Oiladagi tarbiyaning muhim odoblari. Har qanday mustaqil davlat o’zining iqtisodiy, siyosiy ma’naviy – ma’rifiy sohalari bo’yicha tayanch yo’nalishlarni belgilab oladi. Ushbu yo’nalishlar asosida asosiy maqsad va vazifalar aniqlanadi. Xuddi shuningdek O’zbekiston Respublikasi ham turli hayot sohalar bo’yicha o’z yo’nalishlarini, maqsad va vazifalarini belgilab oldi. Hamda ularni hal qilinishi davlat, millatning porloq kelajagini belgilab beradi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakatimiznining iqtisodiy – ijtimoiy, manaviy – ma’rifiy rivojlantirish jarayonida keskin o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu o’zgarishlar ayniqsa ta’lim sohasini tubdan isloh qildi.
«Ta’lim to’g’risidagi qonun»1, asosida ta’limning quyi bosqichidan boshlab oliy ta’lim tuzilishiga yosh avlodni ta’lim tuzilishiga yosh avlodni ta’lim – tarbiyasini sifat jixatidan qayta ko’rib, uni yangilashga muvaffaq bo’lindi.
Yosh avlodni tarbiyalash murakkab va ko’p qirrali jarayon. Yoshlarni har tomonlama ham aqlan, ham jismonan barkamol, axloqan yetuk, ma’naviy pok qilib tarbiyalash shu kunning muxim va dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldiki, bu davr va bugungi turmushimizning taqozosidir.
Oila jamiyatning ajralmas zarur qismidir. Unda inson dunyoga keladi. Oila insoniyatning naslining davomchisidir. O’zbekiston Respublikasi o’tish davri jarayonida ham mamlakatning ma’naviy – ma’rifiy sohalari bo’yicha sharoitga mos ravishda har tomonlama rivojlantirish haqida xarakatlar qilmoqda. Ushbu ishlar mamlakatning ta’lim – tarbiya sohasini ham o’z ichiga olgan.
Bunga misol tariqasida qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi Qonunlarini keltirish mumkin». Ushbu xujjatlar ta’lim – tarbiya sohasini to’liq takomillashtirish, yoshlarni milliy an’analar asosida tarkib toptirish masalalariga ham qaratilgan.
Mana shu fikrlar nuqtai – nazarida bitiruv ishiga tanlangan mavzu o’zining dolzarbligi va muximligi bilan ajralib turadi. Shuni ta’kidlaymizki xalqning keng qatlamlarini va birinchi o’rinda yoshlarni umuminsoniy va milliy ma’naviy talablariga mos ravishda tarkib toptirish o’ta muhimdir.
Tanlangan muammo hozirgi paytda o’rganish arafasida turibdi, chunki uni o’rganish har tomonlama ma’noda tahlil qilish kelajak avlodni ijobiy tomondan shakllantirish masalasini hal qilishda katta rol o’ynaydi.
Shu ma’noda Oynisa Musurmonova, A.Munavvarov, M.Ochilov, Malika Inomovalarning tadqiqotlari katta e’tiborga molik, oilada bolalarni ma’naviy – axloqiy tarbiyalashda xalq an’analarining milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda va uni shakllantirish borasida bir qator pedagogik muammolarni yechishga xarakat qiladi. «Bizning nazarimizda – deb ta’kidlaydi Malika Inomova – barcha xalqlarda bo’lganidek o’zbek an’analari zamirida mazkur xalqqa xos qadriyat sifatida namoyon bo’ladi».
Ana shu narsa yoshlarda milliy ong, milliy g’ururni shakllantirishiga yordam beradi. Haqiqatdan ham taqqos qilib tadqiqotchi qayd etgani kabi bolalarda milliy g’urur, milliy ong, milliy o’zlikni anglash, milliy qadriyat an’analari orqali shakllanadi va tarbiyalanadi.
Mavzuning dolzarbligini yana bir muhim sabablaridan biri sobiq tuzim davrida qator urf – odatlarimiz, an’analarimizna putur yetganligi tufayli ularda kelib chiqadigan va ular bilan bog’liq bo’lgan milliy qadriyatlarimiz ham xira torta boshladi. Xalqimizga xos bo’lgan xushmuomilalik, andishalik, bolajonlik, kattaga xurmat – kichikkka muruvvat, mehr – shavqat ko’rsatish, xalollik kabi odatlarimiz sekin – asta yo’qola boshladi.
O’zbek xalqiga xos bo’lgan milliy odatlarimizga zid bo’lgan ovropacha odatlarga ko’r – ko’rona taqlid qilish kuchaydi. Maslan kelin – kuyovni to’y bazmida o’pishishlari va davraga chiqib o’ynashlari va hakozolar. Mustabid yillarda milliy oilaviy tarbiyada milliy va ma’naviy qadriyatlardan o’z o’rnida foydalanmaslik ko’plab ko’ngilsiz voqyealarni keltirib chiqaradi va hozir ham yosh avlodning tarbiyasiga ta’sir ko’rsatmoqda. O’quvchilarga o’zbek xalqini maktabda va oilada milliy qadriyatlar sohasida qimmatli g’oya va tajribalarning moxiyati mazmuni haqida ta’lim – tarbiya bermasdan turib, o’quvchilar tarbiyasida jiddiy o’zgarishlar kutish qiyin.
Tarbiyaga o’rgatilgan fazilatlarni o’quvchilardan qanday qilib talab qilish mumkin axir? Xalqimizda «Aql, bozorda sotilmas» - degan naql bor. Shunday ekan oilada bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalash har birimizning hoxish irodamizga qat’iy nazar olib borish shart bo’lgan hayotiy extiyojdan kelib chiqadigan zaruriyatdir. Yuqorida yuritilgan fikr – muloxazalarimizdan kelib chiqqan holda ishimizning maqsadi o’quvchilarni o’z millati va uning tarixi, tili, madaniyati, ma’naviyati, qadriyatlari, an’analari, urf – odatlari haqida to’la ma’lumot berish, o’zligini anglash, milliy ong, g’ururga ega bo’lish bilan bog’liq milliy bilim ko’nikma va odatlarni shakllantirish eng muximi bolani o’z qadrini bilishga va o’zgalarni qadrlashga o’rgatishdan iboratdir.
Ushbularni xisobga olgan xolda biz o’z ishimizga yosh avlodni milliy urf - odat va an’analarini turli tomonlari xaqida fikr yuritish va imkon darajasiga uni ochib berishni o’z oldimizga vazifa qilib qo’ydik. Mana shu fikrlar negizda xalqning milliy an’analari xalq tomonidan qadrlanishi uning o’ziga xos xususiyatlari xaqida tasavvur tushuncha va ma’lumot berish xozirgi vaqtda dolzarb masalalardir. Ushbu fikrlar negizida mavzuning ilmiy jumbog’ini qo’g’idagicha izoxladik: Milliy urf odat», «milliy an’analar deganda nimalar ko’zda tutiladi?
Bizning yuqorida bayon etilgan ilmiy ishimizning maqsadidan kelib chiqqan holda bitiruv ishimizning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi.
- Milliy an’analari haqida nazariy va amaliy tushunchalar berish.
- Milliy an’analar yosh avlod tarbiyasida, ularda milliy g’urur, milliy ong, milliy iftixor, milliy o’zlikni anglash bevosita ijobiy ta’sir qiladigan vositaligi haqida o’quvchilarda ishonchni hosil qildirish, tushuntirish anglatish haqida samarali takliflar kiritish.
- Milliy an’analari tiklanayotganligi, ularga nisbatan kishilar munosabatini o’zgarayotganligi, eng muhimi ma’naviyatni rivojlanish borasidagi, davlat siyosatining izchil va qat’iyat bilan olib borayotganligi oilaviy tarbiyaning mazkur muammosini ijobiy hal etish uchun qulay imkoniyatni ochilayotganligini tushuntirish.
- O’quvchilarda milliy an’analarni qadrlash, hurmatlash tuyg’usini o’stirish va tarbiyalashning o’ziga xos jixatlarini tahlil qilish va hakozo.
Oilada bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalashda milliy urf – odatlar va qadriyatlarning tutgan o’rnini va o’rgatish va tahlil qilish asosiy maqsadimiz ekan. Shu maqsadda o’zbek xalqi udumining tiklanishi millat milliy an’analar chuqur milliylik bilan umuminsoniylik bilan chambarchas bog’liq bo’lgan tomonlarini o’rganishdan ruhiyatga xulq – atvor falsafasiga ega bo’lish jarayonlarini tahlil qilishdan iborat. Xo’sh bu maqsad va vazifalar qanday amalga oshiriladi.
Bizningcha bu vazifani ilmiy hal qilishning to’g’ri yo’li o’quvchilar ongida xalqning tarixi va millat sifatida rivojlanishi haqida ham milliy an’analar to’g’risida ilmiy ma’lumot berishdan boshlash demakdir. Buning uchun har bir millat mavjud ekan albatta u millatning rivojlanishi uchun tarbiya mazmuni mohiyati o’ziga xos milliy xususiyatlari bilan yosh avlodni tarbiyalashni maqsad qilib qo’ymog’i kerak. Aksincha, shunday tarbiyaviy tadbir olib borilmasa, millatning tarixi, tili, madaniyati, ma’naviyati va axloqi haqida to’la ilmiy ma’lumotga ega bo’la olmaydi. Tarbiyani milliy qadriyatlar asosida olib borib bormoqchi bo’lsak, ularni e’tiqodli, madaniyatli qilib tarbiyalamoqchi bo’lsak, shu fazilatlar avvalo ota – ona o’ziga mujassamlashgan bo’lishi zarur. Demak ota – ona oilada bolalarni milliy qadriyatlar asosida, ularda insoniy fazilatlarni tarbiyalashi uchun qanday ta’lim – tarbiya berishi lozim degan savol tug’iladi.
O’zbekiston o’ziga xos turli milliy urf – odatlar, an’analarga boy ulkan mamlakat. Qadriyatlar qadri – mustaqillik sharofati va istiqlol shukuhi ila ko’p orzu – niyatlarimiz ro’yobga chiqmoqda. Yetmish yil ichida yo’l qo’ygan xato – kamchiliklar tuzatilib, hamma sohalarda haqiqat tiklanmoqda. Jumladan qadimiy boy va betakror xalq an’analari, urf – odatlari, rasm – rusumlari, marosimlar, udumlar, ya’ni milliy qadriyatlarimizga jon ato etildi, turmushga keng joriy etila boshlandi.
Qadriyatlarimizning oliysi payg’ambarimiz Muhammad sallollohu alayhu vassalomning so’zlari, qilgan ishlari va ul ulug’ zot tomonidan ma’qullangan boshqa ishlar islomda keng targ’ib qilinmoqda. Islom olamining nuroniy siymolari: Axmad Yassaviy, Imom Al – Buxoriy, Xakim, At Termiziy jaxon ilm fani va milliy o’zbek davlatchiliginiing buyuk darg’alari: Imom Al – Xorazmiy, Axmad Farg’oniy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Jaloliddin Manguberdi kabi qator namoyondalar milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan xissa qo’shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldilar.
Ma’naviy qadriyatlarining yana bir qudratli manbai an’anaviy oila va qarindoshlik munosabatlari odobidan iboratdir.
Kattalarni hurmat qilish o’zaro yordamlashish, kelajak avlod haqida g’amxo’rlik qilish hamisha uning qoidalari bo’lib kelgan.
Sho’rolar davrida komfirqa mafkurasi talabi, taqozosi bilan zukko ota – bobolarimiz, oqila onalarimizning ijodi, teran aql – zakovoti, o’ziga xos dunyoqarashi va xayotiy falsafasi, ko’p asrlik sinov – tajribalari juda chuqur, ammo ixcham, lo’nda shaklda chiroyli bayon etilgan, hayot sabog’i – donishmandlikning ba misoli qomusiga aylangan, tarixning xar hil to’fon unsurlariyu jangu – jadallariga bardosh berib davrdan – davrga, avloddan – avlodga o’tib kelayotgan xalq mafkurasi – ma’naviyati, ma’rifiy va axloqiy – ruxiy tarbiyasi bilan bog’liq qadriyatlarga, xalq an’anaviy sharqona pandu – nasixatlar, o’gitlar va boshqa katta tarbiya vositalariga befarq qaraldi.
Shu bilan birga, qarindoshlarning o’zaro yordami ba’zi xollarga jamiyat taraqqiyotini sekinlashtirib qo’yadigan tayyoriga – ayyorlikka va tanish – bilishchilikka aylanib keldi.
Oila qadriyatlari va qon – qarindoshlik munosabatlarini qayta tiklanishi o’z umrini yashab kelayotgan urug’ munosabatlarini abadiylashtirishni emas, balki har bir oilaning iqtisodiy – ma’naviy va kasb jixatidan erkin bo’lish imkoniyatini aniqlatishi lozim.
Shunday ekan bugungi kunga kelib tanish – bilishchilik juda avjiga olib ketdi. Biz yosh bilimli, saviyali mutaxassislarimizning o’z o’rniga qo’ya bilishimiz lozim.
Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo’lgan ma’naviyatga bog’liq. Shu bois O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov jamiyat rivojlanishining ma’naviy axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular:
-Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
-Xalqimizning ma’naviy me’rosini mustaxkamlash va rivojlantirish;
-Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
-Vatanparvarlik.
Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy - axloqiy tarbiya asosini ham ilg’or milliy, ma’naviy – axloqiy qadriyatlar xalq pedagogikasi g’oyalari tashkil etadi. Asarlar o’sha ajdodlarimizdan qolgan urf – odat, to’yu – tomoshamiz, mehmon kutishimizdan tortib to kiyinish madaniyatigacha barii odobu – xayo pardasiga o’ralganki, bu ham bo’lsa o’zimizga xosligimizni ko’rsatib turadi.
Inson odobi – turmush oftobi. Insonni odobli qilib tarbiyalash muxim axamiyatga egadir. Bunda ajdodlarimiz aloxida e’tibor berishgan.
Yusuf Xos Xoji, Alisher Navoiy, Ogaxiy singari allomalar asarlari xalq tarbiyashunosligi sharbati bilan siylangan. Turkiston xalqi Qur’on va Xadislarni targ’ib va tashviq etish borasida juda katta ishlar amalga oshirishgan. Turkiston yurti sobiq sovet ittifoqi tomonidan zabt etilgandan so’ng, ayniqsa kommunistik firqa raxbarlik qilgan sovet davrida birinchi navbatda muqaddas Qur’oni Karim va Hadislarga nisbatan ayovsiz urush e’lon qilindi.
Bu musulmon xalqiga uning an’ana, urf – odatlariga, tarbiya yo’singa bo’lgan shavqatsizlik edi.
Shuning uchun xozirgi zamon odamlari e’tiqod degan uluq narsadan qisman bo’lsada maxrum bo’lib qoldi. Mustaqillik sharofati bilan Turkiston xalqiga o’zbek xalqiga o’zligi qaytarildi, milliy tarbiya gulshaniga keng yo’l ochilmoqda. Har bir ota – ona, har bir tarbiyachi muallim, har bir raxbar, jamiyatning xar bir a’zosi samarali foydalanishi lozim.
Xalq so’zi – xaq so’z, xalq ijodi pand – nasixat, ya’ni tarbiya maktabidir. Unda xalqning ijtimoiy – siyosiy dunyoqarashi, falsafi – estetik, didaktik.
An’ana uzoq zamonlardan beri avloddan – avlodga, otalardan bolalarga o’tib davom etib kelayotgan urf – odatlar, axloq me’zonlari qarashlaridir. An’ana ijtimoiy va madaniy me’rosdir.
O’zbek an’anaviy qadriyatlari xususan xalq og’zaki ijobiy ijodi uning tarkibidagi pandnomalar o’gitlar, nasixatlar, olqish – duolar har kun har daqiqa jonli jarayonlarda shaxob, turmush tarzimizni bezab ayniqsa farzandlarimizga to’g’ri bo’lish, tug’ri yashash va odob – axloqi joyida bo’lishlikni eslab turuvchi da’vat qiluvchi manbalardir. Aytmoqchimizki yoshlarimiz xalqona qadriyatlardan nechog’lik ko’p saboq olsalar ularning tafakkurlari shunchalik boyib, aql idroklari qayralib har tomonlama kamol topa beradilar.
Axloq – odob bu jamiyatda kishilar o’rtasida kundalik turmushga zarur bo’lgan xatto xarakatlar, urf – odatlar normalari qoidalaridir. Barcha norma va qoidalarni kishilar tomonidan ado etishini nazorat eti shva tartibga solish ijtimoiy, yuridik asosda ta’minlanadi.
Axloq – odob qoidalari va normalari har bir xalqning qadriyatlarida muxim o’rin egallaydi. Unga o’sha xalqning turmush tarzi madaniy saviyasi, an’analari guruhi, dini ifodalanadi, aks etadi.
Shuning uchun odob – axloq qoidalari va normalari o’sha xalqning bitmas – tugalmas ma’naviy boyligi xisoblanadi va millat darajasida shakllanganlik darajasi deb qaraladi. Axloq – odob norma va qoidalari jamiyat taraqqiyoti bilan rivojlanib o’zgarib boradi. Bunda qardosh xalqlar, mintaqada yashovchi xalqlar, millatlar, urf – odatlar bir – biriga ta’sir ko’rsatadi. Ilg’or qulay urf – odatlar, an’analar esa qadriyatlar darajasiga ko’tariladi. Bugungi kunda yoshlarni yuksak ma’naviy g’oya va milliy urf – odat, an’analar asosida tarbiyalash dolzarb masalaga aylangan. Yuksak ma’naviy g’oya va urf – odatlar ko’lami nixoyatda keng va serqirra bo’lib, ularda eng muximlar: iymonlilik, vatanni sevish, insonparvarlik, do’stlik, o’rtoqlik, ongli intzom, ijtimoiy faollik, halol mehnat, oila, davlat va jamiyat oldidagi burchni anglash, tinch – totuv yashash uchun kurashish xurfikrlilik kabilar.
Umuminsoniy oilaviy urf – odatlar va an’analarni chuqur o’rganish ularni tahlil qilish, ularni turkumlashtirish, ularni paydo bo’lish yo’llari, revosutsion paydo bo’lish aniqlash ilmiy asoslardan g’oyalarni ilgari surish va shular asosida an’analardan foydalanish yo’llarini tavsiya etishni xayot talab etmoqda. Bularni xamon kelajak kishini tarbiyalashda amaliy yordam beradi. Qadim zamonlardan hatto o’zbek xalqini yozuvi bo’lmagan paytlardanoq yosh avlodni tarbiyalash asosan oildada amalga oshirilgan. Bunda tabiat va ijtimoiy omillar xal qiluvchi o’rin tutganligi shubxasiz.
Xalq pedagogikasi xamisha yaxshi samara bergan. Shuning uchun ham xalqning tarbiyaga oid bilimlarini chuqur o’rganish tarbiya natijalariga asoslanib, ularning asaliy manbalariga tarbiya sirlariga nazar tashlash bugungi kunda ham axamiyatni yo’qotmagani yo’q.
Har bir xalq o’zining o’tmishda qolgan milliy – an’analarga asoslangan tarixiy madaniyat va turmush tarziga egadir. An’analar insonlarni turmushi va madaniyati asosi sifatida xozirgi kishilar axloqiga ta’sir etish mumkin. An’analarning bunday tarbiyaviy ta’sir etishi katta axamiyat kasb etadi. An’analarning vujudga kelishi va shakllanishi murakkab ijtimoiy jarayondir. Unda xalqni dono fikrlari axloq me’zonlari insonni xurmatlash va qadrlash o’z ifodasini topgan.
Shuning uchun ham yosh avlod – ajdodlarimiz tomonidan tarixiy sharoitdagi vujudga kelgan ilg’or an’analarni o’zlashtirish, unga rioya etish, boyitish nixoyatda zarurdir. Nixoyatda mazmuniga ko’ra milliy an’analar qaror topmoqda. Eski va yangi an’analar qarama – qarshiliklar jarayonida saralanadi, sayqal topadi. Ayrim onalar qanday bo’lsa o’sha xolda ko’rinishda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ba’zilari ko’rinishni o’zgartiradi, ba’zilari esa yangilarini uyg’unlashadi, takomillashadi. Bolalar oilaviy an’analarga juda katta e’tibor, qiziqish bilan tayyorlanadilar, kutadilar. Bunday an’analar ular tarbiyasiga taalluqli bo’lgan vositalar sanaladi, ko’rinishdagi an’analarning umri boqiydir, urf – odatlar qancha xayotiy xalqchilik qancha ko’p tarqalgan bo’lsa u xalqda shuncha tez singadi, shuncha uzoq yashaydi.