Duradgorlikda ishlatiladigan yog’ochlar (terak, tog’terak, shumtol, qarag`ay, eman, nok, chinor va boshqalar).
5-sinf “Tyexnologiya va dizayn”yo’nalishiII chorak 21-22 mavzu
Maqsad, vazifalar
Maqsad: o’quvchilarni duradgorlikda ishlatiladigan yog’och turlari, tuzilishi va qo’llanish sohalari bilan tanishtirish, bilim, ko’nikma va malakalarni o’rgatish.
Vazifalar: - o’quvchilarni duradgorlik ishlari bilan tanishtirish;
- duradgorlikda ishlatiladigan yog’och turlari, tuzilishi va qo’llanish sohalariga oid bilim, ko’nikmalarni shakllantirish;
- o’quvchilarni mavzuga oid kasb-hunarlar bilan tanishtirish.
O’quvchilar duradgorlikda ishlatiladigan yog’och turlari, tuzilishi va qo’llanish sohalari haqidagi bilimlarni egallaydilar, xavfsizlik tyexnikasi qoidalariga rioya qilishni ish o’rnini toza saqlashni hamda ish usullarini o’rganadilar, o’quvchilarning qiziqishi, fikrlashi va ijodkorlik qobiliyatlari rivojlanadi. Sohaga doir milliy hunarmandchilik kasblari bilan tanishadilar.
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Usul: og’zaki bayon qilish, suhbat o’tkazish, ko’rgazmalilik, bahs-munozara.
Shakl: nazariy va amaliy mashg’ulot, kichik guruh yoki individual tartibda ishlash.
Vosita: komp’yutyer, slaydlar, ko’rgazmali qurollar, yog’och turlaridan na’munalar.
Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javob, test.
Baholash: rag’batlantirish yoki jarima berish.
O’qituvchi: mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O’quvchilarning mashg’ulot davomidagi faolligini oshira oladi. Ularda darsga, kasb-hunarga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Nazariy va amaliy mashg’ulotlar jarayonida barcha o’quvchilarni baholashga erishadi.
O’quvchi: mavzu bo’yicha yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari rivojlanadi. O’z-o’zini nazorat qilishni va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi va baholanadi.