Raxmanova gulnoza annakulovna maktab matematikasini o’qitishda l-fayllar.org
III bob bo’yicha xulosalar
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, matematikani yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchining tahliliy va mantiqiy fikrlash darajasi yuqori bo‘ladi. U nafaqat misol va masalalar еchishda, balki hayotdagi turli vaziyatlarda ham tezkorlik bilan qaror qabul qilish, muhokama va muzokara olib borish, ishlarni bosqichma-bosqich bajarish qobiliyatlarini o‘zida shakllantiradi. Shuningdek, matematiklarga xos fikrlash uni kelajakda amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlar, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar rivojini bashorat qilish darajasiga olib chiqadi. Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantirishda, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalashda, algoritmik tarzdagi tartibintizomlilikni ta’minlashda va tafakkurini kengaytirishda katta o‘rin tutadi. Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Matematika fanini nazariylashtirgan holda o‘qitishga yondashishdan voz kechib, o‘quvchining kundalik hayotida matematik bilimlarni tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishga erishish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini namoyon qilish va faollashtirishga e’tiborni kuchaytirish – davr talabi. Matematik ta’limga kompetensiyaviy yondashuv o‘quvchilarda kasbiy, shaxsiy va kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishni hamda matematik ta’limning amaliy, tatbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishni nazarda tutadi. Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi, fanlarni mukammal egallashini taqozo etadi. Bu esa ta’lim tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatishga ilg‘or milliy va xalqaro tajribalar asosida standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi. Matematikaning hayotimizda tutgan beqiyos o‘rni inobatga olingan holda mazkur fan birinchi sinfdanoq maktab darsliklariga kiritilgan bo‘lib, yurtimizda barcha aniq fanlar qatori matematika ta’limini zamon talablari asosida takomillashtirib borish, uni o‘qitishda eng so‘nggi pedagogik va innovatsion usullar, multimedia vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, o‘quv fanini akademik bilim berishdan ko‘ra ko‘proq hayot bilan bog‘lash, amaliy misol va masalalarni еchish, o‘quvchilarni mustaqil izlanish, o‘qibo‘rganishga jalb etishning ahamiyati beqiyos. Matematik bilimlar nafaqat baho olish uchun savol-javoblar yoki imtihonlarda, balki uyda, ish jarayonida, sport va san’at bilan shug‘ullanishda, savdo-sotiq, oldi-berdi – hayotning har bir lahzasida o‘quvchiga naf berishini u chuqur anglab еtishi muhim. Buning uchun esa mazkur fan o‘qituvchisi o‘tayotgan mavzularini bevosita hayot bilan bog‘lab, biror misol yoki masala, topshiriqlarni turmushdagi oddiy vaziyatlar yordamida еchishga o‘rgatishi zarur.
Metodlar orqali ta’lim oluvchilar berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oladilar. Bundan tashqari metodlar orqali ta’lim oluvchilarni muayyan mavzu bo‘yicha baholash imkoniyati yaratiladi. Bunda ta’lim oluvchilar o‘zlari bergan savollariga guruhdagi boshqa ta’lim oluvchilar bergan javoblarini baholashlari va ta’lim beruvchi ham ta’lim oluvchilarni ob’yektiv baholashi mumkin.ularning afzalliklari: o’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib keladi,muloqatga kirishish ko’nikmasining takomillashishiga olib keladi,vaqtni tejash imkoniyati mavjud bo’ladi,barcha o’quvchilar darsga jalb qilinadi.
Matematika fanlarini o’qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Pedagogik, kompyuter va axborot texnologiyalar ta’lim jarayonini tashkil etish, tayyorlash, ilmiy-metodik materiallar bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini amalga oshirish, ta’lim natijalarining sifatini baholashdan iborat bo’lgan yaxlit tizimda o’z ifodasini topadiKeyingi o’n yillikda matematika fanini o’qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.[1] Matematika o’qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo’nalishi ayrim o’quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o’qitishning boshqa usullari qo’llanganda tasavvur qilish, ko’z oldiga keltirilishi qiyin bo’lgan materiallarni tushunarlibo’lishini ta`minlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o’quvchilarga ma`lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko’rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur o’rganish va o’quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo’ladilar. Ko’p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o’z kasbi bilan bir vaqtda ma`lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi.[2]