2.3.Diktant va bayon yozish nazorat ishlarida xatolarning turlari va ularni bartaraf etish yo'llari Orfografiya o'qitishda oquvchilaming savodxonlik darajasini o'rganish, ularning orfogafik va punktasion xatolarini tuzatish, ularni hisobga olish va baholash, xatolami tugalish usullari alohida orin tutadi.
Maktabda o'tkaziladigan barcha turdagi yozma ishlar o'quvchilarning savodxonligini aniqlash vositasi hamdir, Binobarin o'quvchilarning savodxonligini aniqlashda yozma ishlarning hamma turlaridan foydalanish mumkin.
O'quvchilaming orfografik malakasi haqida tasavvur ta'sir qilish uchun ko'proq nazorat diklant, hamda insho va bayonlardan foydalanish tavsiya etiladi
Oqituvchi oquvchilarning yozgan ishini tekshirib, xatolarini tuzatib bormasa, o'quvchi keyingi mashqlarni bajarishga qiziqmaydi, bajarsa ham, xatolarga beparvo qaraydi. O'quvchi o'zining harqanday yozma ishi o'qituvchining e'tiborida bolishini sezib turishi kerak. Bu o'quvchiga ilmiy oziq beradi.
Xatolarni tuzatishga o'quvchilarning ozini ham jalb qilish mumkin. Lekin bu yozma ishning xarakteriga bog'liq. Sinfda bajariladigan mashqlar kopincha sinfning o'zida o'qituvchi rahbarligida tekshiriladi. Bunda o'quvchi oz yozganlarini tekshiradi, xatolarini tuzataish yoki partada o'tirgan ikki o'quvchi daftarlarini almashtirib, bir-birlarining yozganlarini kuchlari yetganicha tekshiradilar. Bunda o'quvchilarning savodxonlik darajasi inobatga olinadi.
Uyda bajariladigan mashqlar ham tekshirilishi mumkin. Bu quyidagicha bo'ladi:
parta ustiga qo'yilgan daftami tekshirib chiqish;
biror o'quvchini doskaga chiqarib, unga yozganini o'qitib izohlatish;
har bir gapni navbat bilan o'qitish, yozilishini so'zlatish.
Ko'chirib yozilgan mashqlar, grammatik-orfografik tahlillar mana shu usul bilan tekshirilishi mumkin. Lekin bu o'quvchilar daftarini to'liq tekshirish imkonini bermaydi, shuning uchun daftarlar har ikki uch soat dars o'tilganidan song yig'ishtirib olinib, darsdan so'ng yoki uyga olib ketih tekshirib chiqilishi kerak.
Xatolami qanday tuzatish kerak?
Xato tuzatish ham ijobiy xarakterdagi ishlar jumlasiga kiradi. Maktabda xatolarni tuzatishning xato yozilgan harflar ustidan qizil siyohli bilan chizib, tepasiga togrisini yozib qo'yish usuli keng tarqalgan. Lekin bu usulni hamma vaqt ham samarador deb bolmaydi. Agar oquvchi ozbekcha sozlarda yoki faol lug'atda o'tib ketgan ruscha, forscha va arabcha so'zlarda (maktab-maktap). (g'isht-g'ish),, (ruchka-ro'chka), (stol-istol) xato qilsa va bu xatolami tez payqab olish uquviga ega bolsa, harfni ochirib, tog'risini ustiga yozib qo'yish usulidan foydalanish mumkin. Imlosi qiyin so'zlarda (vzvod-vzvot; muzaffar-muzafar kabi) xatoga yo'l qo'yilgan bo’lsa va psixologik tomondan ana shu sozlarning fotokopiyasini oquvchi oz ongida aks ettirish kerakligi e'tiborga olinsa, xato yozilgan sozni qizil rang bilan o'chirib, ustiga to'g'ri shakli yoziladi.
Xato grammatik formada bo'lsa, harf emas, forma ochiriladi yoki uning ostiga chiziladi: qurildi-quruldi, kulib-kulub. Chunki o'quvchi qaysi formada xato qilganini o'zi aniqlashi kerak. Ba'zi uslubchilar xatolarni o'qituvchi tuzatsa, o'quvchilar mustaqil ishlardan xoli qilib qo'yiladi deb, bu usulni qoralaydilar. Bu fikr to'g'ri deb bo'lmaydi, chunki tuzatishning bu usuli ham o'quvchilarni mustaqil ishlashga undaydi: o'quvchi maktab degan so'zda b o'miga p yozgan bo'lsa, o'qituvchi uni tuzatib, o'quvchida shu qoidaga mos keladigan bir qancha sozlar (kitob, bob, tolib, o'qib, ayab, boylab) topishni vazifa qilib beradi. Lekin xato tuzatishning bu usulini yagona usul deb ham bo'lmaydi. Ayrim xollarda xato tuzatishning ko'proq mustaqil ishlashini talab qiladigan usullaridan ham foydalanish mumkin. Xatoni tog'irlamasdan chizib qo'yish, xato yozilgan harfning yoki shu harfni o'z ichiga bo'g'in yoki so'zning tagiga chizib qo'yish, qaysi qatorda xato qilingan bo'lsa, o'sha qator hoshiyasiga belgi qo'yish ham xato tuzatish usullaridir. Lekin xato tuzatishda bu usullar aralash qo'llanmasligi kerak. Bunda o'quvchilaming yosh xususiyati, qoidaning sodda yoki murakkabligi, o'quvchilarga o'zlashish, ulami mustaqil ishlashga yo'llash darajasi hisobga olinishi kerak.
Orfografiya o'qitish tizimi butunicha imlo xatolarining oldini olishga qaratilgan. Yozilishi qoida bilan izohlanadigan orfogrammalarda bo'ladigan xatolaming oldini olish uchun bunday so'zlarni doskaga yozib, ularning yozilishiga o'quvchilarning diqqatini jalb qilinadi: Masalan, b tovushining yozilishida xato bo'lmasligi uchun, o'qituvchi b va p tovushli bir qancha so'zlami doskaga yozib, ulaming imlosini esda saqlab qolish kerakligini ogohlantiradi. Xatolarning oldini olishda turli ko'rgazma va jadvallardan ham foydalandik. Korgazmalar mavzuga doir yoki umumiy bo'lishi mumkin. Mavzuga doir ko'rgazmani ma'lum qoida, masalan b undoshi, jarangli-jarangsiz tovushlar, x va h undoshlari bovicha tayyorlab, sinf devorida osib qo'yiladi. Ko'rgazma umumiy bo'lganda, unga o'quvchilar ko'p xato qiladigan va har xil qoidaga xos so'zlar kiritiladi. Ko'rgazma o'z vazifasini o'tab bo'lguncha, yani undosh tovushlaming yozilishida oquvchilar xato qilmaydigan bo'lgunga qadar sinf devorida osig'liq turishi mumkin,
Xatolarni oldini olislida «Lugat doskasi» dan ham keng foydalanish mumkin. Orfografik xatolarni oldini olish talaffuzni kamsitish hisobiga bo'lmasligi kerak: imlosi qiyin sozlarni bo'g'inma-bo'g'in, harflna-harf aytib berishga aslo yol qoymaslik lozim. Maktabda ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi deyarli orfografiya o'qitishni yaxshilashga bo'ysundiriladi.
Xatolar ustida o'quvchining o'zi ham ishlaydi. Bunda o'quvchilarni o'zlariga xatolarining sabablarini yozma va og'zaki izohlatish, qaysi qoidada xato qilingan bo'lsa, unga mos so'zlar toptirish qoidani takrorlatish usulidan keng foydalanish mumkin. Ba'zi oquvchilar xato yozilgan so'zlami bir necha bor yozdirish usulidan ham foydalanadilar. Lckin bu hamma vaqt ham samarali natijani beravermaydi, Bu usuldan yozilishi ma'lum qoida bilan izohlanmaydigan sozlami tog'ri yozishga o'rgatishda foydalanish mumkin. O'quvchilardan vaqti-vaqti bilan qaysi qoidalarda xatoga yo'l qo'yganini, buni tuzatish sohasida nimalar qilinganligini so'rab turish mumkin. Bazan bir o'quvchining daftarini ikkinchi o'quvchiga tckshirtirish usulidan ham foydalaniladi. Bu o'quvchilarning qiziqishini ortiradi. Shunday hollar ham boladiki, oqtuvchi ozi ma'lum so'zni xato yozadi-yu, lckin o'rtogining daftarida shunday yozilgan so'zning xato ekanligini topadi. Shunga extiyot bo'lishi kerakki, oquvchilar o'rtoqlarining xatolarini tuzutaman deb, boshqa xatoga yo'l qo'ymasinlar, daftarlarni bckorga bo'yamasinlar. O'quvchi u yoki bu so'zning xato yozilganligiga tola ishonsagina, uni tog'irlash kerakligini anglasin.
O'quvchilar daftar tckshirayotganda, oqituvchi sinfda aylanib yurib ayrim o'quvchilarga maslahat beradi. Tekshirish uchun berilgan muddat tugagach, oquvchilar topgan xatolarini aytadilar. O'quvchi xato yozilgan deb hisoblagan so'zini, alohida qogozga yozadi, oxirida oqituvchi ishtitokida buni aniqlab, keyin uni tuzatadi.
Xatolarni tuzatishda o'quvchining uyida mustaqil ishlashi juda katta ahamiyatga molikdir. Yo'l qo'yilgan xato bilan bogliq qoidani oqib kelish, unga mos mashqni bajarish, lugat uslida ishlashning nalijasi beqiyos kattadin
Oquvchi ko'p xato qilib, past baho olaversa, ruhiy tushkunlikka tushib savodlilikka bo'lgan ishonchini yoqotib qo'yishi mumkin. Bunday xol yuz bermasligi uchun oqituvchi o'quvchining ruhini kotarishi, savodli bolib ketishga ishonch hosil qilishi, oquvchining irodasini tarbiyalashi, unda orfografik mashgulotlarga qiziqish uygotishi kerak. Kop xato qiladigan o'quvchilar bilan ishlash tizimi bunday oquvchilarning orfografik malakasiga bog'liq bolib, yakka yondashuvni talab qiladi. Kop xato qiladigan oquvchilar bilan ishlashni ayrim qoidalami sorashdan boshlagan maqul. Ma'lum bir qoidaning mustahkam ozlashganligi haqida ishonch hosil qilgach, navbatdagisiga otiladi. Shu asosda mashgulot asta- sekin murakkablashib boradi.
Mana shu yol bilan kop xato qiladigan o'quvchilar orfografiyani puxta o'zlashtirib boruvchi o'quvchilar bilan tcnglashtiriladi. Ish jarayonida o'quvchining bu sohada erishgan yutuqlarini uni o'ziga sezdirish, buning sabablarini birga muhokama qilish ham muhimdir.
Odatda, yosh bola oilada ota-ona till (dialckti) da so'zlashni o'rganadi. Maktabda esa adabiy tilni egallay boshlaydi. Adabiy til unga odatdagi tilidan boshqacharoq tuyuladi. Shu bilan birga o'quvchilar maktabda mahalliy shevada ham gaplashadilar. Hatto shunday hollar ham bo'ladiki, o'quvchilar maktabda, oqituvchi oldida adabiy tilda gaplashishga harakat qilsa ham, boshqa sharoitda o'z mahalliy shevasida gaplashishini davom ettiradi, bu hol oqibatda o'quvchilarni yozma ishlarga ta'sir ctadi, Ayrim dialektal xatolarni tugatish uchun maxsus mashqlar otkazish ham tavsiya qilinadi, Bunda yozma ishlarning ijodiy diktant turidan yoki kochirib yozish usulidan foydalaniladi. Masalan, ko'pchilik qaysi qoidada dialektal xato qilgan bo'lsa, uni orfografik jihatdan to'g'rilab doskaga yoziladi. Buning talaffuzi bilan yozilishi qiyos qilinadi. Keyin bu to'g'irlangan so'z ishtirokida matnlar, jumlalar tuzdiriladi. Umumam dialektal xatolarni tugallash o'qituvchidan turli usullardan foydalanishni talab qiladi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi bar darsda o'tilayotgan mavzuni o'quchilarni dialektal xatolarini yo'qotish, ulami to'g'ri talaffuz qilishga orgatish bilan bog'laydilar. Talaffuzi qiyin bo'lgan sozlaming dialektal shakli bilan adabiy talaffuzdagi shakli qiyoslangan jadvallar tuzish muhim ahamiyatga egadir.
Dialektal xatolarni bartaraf qilishga darslikda berilgan matnlardan talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan so'zlarni toptirish ham ijobiy natija beradi. Lug'at ustida ishlasli jarayonida ham oquvchilaming dialektal xatolarini tuzatib borish talab qilinadi.
Punktuatsion xatolar va ulami bartaraf etish yo'llari. Tinish belgilarini qo'llashida turli xil usullar bor:
Tinish belgilarining qo’yilishi ohang usuli asosida belgilanadi,
Tinish belgilarining qo'yilishi faqat mantiq va sintaktik asosda belgilanadi. Punktuatsiya usullari tilning fikriy va grammatik vositalarini hisobga olish asosida tuziladi (ohang ham shunga kiradi). Har qanday ohang va to'xtalish yozuvda belgi bilan ko'rsatilavermaydi, balki nutqning fikriy tomoniga ta'sir eta oladigan, ma'lum grammatik ahamiyatga ega bo'lgan to'xtalish va ohanglargina belgi bilan korsatiladi. Masalan, boshlang'ich sinf ona tili darsida «Gap» mavzusi bor. Unda darak gapning oxiriga nuqta, soroq gaplaming oxiriga so'roq, undov gaplar oxiriga undov belgisi qo’yilishi o'quvchilar ongiga singdiriladi. Demak, tinish belgilarining bir turi og'zaki nutqda ohang orqali berilgan holatni ifodalaydi. Tinish belgilarining boshqa turi og'zaki nutqda ohang bilan emas, balki boshqa grammatik vosita bilan ifodalangan holatni bildiradi. Masalan, undalma gap bo'laklari bilan grammatik tomondan bog'lanmagani uchun vergul orqali ajratiladi. Tinish belgilarning yana boshqa bir turi na ohang yordami bilan, na boshqa grammatik vositalar bilan ifodalanishi mumkin bo'lmagan holatlarni korsatadi (masalan, qoshtirnoq). Bular to'gridan-to'g'ri nutqning fikriy jihatiga asoslanadi: Men «Zaynab va Omon»ni o'qidim. Punktuatsiya o'qitishda onglilikni ta'minlash uchun o'qituvchi sintaksisdan otiladigan mavzulami punktuatsiyaga bog'lashi juda zarur. O'quvchi har bir gapning mazmuniga tola tushungan bo’lishi bilan birgalikda, undagi tinish belgining nima uchun ishlatilganligi, uning sintaktik vazifasi nimadan iborat ekanligini aniq tasavvur qilib korish kerak. O'quvchi o'rgangan punktuatsiya qoidalarini yozuvda va og'zaki nutqda to'gri qollay bilishi kerak.
Punktuatsiyani o'rganish ohang, kuzatishlar, toxtalish va mantiqiy urg'u ustida kuzatish ishlari bilan boglab olib boriladi. Punktuatsion savodlilik-bu, tinish belgilarini o'z ornida to'g'ri qollashdangina iborat bolmasdan, sinf bilan birga, matnni ifodali o'qiy bilish ham demakdir. Bexato oqiy olgan bola, albatta, bexato ham yozishi kerak. Savodxonlik-boshlangich talim dasturining asosiy maqsadlaridan biridir.
Diktantda xatoga yo'l qoygan oquvchi ustozining tuzatishlariga, albatta, e'tibor bilan qaraydi. Biroq bu «ko'zdan kechirish» keyingi gal oquvchining shu sozni xatosiz yozishiga asos bo'lolmaydi. Xo'sh, shunday ekan, «Xatolar ustida ishlash» soatlari qanday tashkil qilinsa, bola shu xatoni keyingi gal takrorlamasligiga va imlo savodxonligining yaxshilanishiga erishish mumkin? Quyida malakali pedagoglar tajribasidan shu savolga javob axtaramiz.
Xato yozishdagi asosiy muammolar: diktantda yo'l qo'yilgan xato o'quvchi yoshi va sinfidan kelib chiqib, u bilishi zarur deb qaralgan biror mavzuni yaxshi ozlashtirmagani yoki tushunmaganini bildiradi. Qolaversa, o'quvchi yo'l qoyayotgan xatoga qarab, uning nutqiy rivojlanish darajasi va muammoli jihatlari haqida xulosa chiqarish mumkin. Tovushlarni almashtirib yoki xato gapiradigan bola, albatta, diktantda ham osha so'zlarni xato yozadi. Tazyiq ostida bo'lib, kimdandir yoki nimadandir muntazam qo'rqib yurgan oquvchi ham so'zlaming oxiridagi harflami qoldirib ketadi. Xullas, imlo masalasi doimo dolzarb va jiddiy bo'lib kelgan. Shu bois u pedagogikada hal etilishi shart bo'lgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Mutaxassislar imloviy savodxonlikni shakllantirish uchun imlo qoidalari ustida muntazam ishlab, bir qator ta'limiy diktantlarni o'tkazishni va oquvchilarning imloviy savodxonlik darajasini muntazam tekshirib, tahlil qilib borishni maslahat beradi. Ammo ular ustida ishlashdan oldin o'qituvchi o'quvchilar yol qoyayotgan xatolami guruhlashtirib olishi zarur.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ona tili daftarlarini ko'zdan kechirsak, quyidagi xatolarga duch kelamiz:
-grafik xatolar: harf elementlari tashlab ketish, harflami tushirib
qoldirish, ularning orinlarini almashtirib qoyish va h.k;
- so’z o'zagidagi xatolar: jarangli va jarangsiz undoshlarni almashtirish yomna-yon kelgan bir xil undoshlarning birini tashlab ketish talaffuzda tushib qoladigan undoshlami yozuvda ham tashlab ketish: - so'z va shakl yasovchi qo'shimchalarni xato yozish; - bo'gin kochirishdagi xatolar; - bosh harflarni qo'llashdagi xatolar; - shevaga oid xatolar.
