Bolalar jamoasi haqida tushuncha. Bola shaxsini
tarbiyalashning shart- sharoitlari
RAXMONOVA D. B.
BUXORO-2022
Bolalar jamoasi haqida tushuncha. Bola shaxsini
tarbiyalashning shart- sharoitlari
Reja :
1.Bolalar jamoasi haqida tushuncha.
2.Bola shaxsini tarbiyalashning shart - sharoitlari.
3 .Bolalar jamoasining shakllanishiga yorda m beruvchi omillar.
Jamoa ijtimoiy jamoaning bir qismi hisoblanib, kishidan ma’lum
bir maqsad asosida intiladigan, harakat qiladigan, va о‘zi hamma kuch -
xarakatini ijtimoiy faoliyat, mehnatga sarf qiladigan bо‘lishini talab etadi.
Jamoani tushunish, uni his etish hamda shaxsni shakllantirishdagi о‘rni va
rolini tug‘ri baholay olish, inson fikrini hurmatlash, jamoaning munosib
a’zosi bо‘lishga intilish har bir shaxs uchun muhimdir. Bolalar jamoasini
shakllantirish uzoq vaqtni talab etadigan murakkab jarayondir. Dastlab
birgalikdagi faoliyat kо‘pincha dunyo bilan bog‘liq bulgan faoliyatga
birlashadi. Bu birlashish beqaror, qisqa muddatli bо‘lib, tez buziladi Bunday
dastlabki birlashishning birinchi tashkilotchisi tarbiyachidir. Chunki u
bolalarga birgalikda о‘ynashni taklif etadi. Bolalardan bittasi
о‘yinchoqlarni yuklasa. ikkinchisi tashiydi, uchinchisi yukni tushiradi. 4-5
qiz qо‘g‘irchoq bilan «Oila» о‘yinini о‘ynaydi, tarbiyachi esa, ularga
rollarni taqsimlashda yordam beradi va h.k.
Tarbiyachi bolalarni bir guruhga birlashtirishda ularning о‘ziga
xos xususiyatlarini e’tiborga oladi, chunonchi bitta guruhga serharakat va
boshqasiga, passivroq bolalarni birlashtiradi.
Ikkinchi
xususiyat
bolalar
jamoasining
barqaror
bо‘lishini
ta’minlashdir.
Bu
davrga
kelib
bolalar
ancha
mustaqil hamda tashkilotchilik qobiliyatini eg‘allagan bо‘ladilar. Jamoada
katnashuvchilar soni 8-10 kishiga yetib qoladi.
Birgalikdagi faoliyat jarayonida о‘yin va mehnatdan keng
foydalaniladi.
Bu
bosqichda
tarbiyachining
vazifasi
hamma
bolalarda tashkilotchilik qobiliyatini shakllantirishdir. Mashg‘ulot
о‘tkazayotgan
jarayonda
uning
о‘zi
hammaga
kо‘rinib
turishi va ovozi balandroq va hamma uchun tushunarli bо‘lishi
kerak. Tarbiyachi shunday mashg‘ulot jarayonida о‘rtoqlarining
ishini tahlil qilishga jalb etish orqali bolalarni izlanuvchanlikka,
haqiqatgо‘ylikka о‘rgatadi hamda bolalarning о‘z tengdoshlariga xayrixoh
munosabatda bо‘lishini ta’minlaydi.
Bolalyr jamoasini shakllantirish axloqiy tarbiya bilan chambarchas
bog‘liqdir. Bolalar о‘z xulqlarining jamoa manfaati bilan bog‘liqligi
haqidagi bahoni eshitadilar. Bola jamoa fikri va bahsi bilan hisoblashsa,
о‘zining jamoa uchun zarurlyatini sezsa, u bilan g‘ururlansa, umumiy
hayotning yoqimli va quvonchli bо‘lishi uchun intilsa, bu jamoaning
yetarli darajada shakllanganligidan dalolat beradi.
Bola kelishi bilan bolalar jamoasining a’zosi bо‘lib koladi, u boshqa
bolalar bilan uynashi mehnat qilishi, kelishishi kerak bо‘lsa yon bosishi
о‘rganib oladi.
Tarbiyachi har bir bolaning qobiliyatini alohida baholab borishi
kerak.
