Rasulova Dilnozaning Zoologiya fanidan



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə3/13
tarix13.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#129609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
20-22 Sut emizuvchilar

Qon aylanish sistemasi




Sutemizuvchilarning yuragida arterial konus va venoz sinuslari reduksiyalangan. O’ng va chap bo’lmasi ikkiga ajralgan. Kichik qon aylanish doirasi, o’ng yurak qorinchasidan chiqib, yelka tomonga qayriladigan hamdao’ng va chap o’pkaga boradigan ikkita qon tomirlariga bo’linuvchi o’pka arteriyasidan boshlanadi. O’pkadan keluvchi o’pka venalari esa kislorodga boy qonni chap yurak bo’lmasiga quyadi. Katta qon aylanish doirasining arteriyalari. Aorta yurak qorinchasidan yo’g’on qon tomir ko’rinishida chiqadida, aortaning chap yoyi yonida chapga buriladi. So’ng umurtqa pog’onasining ventral tomoniga joylashib orqa aortaga aylanadi. Orqa aorta o’zidan ichki organlarga qon tomirlarini chiqarib, umurtqa pog’onasi bo’ylab dum tomonga qarab ingichkalashib boradi va chanoq Kamari oldida ikkita yonbosh arteriyasiga bo’linadi. Bu arteriyalar son arteriyalari deb nomlanib, orqa oyoqlarda tarmoqlanadi. Aorta yoyidan chiqadigan 1- qon tomir nomsiz arteriya deb ataladi. Odatda bu arteriya aorta yoyidan chiqishi bilan 3 ga: o’ng o’mrov osti arteriyasi, o’ng uyqu arteriysi va chap uyqu arteriyasiga shoxlanadi. O’ng o’mrov osti arteriyasi oldingi o’ng oyoqqa borsa, uyqu arteriyalari esa boshga boradi, boshqa ularning har qaysisi 2 tarmoqqa: ichki uyqu arteriyasi bilan tashqi uyqu arteriyasiga bo’linadi. Aorta yoyidan, nomsiz arteriya asosiga yaqin yerdan chap o’mrov osti arteriyasi mustaqil chiqib, oldingi chap oyyoqqa boradi. Aorta ko’krak bo’limidan o’ta turib ichak arteriyasi, oldingi ichaktutqich arteriyasi, jinsiy organlar va buyrakka boradigan arteriyalar keying ichak tutqich arteriyasini hosil qiladi. Chanoq kamariga yetgach, ikkita umumiy yonbosh arteriyasi chiqib, dumni qon bilan ta’minlovchi ingichka dum arteriyasiga aylanadi. 




Sut emizuvchilarning buyragi chanoqda joylashgan. Buyrak tashqi- po’stloq va ichki- yo’l-yo’l yumshoq qatlamdan iborat. Qon atomirli tugunchalarda filtirlanish jarayoni kechib, siydik yo’li kanalchalariga birlamchi siydik deb ataluvchi qon plazmasi o’tadi. Buyrak kanalchalari egiklik hosil bo’ladi. Bu yerda birlamchi siydik reabsorbsiyalanadi. Buyrakning yumshoq qismida to’g’ri to’plovchi kanalchalar bo’lib, ular buyrak jomiga ochiluvchi siydik yo’llari chiqadi. Ayirish funksiyasini qisman ter bezlari ham bajaradi. Ular orqali tuz va siydik eritmalari chiariladi. Bu yo’l bilan azot almashinuvi mahsulotlarining 3% dan ko’prog’i chiqariladi.




• Erkaklarining jinsiy organlari- oval shaklidagi urug’donlar. Ko’pchilik turlarida ular avval tana bo’shlig’ida joylashib, jinsiy balog’atga yeta borishi bilan chot kanali orqali tana bo’shlig’iga birikkan yorg’oqqa chiqadi. Urug’donga uning o’qi bo’ylab cho’zilgan donador tanacha- urug’don o’sig’I qo’shiladi. Bu o’siqdan volf kanaliga gomologik bo’lgan juft urug’ yo’li chiqib, siydik chiqarish kanaliga qo’shiladi.
• Sut emizuvchilarning juft tuxumdoni tana bo’shlig’ida joylashib,ichak tutqichi yordamida qorin bo’shlig’ining orqa devoriga yopishgan bo’adi. Myuller kanaliga gomolog bo’lgan juft tuxum yo’li oldingi uchi bilan tuxumdonga yaqin joyda ochiladi. Bu yerda tuxum yo;li keng voronka hosil qiladi. Tuxum yo;lining yuqorigi burilma qismi fallopiyev nayi deyiladi. Keyin kengaygan bachadon qismi, ko’p hayvonlarda toq keng vlafalishega ochiladi. Shu yerda yana siydik chiqarish kanali ham qo’shiladi.




Ayirish va Jinsiy sistemasi



Embrion rivojlanishi davrida bachadonda faqat sut emizuvchilarga xos bo’lgan bola o’rni, ya’ni yo’ldosh hosil bo’ladi. Yo’ldoshda g’ovak hosila- xorion shakllanadi. Xorion bachadon epiteliy to’qimasining g’ovak qismi bilan tutashuvchi tuklar- vorsinkalar hosil qiladi. Shu yerda bola va ona organizmining qon tomirlari chirmashadi. Shunday qilib embrion bilan ona organizmining qon aylanish sistemasi bog’lanadi. Natijada embrion tanasida gazlar almashinuvi, oziqlanish va almashinuv mahsulotlarining chiqarilishi ta’minlanadi. Yo’ldosh juda oddiy bo’lsada, xaltali hayvonlardan boshlanadi. Ularning xorionida vorsinkalar bo’lmaydi, xuddi tuxum qo’yuvchilar singari, bachadon va sariqdon qon tomirlari orasida bog’lanish bor. Xorion hamma vaqt bachadon devorlari bilan bog’liq bo’lgan vorsinkalar hosil qiladi. Ular uch xil: diffuz(kitsimonlarda, tuyoqlilarda, yarim maymunlarda). bo’lakchali(aksariyat kavsh qaytaruvchilarda).diskoidal(hashorotxo’rlar, kemiruvchilar, maymunlarda) plasenta farq qilinadi.


ffffffffffffffffffffffff13-rasm. Embrion rivojlanishi


Sutemizuvchilarning bosh miyasi nisbatan kata hajmda bo’lishi va murakkab rivojlanganligi bilan boshqa sinflardan farq qiladi oldingi miya yarim sharlari bosh miyaning boshqa bo’limlarini ya’ni oraliq, o’rta va uzunchoq miyalarni butunlay qoplab yaxshi rivojlangan miyacha tegib turadi. Miyacha ham uzunchoq miyani qoplab turadi. Oliy darajada rivojlangan sutemizuvchilarning bosh miya yarim sharlari va miyachasi po’stlog’i yuzasi ilon izi burmalari, ya’ni egatchalari taraqqiy etganligi bilan murakkablashadi. Primatlar turkumi vakillarida egatchalar soni ko’p bo’ladi. Egatchalar katta yarim sharlarning yuza hajmini kengaytiradi. Oraliq miyaning hajmi nisbatan kichkina bo’lib uni oldingi miya yarimsharlari to’liq qoplagani uchun yuqoridan ko’rinmaydi. Oraliq miyada unchalik kata bo’lmagan epifiz va gipofiz bezlari bo’ladi. O’rta miyaning halmi ham unchalik kata emas. O’rta miya to’rta do’nglikdan iborat .




NERV SISTEMASI








14-rasm. Sut emizuvchilar nerv sistemasi



Sut emizuvchilarning hidlash organlari juda yaxshi rivojlangan bo’lib, hayvon hayotida muhim rol o’ynaydi. Bu organlar yordamida ular dushmanini payqaydi, oziq topadi, bir-birini taniydi.eshitish organlari ichki o’rta va tashqi tashqi quloq yo’li, quloq suprasi kiradi. Quloq suprasi eshitishni o’tkirlashtiradi. Quloq suprasi ko’rshapalaklarda, o’rmon tuyoqlilarida va dasht itsimonlarida yaxshi ribojlangan. Kitlarda aksariyat kurakoyoqlilarda, ko’rsichqonlarda bo’lmaydi. Ko’zning rivojlanishi va ko’rish o’tkirligi albatta turmush tarziga bog’liq. Sut emizuvchilarda faqat kiprikli muskullar ta’sirida ko’z gavhari shaklining o’zgarishi natijasida akkomodatsiya ro’y beradi. Mayda kemiruvchilarda bu xususiyat yo’q. sut emizuvchilarning rangni sezish xususiyati qushlarga nisbatan kuchsiz. Butun spektrni faqat sharqiy yarim sharda yashovchi yuksak darajadagi maymunlar ko’ra oladi. Sut emizuvchilar sezgi organlarining xarakterli xususiyati sezish tukchalari (mo’ylovlari)-vibrissalari bo’lishidir.




Sezgi organlari







3.SUT EMIZUVCHILAR SISTEMATIKASI


• TIP: Xordalilar- Chordata
• KENJA TIP: Umurtqalilar-Vertebrata yoki
• Bosh skeletlilar: Craniata
• KATTA SINF: To’rt oyoqlilar- Tetrapoda



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin