BOZORNING TURLARI VA SHAKLLARI
Bozorning eng eski shakli – an’anaviy bozor – bu sotuvchilar va xaridorlar
bitishuvlarni amalga oshiruvchi joydir. Bizning ko‘pchilik shaharlarimizda oldisotdi amalga oshiriladigan maydonlar va binolar haligacha mavjuddir.
Biroq hozirgi dunyoda bozor juda ko‘p shakllarga ega. Bozorni xaridorlar va sotuvchilarga bitishuvlarni baholarni belgilash va almashinuvni o‘tkazish mumkin bo‘lgan tarzda tuzish imkonini beruvchi har qanday tuzilma sifatida ta’riflash afzalroqdir.
Oldingi vaqtlarda ko‘pchilik bozorlar mahalliy bo‘lgan. Odamlar asosan
o‘zlarini-o‘zlari ta’minlaganlar, boshqalardan esa juda kam narsa sotib olganlar.
Bugungi kunda ichki (milliy, bir davlat doirasidagi) va tashqi bozorni farqlash kerak bo‘ladi.
Transport va aloqaning takomillashuvi, shuningdek, reklamadan foydalanish bir tomondan, jahon iqtisodiyotining ayrim mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan tovarlarga o‘sib borayotgan talab ikkinchi tomondan, ko‘plab tovarlar uchun baynalmilal bozorlarning tuzilishiga olib keldi.
Hozirgi zamon iqtisodiy tizimda jahon bozorlari shakllangan. Turli mamlakatlarning etakchi Ishlab chiqaruvchilarining nomlari butun dunyoga yaxshi ma’lum. Kauchuk, neft, bug‘doy, qand, kofe va choy kabi xom-ashyolar ko‘p yillardan buyon aynan shu bozorlarda sotilmoqda.
Ishlab chiqarishning – nima Ishlab chiqarish kerak? Qanday ishlab chiqarish kerak? Kim uchun ishlab chiqarish kerak? kabi asosiy muammolari talab va taklif mexanizmi orqali hal qilinadi.
Ishlab chiqarilgan yoki taklif etilayotgan tovarning har bir turi boshqa
bozorlardan ishlab chiqarish omillari bilan farqlanuvchi o‘z bozorida sotiladi.
Dostları ilə paylaş: |