Elektr hodisalar
Elektr toki o`tayotgan o`tkazgichlarning o`zaro ta`siri nafaqat modda atom va
molekulalari to`plangan muhitda, balki vakuumda ham kuzatiladi.
Ma`lumki bir – biridan uzoqlashtirilgan o`tkazgichlarning o`zaro ta`siri faqat
ba`zibir moddiy muhit orqali amalga oshadi.
Modomiki, modda zarrachalari
mavjud
emas ekan, biz materiyaning maxsus turi mavjudligini faraz qilamiz.
Materiyaning bu maxsus turiga magnit maydoni deyiladi. Magnit maydoni zaryadli
zarralarning ixtiyoriy harakatida paydo bo`ladi.
I tok oqayotgan o`zaro ta`sirlashayotgan har bir o`tkazgich uzining magnit
maydonini hosil qiladi (Rasm 2 va 3). Natijaviy haqiqiy mavjud magnit maydonini
harakatdagi barcha zayadlar magnit maydonlari qo`shilishining natijasi deb qarash
mumkin.
Natijaviy magnit
maydoni tushunchasini kiritib, o`tkazgichlarning bir – biri bilan
o`zaro ta`siri
haqida emas, a har bir o`tkazgichning magnit maydoni bilan o`zaro
ta`siri haqida so`z yuritish haqiqatga mos, chunki faqat har bir o`tkazgichgina
bevosita magnitga tutash.
Magnit maydoni hamma vaqt zaryadli zarralarga yoki tokli o`tkazgichlarga
ko`rsatadigan ta`sir kuchi orqali namoyon bo`ladi.
Magnit maydoni (elektr maydon kabi)
elektromagnit maydoni ikki
tomonining biri sifatida namoyon bo`ladi. Agar elektr zaryadi qo`zg`almas bo`lsa
elektromagnit maydoning bir tomoni bo`lgan elektr maydoni namoyon bo`ladi.
Agar elektr zaryadlari o`zaro muvozanatlashsa,
lekin harakatlanayotsa, masalan,
qarama – qarshi yonalishlarda, elektr tokini hosil qilsa (Rasm-1),
elektromagnit
maydonining boshqa tomoni bo`lgan magnit maydoni o`zini namoyon qiladi.