Rasmiy xatlarda bayon qilingan fikr mantiqiy izchillikda ifodalanishi, yetarli



Yüklə 13,06 Kb.
tarix15.06.2023
ölçüsü13,06 Kb.
#130618
саволларга жавоб


Savollarga javob bering. 1.Ma’lumot-axborot hujjatlari nimalar. 2.Ma’lumot-axborot hujjatlarini qo‘llash va yuritish tartibi haqida ma`lumot bering.

Rasmiy xatlarda bayon qilingan fikr mantiqiy izchillikda ifodalanishi, yetarli


dalillar bilan asoslanishi va xulosalanishi lozim. Zarur holatlarda o`rinli taklif yoki
e’tiroz bildirilishi mumkin. Ammo mutasaddi rahbarga nisbatan hurmat saqlanishi,
murojaat odobigaamal qilinishi zarur. Shu maqsadlarda:
– rahbarga murojaat shakli «Siz» so`zini bosh harfda yozish orqali
ifodalanadi (Sizga, Sizdankabi);
– fikriy bog`liqlik «bu», «ushbu», «mazkur», «shu sababli», «shunga ko`ra
(muvofiq)»kabi so`zlar yordamida ta’minlanadi;
– taklif va e’tirozlar «bizningcha», «shartnomaga ko`ra», «biroq», «shu bilan
bir qatorda», «deb o`ylaymiz»kabi so`z va so`z birikmalari orqali ifodalanadi.
Shaxsiy xatlar vazifasi va mazmuniga ko`ra ikki turli bo`ladi. Kundalik
turmushda, asosan, oilaviy yoki do`stona munosabatlarni ifodalovchi xat, maktub
keng qo`llanadi. Bunday xatlar rasmiy yozishmalardan hajmining
cheklanmaganligi, shakliy mustaqilligi, matn mazmunining ichki kechinmalarga,
hazil, qochiriq, gina, afsus, taklif, e’tiroz, minnatdorchilik kabilarning oddiy
so`zlashuv yoki badiiy uslubga yaqin ifoda shakliga xosligi bilan ajralib turadi.
Salomnoma xatlari, sevgi maktublari, do`stlik va hamkorlik munosabati yuzasidan
yoziladigan xatlar ana shunday erkin uslubda yoziladi. Shaxsiy xatning diрlomatik
yozishmalargamansub turi ham mavjud. Bular yarim rasmiy tusda bo`lib, ularda
davlat boshliqlari, diplomatik xodimlarning shaxsiy va oilaviy hayotidagi
yangiliklar, sovg`a taqdim etish, minnatdorchilik bildirish, rasmiy uchrashuvlarda
ko`rsatilgan masalalarni hal qilishga qaratilgan iltimoslar bildiriladi.
Yuqoridagi shaxsiy xatlardan farqli ravishda bunda adabiy til
me’yoriga to`la amal qilinadi.
Telefonogramma orqali belgilangan joyga shoshilinch xabar matni
yetkaziladi. Bunday matn bir nusxada tayyorlanadi, rahbar yoki mas’ul shaxs
tomonidan imzolangach, tegishli joyga telefon orqali yetkaziladi.
Telefonga chaqirilgan shaxs telefonogramma berilishi haqida
ogohlantirilishi, u qabul qilishga tayyor bo`lgach, qabul qiluvchi ulguradigan
sur’atda yetkazuvchi tomonidan yozdirilishi lozim. Matnning to`g`ri qabul
qilinganligiga ishonch hosil qilish uchun qabul qiluvchi matnni yetkazuvchiga
qayta o`qib eshittirishi shart. Qabul qiluvchi telefonogrammaning berilish vaqti va
sanasini, yetkazuvchining ismfamiliyasi, lavozimini qayd etadi. Yetkazuvchi ham
qabul qiluvchi haqida shunday ma’lumotlarni yozib qo`yishi lozim.

Telegramma shoshilinch xabar yetkazishning juda qisqa a ixcham


shaklidir. Xabar mazmunini ifodalovchi telegramma matni bosh harflar bilan ikki
intervalda yozilishi kerak. Qo`lda yozilgan taqdirda harflar yirikyirik, so`zlar aniq
ko`rinishi lozim. Matn tilida yig`iq sodda gaplar, to`liqsiz gaplar ishlatiladi, tinish
belgilari qo`yilmaydi. Xabar bayonida to`g`ri ma’noli ixcham so`zlardan,
qisqartmalardan foydalaniladi. Bunday telegraf uslubida til birikmalari imkon
qadar tejalishi talab qilinadi. Telegramma matnida bo`g`in ko`chirilishiga yo`l
qo`yilmaydi, gaplar barcha qatorlarga xatboshisiz yoziladi. Kunlar va raqamlarni
so`zlar bilan yozish tavsiya qilinadi, murakkab sonlarni raqam bilan yozish
mumkin. Telegramma so`ngida jo`natuvchining manzili, ismfamiliyasi va
yuborgan sanasi kichik harflar bilan ko`rsatiladi.
Yüklə 13,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin