Rasmli topshiriqlar



Yüklə 38,99 Kb.
tarix03.06.2022
ölçüsü38,99 Kb.
#60551
k.b.k. m.t. 5


Rasmli topshiriqlar
Kristall maydon nazariyasi kompleks hosil qiluvchi va ligandlar orasidagi elektrostatik ta’sir kuchlariga asoslangan. Bunda kompleks hosil qiluvchining d-orbitallarining fazoviy shakli hisobga olinadi. Ligandlar hosil qilgan elektr maydoni kuchiga qarab kompleks hosil qiluvchining d-orbitallari har xil energetik orbitalga ajraydi. Shu tufayli kompleks birikmaning fazoviy shakli ham turlicha bo’ladi.Erkin ionda markaziy atomning d-orbitallari bir xil energiyaga ega bo’ladi:
Agar markaziy ion atrofida ligandlarning oktaedrik joylashuvi yuzaga kelsa markaziy atomdagi dz2 va d x2y2 ligandlarga nisbatan kuchliroq itarilishga uchrab ularning energiyalari doira maydon ta’siridagi iondan anchagina yuqori bo’ladi.
A
yni paytda, dxy, dxz va dyz orbitallarning energetik holati doira maydon ta’siridan kuchsiz bo’ladi.Shu sababga kora markaziy atomning d orbatallari oktaedrik maydon ta’sirida ikkiga bo’linadi(dg va de). Bu energiyalarning farqi (D) – parchalanish energiyasi deyiladi. Bu qiymat kompleks birikmalarning yutilish spektrlari orqali aniqlanadi.

Kristall maydon nazariyasini [CoF6]3- va [Co(CN)6]3- ionlari uchun qo’llanilishi
[CoF6] 3-paramagnit kompleks hosil qilishi va [Co(CN)6]3- ning diamagnit kompleks hosil qilish sababini ligandlarning spektrokimyoviy qatori asosida tushuntirish mumkin. CN- ioni kuchli maydon hosil qiluvchi ligandlar qatorida joylashganligi uchun uning parchalanish energiyasi anchagina yuqori bo’ladi(26 –jadval). [CoF6]3- yuqori spinli kompleksga kirib paramagnit xossaga ega. [Co(CN)6]3- da bo’lsa elektronlarning joylashuvi boshqacha yuzaga keladi. F- ioni kuchsiz maydon hosil qilganligi sababli kompleks hosil qiluvchi d- orbitallarning ajralish energiyasi kichik bo’ladi. Shuning uchun elektronlar Xund qoidasiga binoan dastlab bo’sh orbitallarga bittadan joylashadi. CN- ioni kuchli maydon hosil qilganligi sababli kompleks hosil qiluvchi d-orbitallarning ajralish energiyasi katta bo’ladi, shuning uchun elektronlar dastlab energiyasi kichik bo’lgan dεorbitallarga joylashadi, natijada unda juftlashmagan elektronlar qolmaydi.
Topshiriqlar:

  1. Kristall maydon nazariyasi qaysi ionlar uchun qo’llaniladi?

  2. Paramagnit xossaga ega ion qaysi?

  3. Kristal maydon nazariyasini tushuntiring.

Yüklə 38,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin