Universal mobil ilova Mobil ilova - mobil qurilmalar uchun foydalanuvchilarga uyali aloqa orqali masofadan bank xizmatlarini ko'rsatish uchun mo'ljallangan dasturiy xizmat.
Xizmatning afzalliklari:
1. Masofaviy bank - mijozning karta, omonat va ssuda bo'yicha barcha hisobraqamlariga kirish va ko'rish.
2. Mijozlarning barcha hisobvaraqlari bo'yicha elektron ariza olish
3. UzCard onlayn kartalari orqali kechayu-kunduz kommunal va boshqa xizmatlar (mobil va qo'zg'almas aloqa, Internet, sug'urta va hk) uchun to'lovlarni amalga oshirish.
4. Masofaviy bank orqali kommunal to'lovlar uchun elektron kvitansiyalar olish.
5. "Universal Bank" da berilgan kartadan pul mablag'larini O'zbekiston Respublikasining boshqa banklarida chiqarilgan kartalarga o'tkazish
6. Kreditlarni qaytarish
7. Konversiya operatsiyalari - UzCard kartalari orqali chet el valyutasini masofadan turib sotib olish bo'yicha operatsiyalar
Agar sizda shaxsiy hisob raqamingiz bo'lmasa, lekin mobil dasturga ulanishni xohlasangiz, siz UzCard to'lov tizimining asosiy kartasi chiqarilgan bank bo'limiga shaxsan murojaat qilishingiz va pasportingizni yoki shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz kerak.