Reaktiv sinxron elektr mexanik o’zgartgichning tuzilishi, ishlas
Changalsimon qutbli kontaktsiz sinxron generator. Agar yuqorida keltirilgan changalsimon qutbli mashinaning konstruktsiyasini kontaktsiz qilib, ya'ni qo’zg’atish chulg’ami halqasimon ko’rinishda statorda joylashtirilsa muhim ahamiyatli sifatga ega bo’ladi (8.4-rasm). Generatorning qo’zg’atish chulg’ami ikkita qo’zg’almas halqasimon g‘altak (1) podshipnik qalqonlari (5, 11) tokchasida joylashtirilgan. G’altaklarning toklari vujudga keltirgan magnit maydon kuch chiziqlari asosan quyidagi yo’ldan, ya'ni: shimoliy qutblar (9) dan havo oralig’i orqali o’tib yakor o’zagi (3) ning tishlariga; yakor yarmosi va tishlari bo’yicha yana bir marta havo oralig’i orqali o’tib janubiy qutblar (8) magnitga; janubiy qutblar yarmoqi (7) bo’yicha; yarmo (7) va qalqon (5) orasidagi havo oraliq orqali o’tib; qalqon (5), stanina (4) va chap tomonidagi qalqon (11) lar bo’yicha; qalqon (11) va shimoliy qutblar yarmosi (10) orasidagi havo oralig’idan hamda yarmo (10) bo’yicha yana shimoliy qutblarga o’tib berk zanjir hosil qiladi. Qo’zg’atish maydoni qisman tarqalib yakor chulg’ami bilan ilashadi. Val (6) qutblarning yarmolari (7, 10) va qutblari (8, 9) bilan aylanganda yakor chulg’ami bilan osim ilashish davriy ravishda o’zgarib unda EYuK hosil bo’ladi.
Mashinadan og’ir sharoitlarda uzoq muddatda ishlatishda yuqori ishonchlilik talab qilinganda kontaktsiz sinxron generatorlar qo’llaniladi. Quvvati 10 kW va undan katta quvvatli bunday generatorlar, masalan, temir yo’l vagonlari elektr ta'minoti sistemasi uchun qo’llaniladi.