Keyinchalik jamoada hayot tajribasining tо‘plapishi natijasida
«men», «meniki» tushunchasining о‘rnini «biz», «bizniki» degan
tushunchalar egallaydi. Bu esa bolalarning о‘zini jamoa a’zosi deb
tushunib olganidan va о‘z shaxsi manfaatini umumiy maqsadga
buysundira oladigan davridan boshlanadi.
Yaxshi о‘rtoq bulish,- bu boshqalar bilan о‘zini bir qatorda qо‘yishi,
ular tо‘g‘risida g‘amxо‘rlik qilish, shu bilan birga sen yolg‘iz emassan,
sen tо‘g‘ringda boshqalar ham о‘ylaydi, senga boshqalar ham g‘amxо‘rlik
qiladi degan ma’noni anglatadi.
Bolalar jamoasini shakllantirish uchun ma’lum shart - sharoitlar zarur
hisoblashadi. Bular:
bog‘cha xodimlarining о‘zaro xamjihat bо‘lishi;
bolalar hayotini tashkil etish;
о‘yinchoqlarning bolalar yoshiga, qiziqishiga mos kelishi hamda mikdor
jihatdan ham bolalar soniga tо‘g‘ri kelishi;
bolalarda
о‘zaro ahillik, g‘amxurlik, jamoatchilik, insoniylikni
tarbiyalashga yordam beruvchi mashg‘ulotlar;
bolalar uchun har xil qiziqarli faoliyatlarni tashkil etib borish;
- oila bilan mustahkam aloqa о‘rnatish,
- bolalarga xulq - atvor meyorlari va qoidalarini о‘rgatib borish.
- bolalar о‘rtasida ijobiy xayrixohlik muhitini yaratish.
Demak, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jamoasiga har doim
katta odam rahbarlik qiladi. Bunda bolalarning harakatlari ma’lum
tomonga yо‘naltiriladi, boshqariladi.
Maktabgacha
tarbiya
yoshidagi
bolalarda
.
jamoatchilik
munosabatlarining boshlangich belgilari axloqiy sifatlarning murakkab
guruhidir.
Bunga bolalarning dо‘stlashishi, birga о‘ynash va mehnat qilish
xohishi, qobiliyati, boshqalarning xohishi qiziqishi bilan hisoblashishi, bir-
biriga yordam bera olishi, topshiriqni vijdonan bajarishi, narsa va
buyumlarni asrashi kabi axloqiy sifatlar majmuasi kiradi.
Bunday his - tuygu, tasavvur, tushunchalar bola shaxsining ijtimoiy
yо‘naltirilgan
hodda
takllanishiga
yordam
boradi,
bolada
insonparvarlikning dastlabki namunalari shakllanishiga ta’sir etadi.
Bolalarda tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulh-atvor
qoidalari orasida insonparvarlik muhim о‘rin tutadi. Insonparvarlik hissi
axloq meyorlari va qoidalarini о‘rgatish asosida rivojlanadi. Buning uchun
bolalarni yaxshi ishlarni qilishga о‘rgatib borish zarur. Tarbiyachi
kichkina bolalarga ayrim xatti-harakatlarni syujetli о‘yinchoqlar bilan
о‘ynash orqali kо‘rsatadi. Shuningdek, tarbiyachi bolalarni tengdoshlari
bilan salomlashishga, hammalarini yangi kelgan kishining salomiga javob
berishiga odatlantiradi, kasal bolaga xat yozishni, unga rasmlar yuborishni
yoki telefon qilishni taklif etadi.
Bogchada bolalarning tug‘ilgap kunlarini nishonlash an’anasi
о‘zaro munosabatlarga samimiylik kiritadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xarakterning irodaviy
xususiyatlari о‘z oldiga maqsad qо‘yib, unga erishish uchun esa har
qanday qiyinchilikni yengib, boshlangan ishni oxiriga yetkaza olish, biror
ishdan о‘zinii tiya bilish, ishda dalillikni tarbiyalash zarurdir.
Bolalarning kayfiyati kо‘p jihatdan bog‘cha va uyda ular hayotining
tashkil etilishi va mazmuniga bog‘liq. Sog‘lom bola kattalar singari
о‘zining jismoniy kuchiga va umumiy rivojlanishi darajasiga qarab
tо‘laqonli yashashga harakat qiladi. U xilma - xil kechinmalar, yangi
tushuncha va tasavvurlarga tashna bо‘ladi. Buning uchun tarbiyachi
bolalarni sira ishsiz va mashg‘ulotsiz qoldirmasligi kerak.
