Ushbu usul klaviatura va displey yordamida to'g'ridan-to'g'ri RDB dastgohi boshqaruv panelida dasturlarni yaratish va kiritishdan iborat. Bunda boshqaruv panelida detalga ishlov berish uchun kerakli parametrlar kiritiladi .
Masalan, Dastgoh shpindelining aylanish chastotasi, surish miqdori, detalnig joylashuvi, Kesuvchi asbobning koordinataari va h.k.
RDB parmalsh dastgohi va uning boshqaruv paneli yordamida detalga ishlov berish dasturini tuzish
Afzalliklari
Afzalliklari
O'rganish oson va ishlatish uchun oddiy.
Dastur yozish uchun G-kod talab qilmaydi.
O'rnatish va dasturlash vaqt-lari qisqartirildi
Kamroq dasturiy xatolar.
CAM tizimiga qaraganda ancha tejamkor
Kamchiliklari
Koordinatalar geometriyasi cheklangan.
Murakkab va shakldor detallar uchun dastur tuzish qiyin.
Kesuvchi asboblar magazini-ni qo'llab-quvvatlamaydi.
CAM tizimining moslashuv-chanligini taklif qilmaydi.
CAD / CAM tizimi bilan dasturlash
Bugungi kunda bozorda muvaffaqiyatga erishish uchun sanoat korxonasi ishlab chiqarish vaqtini qisqartirish, tannarxini pasaytirish va sifatini yaxshilash ustida ishlashga majbur . Kompyuter va axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi ushbu muammolarni hal qilishning eng samarali vositasi bo'lgan CAD / CAM / CAE tizimlarining paydo bo'lishiga olib keldi.
Siemens NX dasturining CAM tizimi yordamida detalga ishlov berish dasturini tuzish
CAD tizimlari (computer-aideddesign) - loyihalashda muhandis ishini avtomatlashtiradigan va kompyuter yordamida mahsulot dizayni va texnik hujjatlari muammolarini hal qilishga imkon beruvchi dasturiy ta'minot tushuniladi.
CAM tizimlari (computer-aidedmanufacturing) - RDB mashinalarida ishlov berish uchun kesuvchi asboblar yo'llarini hisoblashni avtomatlashtiradi va kompyuter yordamida boshqaruv dasturlarini taqdim etadi.