalar) uchun beriladigan kredit.
To`lash muddatiga ko`ra (qisqa, o`rta va uzoq muddatli)
Muddatli
Muddati kechiktirilgan
Muddati o`tgan.
Kreditni to`lash manbalariga ko`ra.
Qarz oluvchining o`z mablag`lari hisobiga.
Garant mablag`lari hisobida
Ta`minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab.
Bevosita to`g`ri ta`minlangan (o`z mulki va mablag`i hisobiga).
Bilvosita ta`minlangan kreditlar (uchinchi shaxs kafolati)
Ta`minlangan kreditlar (sug`urta va yuqori tashkilotlar) o)
To`lanadigan foiz darajasiga ko`ra
Past foiz stavkali.
O`rta foiz stavkali
Yuqori foizli
Foizsiz (hukumat qaroriga ko`ra ayrim sohalarni rivojlantirish yoki tadbirlarni amalga oshirish uchun).
Bank krediti qaytarish muddatiga ko`ra qisqa, o`rta va uzoq muddatli kreditlarga bo`linadi. Bu mezon turli mamlakatlarda turli muddatni o`z ichiga oladi. Jumladan:
Muddati
Rossiya
AQSH
Buyuk Britaniya
Fransiya
O`zbekiston
Qisqa
1 yilgacha
1 yilgacha
3 yilgacha
1 yilgacha
1 yilgacha
O`rta
1-3 yil
1-6 yil
3-10 yil
2-7 yil
1-3 yil
Uzoq
3 yildan ortiq
6 yildan ortiq
10 yildan ortiq
7 yildan ortiq
3 yildan ortiq
Qisqa muddatli kreditlar asosan aylanma mablag`larni moliyalashtirishga, o`rta va uzoq muddatli kreditlar asosiy kapitalni moliyalashtirishga beriladi.
Davlat kreditining asosiy xususiyati kredit munosabatlarida davlatning qatnashuvidir. Davlat kreditida davlatning bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok etishi, qarz beruvchi vazifasini bajara turib davlat davlat kredit institutlari, jumladan Markaziy bank orqali iqtisodiyotning har xil sohalarini kreditlashni o`z zimmasiga oladi. Bu markazlashgan kreditlar iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini kreditlash, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan aniq tarmoq va sohalarga, agar budjetdan moliyalashtirish imkoniyati bo`lmaganda vaqtincha foydalanishga mablag` ajratilishi mumkin.
Undan tashqari tijorat banklariga banklararo kreditlar bozorida kredit resurslarini kim oshdi savdo yo`li bilan yoki to`g`ridan to`g`ri sotish jarayonida davlat tomonidan mablag`lar vaqtincha foydalanish uchun berilishi mumkin.
Davlatning qarzlari ko`paygan hollarda davlat budjeti kamomadini moliyalashtirish maqsadida davlat qarz oluvchi sifatida davlat qarzlarini joylashtirish jarayonini amalga oshiradi.
Davlat xazina majburiyatlarini chiqarish, moliya bozorlarida davlat qimmatli qog`ozlarini joylashtirish, davlat zayomlarini chiqarish va sotish yo`li bilan banklarning, aholining va boshqa moliya-kredit institutlarining pul mablag`larini yig`adi va ularni davlat qarzi va budjet kamomadini qoplashga sarflaydi. Davlat o`z qarzidan voz kechishi ham mumkin.
Bundan tashqari davlatni ichki va tashqi qarzlari, davlat kafil va kreditor sifatida ham bo`lishi mumkin.
Iste`mol kreditining xususiyati u jismoniy shaxslarga beriladi. Kreditning bu shaklida kredit beruvchi sifatida maxsus kredit muassasalari bilan birga savdo va xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar ham bo`lishi mumkin.
Iste`mol krediti ikki shaklda: pul shaklida va tovar shaklida berilishi mumkin. Jismoniy shaxslarga bunday kreditlar ko`chmas mulkka egalik qilish uchun, har xil tovar va xizmatlar, uy jixozlarini sotib olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun beril