1. Grafik xatolami tuzatish mashqlari: - kartochkaga harf elementlari tushirib qoldirilgan 8-10 tadan soz yozilib, o'quvchilarga tarqatiladi, oquvchilar esa tushirib qoldirilgan harf elementlarini oz orniga qoyib, daflarlariga kochirib yozadilar; - yana shunday kartochkalarga harf elementlarini notog'ri qo'yib, oquvchilarga ularni to'grilab ko'chirish vazifasi topshiriladi; - doskada harflari tushirib yozilgan murakkab sozlar «Qaysi qator oldin yozadi?» talimiy o'yini otkazishi orqali mustahkamlanadi.
Orfografik xatolarni tuzatish mashqlari: O'quvchilarga jarangli undosh bilan tugagan so'zlarni jarangsiz undosh tarzida oqib, lugat diktanti o'tkazish; tarkibida ketma-ket kelgan bir xil undoshli so'zlarning yarmini aytib. qolganini o'quvchi yozishini ta'minlaydigan lug'at diktanti o'tkazish. Masalan, al-alla, el- ellik, is-issiq, ar-arra kabi,
So'z va bosh harflarni tuzatish mashqi: sozlardagi xatolarni tuzatish
uchun o'quvchilarga shu soz ishtirokida gap yozdirish; kichik harf bilan yozilgan sozlarni esa ana shu so'zning kichik va bosh harflar bilan yoziladigan shakllari misolida gaplar tuzish. Masalan, O'lkamizga bahor keldi. Men Bahor ko'chasida yashayman. Ona - aziz inson, - Biznikiga Aziz keldi. Sayyoh orolda qoldi. O'qituvchi Orol dengizi haqida gapirib berdi.
4.Shevaga oid so'zlarni tuzatish mashqi: Bu turdagi xatolarni tuzatish uchun «Chalg’itma diktant»dan foydalanish yaxshi samara beradi. O'tkazilgan tajribalarda o'quvchilar diktant paytida shoshilmay, fikrlab, sheva bilan adabiy tilning farqini anglagan holda matnni yozishga harakat qilishgan. Chalg'itma diktant 3- va 4-sinflarda olinishi mumkin. Chunki bu sinflarda imloviy jihatlarni qamrab oluvchi dars mavzulari ko'proq. Chalg'itma diktant otkazilishidan oldin o'qituvchi diktantni sheva asosida aytib berishini, lekin undagi sozlarni oquvchilar imlo qoidalariga muvofiq yozishlari lozimligini uqtiradi. Masalan, «Diktantlar toplami»dagi «Qurbaqa» matni Andijon shevasida quyidagicha aytib berilishi mumkin: Qarbaqa foydali jonivor. Kunduzi qurbaqa biror namroq joy yotadi. U kech kirgandagina ovga chiqib, turliy zararliy hasharotlarni tutub yeydi. Bunday diktantlar chogida o'quvchilar bitta matndan besh-oltita so'zni togrilab yozishi natijasida muayyan darajada imloviy konikmaga ega bolib boradilar, Mazkur diktant, ayniqsa, bayon va inshodan oldin otkazilsa, bolalar shevaga oid xatolarga yol qo'ymay yozadilar. Diktant otkazilishi davomida o'qituvchi shoshilmasligi, chalg'itadigan so'zlarni togrilamasligi darkor, Diktantni tekshirish o'quvchilar bilan birga olib boriladi. Bunda matn doskaga ilinib oquvchilar yol qo'ygan xatolarini ozlari topib tuzatadilar, shu jarayonda ham oquvchi xotirasining ahamiyati katta bo'ladi.