Bog‘cha yoshi davrida ta’lim - tarbiya ishi tо‘g‘ri amalga oshirib
borilsa, bolalarda avvalo intizomlilikni shakllantirishga yordam beradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda intizomlilikni va xulq
madaniyatini tarbiyalashda quyidagi shart - sharoitlar muhim.
tarbiyachi ota - onalarning xulq madaniyati, ma’naviy yetukligi, obrо‘
–e’tibori hamda ularning о‘zaro munosabatlari;
bolalar yashaydigan xona asbob-anjomlarning tо‘g‘ri joylashtirilishi;
bolalar guruhida, ularning rivojlanishi, yosh xususiyatiga mos
bо‘lgan о‘yinchoqlarning yetarli bо‘lishi, tarbiyalashda bolaning
ongliligiga asoslanishi;
tarbiyachining
bolalar
guruhida
iltifotlilik
xarakterini
shakllantirish, ularni va tozalik hamda ozodalikka о‘rgatib borishi.
Demak, ta’lim-tarbiya ishini tо‘g‘ri amalga oshirib borilsa,
bolalarda bunday sifatlarning hammasi muyaaffaqiyatli
shakllantiriladi.
Jamoa sо‘zi lotincha «kollektivus» suzining tarjimasi bо‘lib,
yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh manolarini
anglatadi. Yoki jamoa deganda kishilardan iborat guruh tushuniladi.
Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash tarbiya tizimida alohida ahamiyat kasb
etadigan tamoyillardan biridir. Bolaning har tomonlama rivojlanishi va
shaxs sifatida shakllanishida jamoaning yetakchi о‘rin tutishi haqidagi fikr
pedagogika faniniig rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan.
Shuning uchun ham bolalar jamoasining rivojlanishi pedgagogik
jihatdan boshqariladigash jarayondir. Jamoaga rahbarlik kilishning asosiy
vazifasi pedagogik yondoshishning ilmiy asoslangan sistemasi yordamida
jamoa a’zolarini
tarbiyalab
, voyaga yetkazishdai iborat. Jamoaning
tarbiyaviy vazifalari uning a’zolari olib boradigan mazmunli, bilish, aloqa
faoliyagi
jarayonida
amalga
oshiriladi.
Jamoada
bolalar
eng
avvalo
muomala
meyorlarini
amalda
о‘zlashtiradilar, о‘z xatti-xarakatlarini boshqa odamlar manflatlariga
muvofiq tarzda qо‘rishni, rejali va adolatli bо‘lishni о‘rganadilar.
Bolalar jamoasi turli yosh bosqichlarida muayyan xususiyatlarga ega
bо‘lgan
holda,
tobora
rivojlanib
boruvchi
tizimdir.
Maktabgacha tarbiya yoshda jamoaning dastlabki asoslari shakllanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar jamoasi bu bolalar bog‘chasidagi jamoa,
turmush tarzi birgalikdagi faoliyat asosida bir -biriga bog‘lik maqsad,
manfaat va kechiimalar bilan tarbiyachi rahbarligida birlashgan va
uyushgan
bolalar
guruhidir.
Maktabcha tarbiya yoshdagi bolalar jamoasida tarbiyachi bosh
tashkilotchi rolini о‘ynaydi va bolalarda asta – sekin jamoaning axamiyati
haqida umumiy natijalarga erishishda birgalikda kuch-g‘ayrat sarflash
quvonchi haqida har bir bolaning jamoa hayotidagi roli haqida tasavvur
hosil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy quvonchli
kechinmalari birgalikda qilingan maroqli faoliyat bolalar jamoasi
rivojlanishning
asosidir.
Maktabgacha tarbiya yoshi oxirlariga borgapda makabgacha yoshdagi
bolalar guruhida tarbiya tо‘g‘ri yо‘lga quyilgan bо‘lsa, hamkorlik, о‘zaro
yordam,
mas’uliyatlilik
kabi
xususiyatlar namoyon
bо‘ladi.
Shunday qilib, jamoa kishilarning muayyan guruhi bо‘lib, u ijtimoiy
ahamiyatga ega bо‘lgan maqsad hamda mazkur maqsadni amalga oshirish
uchun yо‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari о‘zaro
birlik, a’zolarining munosabatlar jarayonidagi tenglik asosida unga
rahbarlik qilish va bir biriga bo’ysunish jamoa oldidagi javobgarlik
asosida muayyan faoliyatni olib boradilar. Jamoa va uni shakllantirish
pedagogik faoliyatning maqsadi hisoblanadi. Jamoaning yetakchi
tarbiyaviy vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash unda ijobiy
sifatlarini hosil qilish mustahkam hayotiy vaziyatni qaror toptirishdan
iborat.
Bolalar jamoasi tarbiyachi pedagog hamda bolalardan iborat jamoaning
murakkab birlashmasi о‘z - о‘zini nazorat. О‘z -о‘zini boshqaruv
jarayonini tashkil etuvchi mustaqil tizim, shuningdek, о‘zining psihologik
muhitiga va an’analariga ega gurux hisoblanadi. Bugungi kunda pedagog
olimlar (L.I Novikov va boshq.) bolalar jamoasi rivojlanish jarayonini
tahlil qilar ekan, uni quyidagi uch jihatiga e’tibor boradilar:
A)
Jamoani
dastlabki
shakllantirish.
V) Jamoani shakllantirish, uning har bir a’zosini
individual rivojlantirish
,
G)
Tarbiyalanuvchilar
amaliy
faoliyatining
doimiy
ravishda
murakkablashib
borishi.
Tarbiyachi jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan,
jamoa a’zolarining ijobiy tajribaga qо‘shish imkonini beradigan о‘zaro
munosabatlarini shakllantirishga ta’sir etadigan - shakl va metodlardan
foydalanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jamoasi mashg‘ulotlarning
umumiyligi va о‘zaro munosabatlarning muayyan tizimi tufayli birlashgan
bolalar guruhidir. Uning shakllanishi butun tarbiyaviy jarayonning natijasi
bо‘lib, tarbiyalanuvchilar hayoti va faoliyatini tо‘g‘ri tashkil etishga
bog‘liq bо‘ladi.
Demak, inson xulqidagi ijobiy sifatlardan biri kishilar jamoasiga qо‘shila
olish va о‘sha jamoa a’zolari orasidan munosib о‘rin olishdir. Bu har bir
kishidan
yuqori
saviya
va
odob
-
axloqni
talab
etadi.
Kishining odobi, bilimi, jismoniy kamoli, jamoa ichida tez kо‘rina
boshlaydi.
Bola yoshligidan boshlab о‘zida
boshqalar bilan
, bolalar jamoasi bilan
muloqotga extiyoj sezadi. Ammo kichkina bola jamoani о‘zi tanlay
olmaydi. U biron jamoaga sharoit taqozosi bilan kelib qoladi.
Bola
yashayotgan
jamoa
jozibali
etib
tashkil
qilinsa
bola
bunday jamoada о‘zini erkin sezishi mumkin. Buning uchun esa
jamoa
- mazmunan boy
, undagi о‘zaro munosabatlar insonparvarlikka
asoslangan bо‘lishi muhim. Jamoani shakllantirshda jamoa a’zolari va
ularning faoliyatlariga qо‘yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb
etadi.
Ayniqsa, bolalar tomonidan о‘z - о‘zini boshqarish jamoa a’zolaridan
ayrimlari boshqasidan ustun kelishiga yо‘l qо‘ymasligi kerak.
Shu bois tarbiyachi bolalarni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini
nazorat
qilib
borishi
lozim.
Demak, tarbiyachi bola bilan amalga oshiradigan yakka tarbiyadagi
ishlarni uyushtirishda ma’lum shart - sharoitlarga rioya qilishi lozim.
Masalan, yakka tarbiyadagi suxbatlar, mashg‘ulotlar, rasm va kitoblarni
kо‘rish, didaktik о‘yinlar ertalabki soatlarda, sayrda kechki soatlarda
о‘tilsa,
maqsadga
muvofiq
bо‘ladi.
Bolalar bilan kanday ishlar olib borishumumiy rejasida kо‘rsatilishi
kerak.
Olib
borgan
kuzatishlari
natija va xususiyatlarini tarbiyachi о‘zining kundalik daftariga yozib
boradi.
Dostları ilə paylaş: |