Rethink ni, yuk tashuvchi robot
Industrial Perseption larni keltirishimiz
mumkin. Robotlar uchun mo’ljallangan operatsion tizimlar [
ROS (Robot Operating Systems )] Stenford Universitetining sun’iy intellekt laboratoriyasida ishlab
chiqilgan. Keyinchalik bu tizimni to’laqonli robototexnik platformaga aylantirish
Willow Garage, Inc . kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan.
ROS ochiq kodli
va tekin dasturiy ta’minot hisoblanadi. Soha bo’yicha mutahassislarning
fikrlaricha, 2025 yillarga kelib, robotlar ommaviy ravishda hayotga tadbiq qilina
boshladilar va bu is samaradorligini 25% ga oshiradi(
Ford M. Robotlar hujum qilayaptilar. M.: Alpina non-fikshn, 2016. str.31 ). Uchuvchisiz qurilmalar
(
dronlar ) ni ham tijoriy maqsadlarda ishlatish yuklarni tashish bo’yicha logistik
operatsiyalarni, aerofotos’emkalarni, qurilish boshqaruvini va videokontentlar
tayyorlashni
avtomatlashtirishga
yordam
beradi.
Markets&Markets kompaniyasining ma’lumot berishicha, 2020 yilga kelib, dronlar bozorining hajmi
$5,6 milliard dollarga yetadi va yillik o’sish miqdori 32% dan kam bo’lmaydi.
BI Intelligence kompaniyasi baholoviga ko’ra esa 2021 yilda dronlar bozori hajmi
$12 milliard dollarga yetadi. Dronlardan foydalanish
UPS, DHL, Amazon va
Facebook kompaniyalariga logistika zanjirlarini yanada mukammallashtirishga va
rivojlantirishga imkon beradi
(PwC,
Osipov I. Dronlar – yetkazib beruvchilar//RBK, yanvar-fevral 2017.str.32-33 ).
14-Bob bo’yicha savol va topshiriqlar: 1. Raqamli elektron tijoratning kelajakdagi rivojlanish istiqbollari nimaladan iboratligini tushuntirib bering; 2. 4.0 Industriya nima va uning rivojlanish istiqbollarini tavsiflab bering; 3. Elektron tijoratda mobil internetning qanday ahamiyati bor?
504
4. Mobil savdo jarayonlari nima va ularning qanday amalga oshriladi?; 5. Raqamli iqtisodiyotning yangi modellarini tavsiflab bering. 6. Elektron tijoratda raqamli iqtisodiyotning yangi modellari qanday ishlatilishini misollar vositasida tushuntirb bering; 7. Elektron tijoratning asosiy rivojlanish yo’nalishlarini atroflicha, internet manba’laridan foydalangan holda tavsiflab bering. Ushbu kitobda ko’rib o’tilgan masala va muammolarga o’ziga xos hulosa tariqasida raqamli texnologiyalardan foydalanish bo’yicha kelajak trednlari va bizning kamtarona takliflarimiz sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tishimiz mumkin: