Referat bajardi: meliboyev I tekshirdi: Alibekova s samarqand 2022


Bozorning Iqtisodiy maqsadlari va vazifalari



Yüklə 293,63 Kb.
səhifə7/20
tarix25.03.2022
ölçüsü293,63 Kb.
#54176
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
kerakli fayl

Bozorning Iqtisodiy maqsadlari va vazifalari.

Bozor – ijtimoiy ishlab chiqarishni shunday tashkil qilishini, unda tovarlarni ishlab chiqaruvchilar xaridorlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib nimani qachon va qaysi miqdorda hamda qaysi tovarlarni ishlab chiqarish, bu tovarlarni qanday qilib ishlab chiqarish (qaysi resurslardan va qaysi texnologiyalar yordamida), kim uchun, iste’molchi kimligidan qat’iy nazar, tovar shaxsiy iste’mol uchunmi yoki daromad olish uchun ishlab chiqarilishini o‘zlari hal qiladilar.

Bozorning ishi deyilganda bozorning majburiyati, vazifasi, roli nazarda tutiladi.

Bozorning bu majburiyatlari jamiyatning iqtisodiy maqsadlaridan kelib chiqadi. Bu maqsadlar quyidagilardan tashkil topadi:


  • iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, har bir odamning talablarini katta miqdor va hajmdagi, sifatli tovarlar ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish vositasida qoldirish;

  • iqtisodiyotning samaradorligi yoki mavjud resurslardan minimal xarajatlar qilib, maksimal samara (foyda) olish;

  • xo‘jalik subyektlari: ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar, xodimlarning iqtisodiy erkinligi va ishlashni xohlovchi va bunga qobillarning hammasini to‘liq bandligi;

  • narxlar va baholar, ularning umumiy darajasini sezilarli darajada ko‘tarilmagan yoki tushirilmagan, ya’ni inflyatsiyasiz va defetsitsiz optimal darajasi;

  • jamiyatning ishlovchi va ishlamovchi a’zolari (ishlashga qobiliyati yo‘q, kasal, qariyalar) o‘rtasida daromadlarning adolatli taqsimlanishidir.

Bozorning normal ishlashi va jamiyat uning oldiga qo‘ygan iqtisodiy maqsadlarni real amalga oshirish uchun bir qator shart-sharoitlarni ta’minlash zarur. Bular:

  1. Bozor, tovar-bozor munosabatlari faqat xususiylashtirilgan mulk asosidagina, tovar ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqarish vositalarining egasi bo‘lib, o‘z mehnati natijalarini erkin tasarruf eta olgandagina amalga oshirilishi mumkin.

  2. Ijtimoiy ishlab chiqarishda barcha ishtirokchilarning ishlab chiqarish va tijorat sohalarida erkinligi zarurdir.

  3. Qat’iy va avtoriter valyutaning mavjud bo‘lishi.

  4. Kredit va moliya munosabatlarining aniq yo‘lga qo‘yilgan va ishlab turgan tizimi.

  5. Ishlab chiqaruvchilar va boshqaruv xodimlarining bozor munosabatlariga tashkiliy ravishda va ishonchli qo‘shilib ketish mahorati.


Yüklə 293,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin