Raxmatullayeva lola isroilovnaning bir soatlik



Yüklə 57,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü57,86 Kb.
#202424
1   2   3   4   5
1675107737 OCHIQ DARS LOLA

Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
a)Salomlashish: O’quchilar bilan salomlashiladi. Darsning shiori aytiladi.


b)Davomatni aniqlash: Navbatch hisoboti eshitiladi, darsda qatnashayotgan va 
kelmagan o’quvchilar belgilab olinadi. 
c) darsga tayyorgarlik ko‘rish: sinf xonasini tozaligi, o’quv qurollari, 
o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshirib olinadi. 
II. Uyga vazifani so‘rash:
O‘tilgan darsda santexnika elementlarini ta’mirlash texnikasi. sifon mavzusi 
o’rganilgan edi. O’tilgan mavzuni “Men santexnik ustaman” metodi orqali takrorlab 
olamiz.
“Men santexnik ustaman” “To’g’risini top” metodi. 
 
Bu metod o’quvchi
 
yoshlarimizni oʻz imkoniyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlariga 
mos kasbni tanlashga yana bir turtki bo’ladi . Maʼlumki, kasb tanlash, kasbga 
yoʻnaltirish o’qituvchilarning oldida turgan muhim vazifalaridan biridir. Ayniqsa 
texnologiya darslarida o’quvchilar kasb hunar haqida chuqurroq ma’lumotga ega 
bo’lishadi. Bu metod orqali o’quvchilar o’tilgan mavzuni takrorlashadi va santexnik 
usta o’z faoliyatini bajarishi uchun qanday asbob-uskunalar kerakligini, buyumlarni 
o’z o’rnida joylashtirishni esga olishadi.
Metod mazmuni: 
Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linishadi. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi
chiqadi. Monitorda bir nechta asbob-uskunalar rasmi chiqadi o’quvchilar esa 
kanalizatsiya quvurini o’tkazish uchun kerakli bo’lgan santexnik asbob-uskunalarini 
ajratib olishadi. Kim to’g’ri va tez bajarsa shu o’quvchi “Men santexnikman” deb 
aytadi.


Ikkinchi o’quvchilar chiqishadi. Monitorda “Sifon” ning bir nechta surati 
ko’rsatiladi. Sifon turlarini to’g’ri aytgan va tezkorlik bilan javob bergan o’quvchi 
“Men santexnik ustaman” deydi.

Yüklə 57,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin