.Darsning borishi: I. Tashkiliy qism : a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
v) o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. O`tigan mavzuni so`rash (10 daqiqa). (Kichik guruhlarda ishlash va bahs-munozara metodlari, Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish. Umummadaniy. Kommunikativ. Axborot bilan ishlash kompetensiyalari): O`tilgan mavzuni so`rashda bahs-munozara metodidan foydalaniladi. Bunda o`qituvchi har bir guruhga o`tilgan mavzuga oid savollar beradi. Berilgan savollar bo`yicha tayyorgarlik ko`rish uchun 1 daqiqa vaqt ajratiladi. Berilgan savollarga qaysi bir guruh tayyor bo`lsa, o`sha guruh javob beradi. Agar guruh tomonidan berilgan javob to`liq bo`lmasa ikkinchi guruh qo`shimcha qilishi mumkin. Guruhlarga o`tilgan mavzuga oid quyidagi savollarni berish mumkin:
1-guruh uchun savollar: 1. Bolg`alarning qanday turlari bor va ulardan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
2. Nima uchun mixlarni sug`irishda mix sug`urgichlarning ostiga ehtiyot taxtasi qo`yiladi?
2-guruh uchun savollar: 1. Po`lat, yog`och va plastik bolg`alarning vazifasiga ko`ra farqli tomonlarini tushintirib bering?
2. Bolg`alar bilan ishlaganda qanday xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish zarur?
Berilgan savollarga qaysi guruh oldin va to`liq javob bersa o`sha guruh g`olib hisoblanadi hamda guruh a`zolari baholanadi.