Kitsimonlar (Cetacea) turkumining vakillari butun umrini suvda
O’tkazadi. Oldingi oyoqlari kurakka aylangan, orqa oyog'i yo’qolib
ketgan, tanasining oxirida gorizontal tekislikda rnashgan ikki pallali
dumibor. Ba'zi turlarida go’shtdor orqa suzgichi ham b ladi. Terisida
juni y q. Ter va so’lak bezlari taraqqiy etmagan. Faqat urg'ochilarida
bir juft sut bezlari jinsiy yoriqlarining ikki yonidagi 2 ta s rg'ichga
ochiladi. Terisining ostida qalin yog' qatlami bor, u gavdani isitish va
solishtirma og'irligini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Quloq supralari
yo’q. o’pkasining hajmi nihoyatda katta bo’ladi. Masalan, ko’k kit
pkasiga birdaniga 14000 litrgacha havoni to’ldirib olishi mumkin va
suv tagida bir soatgacha tura oladi. Kitsimonlar turkumiga 80 dan ortiq tur kiradi va ular 2 ta kenja turkumga bo’linadi.
1. Tishsiz kitlar (Mustacoceti) kenja turkumi. Tishsiz kitlarning
jag'larida tishlari bo’lmaydi, lekin og'izda talaygina shox plastinkalar
tanglayiga o’rnashadi va og'iz bo’shlig'iga osilib turadi. Shox plastinkalar
kit mo’ylovi deyiladiva u og'izga suv bilan tushgan ovqatni g'alvirdek
elab oladi. Tishsiz kitlarga bo’yi 33 m va og'irligi 150 t keladigan ko’k
kit, bo’yi 15 —20 m keladigan Grenlandiya kiti kiradi. Ko’k kit hozirda
hayvonlar orasida eng kattasi hisoblanadi. Uning endi tug'ilgan
bolasining uzunligi 6 — 9 m, og'irligi 2 — 3 t keladi.
2. Tishli kitlar (Odontoceti) kenja turkumi. Tishli kitlarning
jag'larida juda k p va bir xil konussimon tishlari bo’ladi. Bularga
katta o’lchamdagi kashalot (bo’yi 20 m ga boradi) va delfinlar kiradi.
Qora dengizda delfin yashaydi. Shimoliy Muz okeani dengizlarida va
Tinch okeanining shimoliy qismidagi dengizlarda uzunligi 6 m gacha
boradigan delfin yoki beluga tarqalgan. Delfinlar o’ljasini topish uchun
ultratovushdan foydalanadi. Kitlardan qimmatbaho texnika va tibbiyot yog'i, go’sht va boshqa xomashyo olinadi Beluxa