Turli yosh bosqichlarida monologik nutqga o’rgatish mazmuni
Ravon nutq – bu kishilarning muloqotini va о‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir.

Bolalar hayotining dastlabki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bо‘lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan nutq ikki shakldan iborat:
Dialogik
Monologik
Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarda ularga qaratilgan nutqni tinglash va tushunish, bir-birini tinglash, savollarga javob berish va о‘zi ham savollar berishi, suhbat mavzusi bо‘yicha izchil javob berish qobiliyati shakllanadi.

Dialogik Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning dialogik negizida nutqning yangi shakli - monolog tug‘iladi va shakllanadi. U bolaning o‘z fikrlari, his-tuyg‘ulari, atrof-muhit haqidagi bilimlarini o‘rtoqlashish istagi oqibatida vujudga keladi. Bunda nutq qisqa hikoya shakliga ega bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning eng muhim yutug‘i jaranglayotgan nutqqa qiziqishning shiddat bilan rivojlanishi, til faoliyatini eng oddiy anglashning shakllanishidir.

Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlardan biri suhbat metodi quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:

Tayyorgarlik (so‘zlashish) usullari. Suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: bolalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi so‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash;
Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish). Yo‘ldosh, talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma’lum so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish; Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan foydalanadi.
Monologik nutq bir kishining boshqalarga qaratilgan nutqi hisoblanadi va hikoya qilish, xabar berish, o‘qigani yoki eshitganini qayta so‘zlab berish, o‘zi savol berib, o‘zi javob berish shaklida namoyon bo‘ladi. Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so’z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh yoshga to’lgan bolalar tanish ertaklarni hikoya qilib berish, voqealar to’qish, shaxsiy tajribasidan so’zlab berishga qiziqishini namoyon qiladilar. Katta yoshli kishi yo‘naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollarni berishi, o‘yin vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi darkor.