295
to’planganidan so’ng, bu ish respublika miqyosida amalga oshiriladi
(
masalan, O’zbekiston Respublikasidagi ochiq iqtisodiy xududlarda yoki chet
ellik mutaxassislar yordamida innovatsion korxonalarda
).
Oxirgi, to’rtinchi imkoniyat esa Rossiydagidek Markaziy bank tomonidan
raqamli kriptovalyutalar bilan ishlashni amalga oshiradigan pilot loyihani
ishga tushirishdir (
mastercheyn loyihasi
). Ushbu plarforma bozor
ishtirokchilarining elektron usulda o’zaro ma’lumot almashinishi va
blokchenlarda identifikatsiya qilinishiuchun mo’ljallangandir. Bu tizim asta
sekin, kritpotajriba oshib borgan sari bir qancha davlat interaktiv
hizmatlarining ham blokcheynga o’tkazilishini ta’minlashi mumkin.
Respublikamizda kriptovalyuta bo’yicha malakali mutaxassislarning juda
kamligi va bu sohadagi tajriba ozligini hisobga olgan tarzda bu yo’nalishda
malakali mutaxassislar tayyorlashni ham amalga oshirish zamona talabi bo’lib
qolmoqda. Lekin blokchyen texnologiyalarni hayotga tadbiq qilish va o’zbek
kriptovalyutasini chiqarich innovatsion g’oyasini qadam ba qadam amalga oshirish
hozirdanoq boshlab yo’lga qo’yilishi kerak bo’lgan hayot taqozosidir. Chunki
dunyodagi ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar o’zlarining milliy yoki korporativ
kriptovalyuta loyihalarini amalga oshimoqdalar va ular keyinchalik barcha raqamli
kriptopullarga egalik qilib, boshqa mamlakatlarni bu jarayondan siqib chiqarishga
harakat qiladilar. Davlatning monetar siyosatidagi eng muhim amallardan biri pul
emissiyasini nazorat qilish bo’lgani uchun, kriptovalyutadan voz kechish kelajakda
mamlakatdagi moliya-kredit tizimini va uning jahon moliya kredit tizimi bilan
aloqalarini sezilarli ravishdaizdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: