Biokimyoviy tozalash usullari maishiy-xo‘jalik va sanoat oqova
suvlarini erigan organik va anorganik moddalar (vodorod sulfid,
sulfidlar, ammiak, nitritlar) dan tozalashda qoilaniladi. Tozalash jarayoni mikroorganizmlarning ushbu moddalarni o‘z hayoti
faoliyatida ozuqa sifatida foydalanishiga asoslangan, chunki organik moddalar mikroorganizmlar uchun uglerod manbayi hisoblanadi.
Mikroorganizmlar organik moddalar bilan ta’sirlashib, ularni
qisman parchalaydi, suv, uglerod dioksidi, nitrit, sulfat ionlari
va boshqa moddalarga aylantiradi. Organik moddalarning qolgan
qismi biomassa hosil qilishga sarflanadi. Organik moddalarning parchalanishi biokimyoviy oksidlanish deb ataladi.